Germaniya tarixiy maktablarining o‘ziga xos xususiyatlari Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»



Yüklə 107 Kb.
səhifə3/5
tarix19.12.2023
ölçüsü107 Kb.
#185098
1   2   3   4   5
Nemis tarixiy maktabini paydo bo’lishi va uni rivojlantirish bosqichlari

1848-yilda Bruno Gildebrand (1812-1878) «Hozirgi zamon va kelajakning siyosiy iqtisodi» kitobini e’lon qildi. Bu kitobda u

  1. Engelsning «Angliyada ishchilar sinfining ahvoli» asariga qarshi chiqdi. B.Gildebrand kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga qarshi kurashdan ma’no yo‘q, deb hisoblaydi.

  1. Gildebrand qiymatni foydalilikdan iborat deb bildi va xususiy mulkchilikning himoyachisi bo'lib maydonga chiqdi.

  2. Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining tizimi natura, pul va kredit xo'jaligini o‘z icliiga oladi. U ayirboshlash konsepsiyasiga asoslanib ish tutadi.

Yangi tarixiy maktab va «ijtimoiy yo‘naIish»
XlX-asming ikkinchi yarmida ham Germaniyada iqtisodiyot fani tarixiy usul asosida rivojlanmoqda edi. Nemis iqtisodchilari bundan awalgi davrda iqtisodiy adabiyotda vujudga kelgan an’analami davom ettirib, kuchaytirdilar. Ular Germaniya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti­ning o‘ziga xosligini aks ettirib, feodalizm sarqitlarining uzoq vaqtdan beri saqlanib kelayotganligini keskin tanqid qildilar. Shu davr Germaniya iqtisodiy tadqiqotlarida Yangi tarixiy maktab yetakchi o'rinlardan birini egallar edi. Ushbu maktabning yetakchi olimlari, Gustav Shmoller (1838-1917) bo'lsa, Lun Brentano (1844-1931), Vemer Zombart (1863-1941), Maks Yeber (1864-1921) o‘zlarining ijtimoiy yo‘nali- shlari bilan «Yangi tarixiy maktab»ning ilmiy ishlarini davom ettirdilar.
Berlin universiteti professori Gustav Shmoller o‘zining «Xalq xo‘jaligi to‘g‘risidagi umumiy ma’lumot asoslari» (1900-1904) nomli asosiy iqtisodiy asarida tarixiy maktabning asosiy vakillari V.Rosher va B.Gildebrandning asosiy qoidalari va usullarini yanada rivojlantirdi. Bu iqtisodiy amaliyotdan uch xil faoliyat turi - xususiy xo'jalik, davlat xo‘jaligi va diniy xo'jalikni alohida ajratib ko'rsatadi. Birinchisida xususiy manfaat, ikkinchisida jamiyat, ijtimoiy manfaat va uchinchisida xayr-ehson asosiy deb belgilanadi. Umuman, G.Shmollerning qarashlariga davlatning belgilovchilik, yetakchilik rolini ko‘rsatish xosdir. G.Shmoller marksizmga qarshi kurashib, ijtimoiy va sinfiy muammolarni siyosiy iqtisoddan chiqarib tashlab, uni xalq xo‘jaligi tarixi faniga aylantirdi. U fakt- larni va statistika manbalarini o'rganish, xalq xo‘jaligidagi hodisa- larni bayon etib berishni siyosiy iqtisodning bosh vazifasi deb hisoblaydi.

  1. Shmoller umuman, xalq xo'jaligi o‘zgarishsiz qolaveradi, degan fikrga asoslanib, uning ayrim bo‘g‘inlarida juz’iy o'zgarishlar bo'lishi haqidagina gapirish mumkin, deb hisoblaydi. Tadqiqot- larning qat’iyan rad etilayotgan abstrakt usuliga qarama-qarshi qo'yilgan empirizm (nazariy mashg‘ulotlardan ko‘ra amaliy faoliyatga ko‘proq moyillik) olim va uning izdoshlariga xos xususiyat edi. Shmoller iqtisodiyotda odob-huquq omilini belgilovchi omil deb hisoblab, har bir xalqning hayot tarzi odob qoidalarida, xo'jalik huquqida o'zining asosiy ifodasini topadi, deb ta’kidlaydi. Yangi tarixiy maktab iqtisodchilari Germaniyada kuchli milliy davlat tashkil etilishi tarafdori edilar.

  1. Shmoller tomonidan tuzilgan «Ijtimoiy siyosat uyushmasi»nng faoliyati shu maqsadga xizmat qilar edi. Uning yetakchi nazariyotchilari universitet professorlari bo'lib, ulaming dasturlari «kafedr-sotsializm» (kafedradagi sotsializm) deb atalar edi. Ushbu dasturdagi boshlang'ich ta’limni majburiy kiritish, bolalar, o'smirlar va ayollar mehnatini davlat tomonidan tartibga solish, ishchilami kasallik va baxtsiz hodisalardan sug'urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini yo'qotgan chog'ida nafaqa to'lash kabi islohotchilik g'oyalari sotsial-demokratlar orasida ham keng yoyildi.

Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan hisoblanib, «Yangi tarixiy maktab»ning liberal qanotiga boshchilik qildi. O'zining «Klassik siyosiy iqtisod» (1888), «Tarixda axloq-odob va xalq xo'jaligi»(1894) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga katta hissa qo'shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda axloq va huquq omillari belgilovchi rol o'ynaydi deb hisoblab, ishlab chiqarish va uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e’tibor bermaydi. U ayirboshlash konsepsiyasining tarafdori bo'lib, realizatsiya va ayirboshlash sharo- itlarining o'zgarishi xo'jalik turmushida va ishlab chiqarish shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo'ladi deb hisoblaydi. U o'zining liberal «ijtimoiy inoqlik» deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz tred- yunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida ishchilar o'rtaga tashlagan talablami qondirishda foydalanish bilan biiga uy-joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masa­lalami hal etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi.
Yangi tarixiy maktab Brentano timsolida o'zining yuksak cho'qqilariga yetgani yo'q edi. Uning ijtimoiy to'qnashuvlaming oldini olishga qaratilgan «sinfiy inoqlik» nazariyasi islohotchilik oqimidagi ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo'nalishi uchun asosiy manba rolini o'ynadi, xolos.
K.Menger G.Shmolleming shogirdi Vemer Zombart ham Yangi tarixiy maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining professori Zombart K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan ajratib, mana shu ikki negizning bir-biriga zidligi to'g'risidagi fikmi ko'tarib chiqdi. Shuningdek, markscha siyosiy iqtisodning iqtisodiy kategoriyalaiini chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi «ishning g'oyasi» deb e’lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb ko‘rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi naza- riyaning tarafdori bo‘lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlaming muqarrarligini inkor etdi. Uning fashizmga yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy kamchilik edi.

Yüklə 107 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin