__________________________________________________________________________________ 52
ma’lum qildilar.Shia jamoati a’zolari, Pentikostalchilar, Evangelistbaptistlar, Yettinchi kun adventistlari va Yaho-
vaning Shohidlarining barchasi militsiya xodimlari shaxsiy uylarini, shaxsiy yig’ilishlarni to’xtatish yoki kontra-
banda adabiyotlarini qidirish uchun reyd qilganliklarini ma’lum qildilar. Hukumat Farg’ona vodiysidagi katolik
yoshlar uchun yozgi lagerni bekor qildi va katoliklarning sig’inish uchun yig’ilishlarini kuzatdi. Yil davomida
yangi ibodatxonani ro’yxatdan o’tkazishga harakat qilgan barcha ozchilikni tashkil qiladigan diniy guruhlar
muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Qonun ro’yxatga olish talablarini, masalan, markaziy ro’yxatdan o’tkazish uchun
mamlakatning sakkizta ma’muriy bo’linmasida doimiy ishtirok etishi va muayyan hududda ro’yxatga olish uchun
100 a’zoga ega bo’lishni talab qiladi. Da’vogarlar, shuningdek, Din ishlari bo’yicha qo’mitaning va mahalla
qo’mitasining roziligini talab qiladilar. Hukumat mahalla qarorlari va faoliyatlarini ko’rib chiqmasligini ta’kid-
laydi, biroq hisobotlarda ular orasidagi munosabat davom etib kelayotgani aytiladi.26-mayda, mustaqil guruh
Toshkent shahar jinoyat ishlari bo’yicha sudi 11 nafar musulmonni «diniy ekstremizm» bilan ayblab, ularni besh
yildan olti yilgacha ozodlikdan mahrum etishga hukm etgani haqida xabar qildi. Ma’lumotlarga ko’ra, sud-
lanuvchilarning bildirishicha, tergov davomida hukumat ularni qiynoqqa solgan, jismoniy zo’rlagan va ularning
oila a’zolarini ta’qib qilgan. Sud va prokuror qiynoqqa oid da’volarni rad etdi. Sentyabr oyida, militsiya ayol-
larning klubini muntazam ravishda kuzatib, diniy masalalarni va islomni qo’shnilar bilan muhokama qiladigan
sunniy musulmon ayolning xususiy uyida reyd uyushtirdi. Shayxontohur tuman ma’muriy sudi lisenziyasiz diniy
ta’limni tashkil etganlikda ayblab, unga 13,8 million so’m (1680 AQSh dollari) jarima soldi
.”
Kutilayotgan natija. Diniy erkinlikni ta’minlash bevosita insonning Konstitutsiya va qonunlarda belgilangan shaxsiy huquq va
erkinliklarini ta’minlash demakdir. Afsuski, ayrim shaxslar tomonidan qonunni qo’llashdagi xatoliklar va shaxsiy
adovatlar sabab qanchadan-qancha insonlarga nohaq ravishda “diniy ekstremist” sifatida ayblov hukmi o’qilgan
yoki ular ta’qib ostiga olingan. Bu holatlarni bartaraf etmasdan turib, inson huquqlarini to’liq kafolatlash mumkin
emas, albatta.
