Gidromashinalar haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 80,62 Kb.
səhifə3/7
tarix27.12.2023
ölçüsü80,62 Kb.
#199315
1   2   3   4   5   6   7
GIDROMASHINALAR HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHALAR

Suyuqlik materiya agregat holatlaridan biri boʻlib, unda hajm saqlanadi, biroq shakl oʻzgaradi. Suyuqlik bir-biri bilan kimyoviy bogʻlangan atom va molekulalardan iborat. Yerda eng keng tarqalgan suyuqlik suvdir. Suyuqlik gaz kabi oquvchan va idish shaklini oladi. Baʼzi suyuqliklar bosimga chidamli, boshqalari esa siqiladi. Gazdan farqli oʻlaroq suyuqlik kengayib butun idishni toʻldirmaydi, sobit zichlikni saqlaydi. Suyuqlikning farqli xossasi sirt tarangligidir, u namlanish hodisasiga sabab boʻladi. Suyuqlik zichligi qattiq moddanikiga yaqin, gaznikidan esa ancha yuqori.
Suyuqlik — moddaning qattiq va gazeimon holatlari oʻrtasidagi agregat holat. Suyuqlikning baʼzi xossalari gaznikiga, baʼzi xossalari qattiq jismnikiga oʻxshab ketadi. U qattiq jismga oʻxshab maʼlum hajmni egallaydi, idishga quyganda esa, gaz singari, idish shaklini oladi. Kimyoviy tarkibiga koʻra suyuqlik 1 komponentli (sof), 2 komponentli (binar), 3 komponentli va koʻp komponentli (4 va undan ortiq komponentli) suyuq aralashmalar (eritmalar)ga boʻlinadi. Fizik tabiatiga koʻra suyuqlik normal (odatdagi), suyuq kristallar va kvant