Yuqoridagi kabi holatlarni tahlil qilgan holda, qonunchilikni takomillashtirsh yuzasidan 19.08.2020 yilda
ushbu qonuning yangi tahriri muhokama uchun taqdim etildi. Amaldagi qonunga tuzatishlar va qo’shimchalar
kiritish bilan birga, yangi tartib taomillar va o’zgarishlar joriy etilishi kutilmoqda. Xususan, qonunda Diniy ta’lim,
konfessiya, missionerlik, prozelitizm, mahalliy diniy tashkilot, diniy ta’lim muassasasi hamda diniy mazmundagi
material kabi atamalarga ta’rif berilmoqda va ularning qo’llanishiga doir normalar kiritilmoqda, “xususiy tartibda
diniy ta’lim berish” jumlasi “ota-onalarning yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning o’z farzandlariga diniy
ta’lim berishi mustasnodir” degan qo’shimcha bilan to’ldirilmoqda, fuqarolarning jamoat joylarida diniy libosda
yurishiga doir cheklov olib tashlanmoqda, ushbu sohada foliyat ko’rsatuvchi organlarning vakolatlari bel-
gilanmoqda, diniy tashkilotlarning buzilgan huquqlari yuzasidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanmoqda va
ushbu mazmundagi shikoyatlar davlat boji to`lashdan ozod qilinmoqda, diniy tashkilotlarning huquq va majburi-
yatlari belgilab berilmoqda, qonunga xilof bo’lmagan diniy adabiyot va materiallarni tayyorlash, olib kirish va
tarqatish huquqi faqatgina diniy tashkilotning markaziy organiga emas, balki barcha jismoniy va yuridik
shaxslarga berilmoqda, diniy tashkilotlarni ro’yxatdan o’tkazishdagi davlat xizmatlari ko’rsatish tartibi bel-
gilanmoqda va boshqa shu kabi o’zgarishlar ko’zda tutilmoqda.
So’nggi yillarda ushbu sohadagi ayrim “kamchilik”larning bartaraf etilishi O’zbekistonning xalqaro ham-
jamiyat oldidagi nufuziga sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Xususan, AQSH davlat kotibi Mark Pompeo 2020-yil 7-
dekabrdagi bayonotida O’zbekistonni maxsus kuzatuv ro’yatidagi davlatlar qatoridan chiqarilganini ma’lum qildi
va buni quyidagicha izohlaydi: “Ijobiy o’zgarishlar ham bor. Sudan va O’zbekiston maxsus kuzatuvdagi davlatlar
ro’yxatidan chiqarildi, chunki hukumatlar o’tgan yil davomida salmoqli va konkret o’zgarishlarqildi”.2019-yil 18-
dekabrda AQSH davlat kotibi tomonidan O’zbekistonning maxsus kuzatuv ro’yxatidagi o’rni yuqorilagan edi,
avvalroq davlatimiz 2006-2017 yillar davomida alohida tashvish uyg’otadigan mamlakatlar qatoridan 2018-yil
ushbu ro’yxatga kiritilgan edi.
Afsuski, ushbu qonunda ham ayrim kamchiliklar ko’zga tashlanadi, jumladan, fuqarolarning diniy erkinligi
ma’lum darajada hudud bo’yicha cheklanganligiga guvoh bo’lamiz. Birinchidan, avvalgi tahrirdagi qonunda “Har-
biy qismlarning qo‘mondonligi harbiy xizmatchilar bo‘sh vaqtlarida ibodatda va diniy rasm-rusumlarni bajarishda
ishtirok etishlariga to‘sqinlik qilmaydi” degan qoida nazarda tutilgan edi. Lekin yangi qonun loyihasida nafaqat
xarbiy qismlar, balki qonunda belgilangan ibodat joylaridan tashqaridagi e’tiqod masalalariri hamochiq qoldiril-
gan. Bu esa diyorimizda yuz berayotgan ayrim mojarolarning asosiy sababi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Ikkin-
chidan, ayrim mutahasislarning fikricha “Vijdon erkinligi” va “din erkinligi” atamalari o’zaro farqlidir. “Inson
huquqlari umumjahon deklaratsiyasi”ning 18-moddasida ham ushbu huquqlar alohida tartibda ta’kidlab o’tiladi.
Chunki, vijdonning mavjudligi – bu mavhum masaladir. Aksincha, ushbu qonunni “Diniy e’tiqod erkinligi va diniy
tashkilotlar to’g’risida”gi qonun tarzida qabul qilish masadga muvofiq bo’ladi va bu nom qonunda nazarda tutilgan
barcha shaxslarning din va e’tiqodni tanlashdagi erkinligini o’zida ifoda etadi. Bularning barchasi amalga oshiri-
layotgan ishlar ko’lami qanchalar sayoz ekanligini va bu sohada qilinishi kerak bo’lgan ishlarning ahamiyatini
ko’rsatib turibdi.
ISSN 2223-4047
Вестник магистратуры. 2022. № 1-2 (124)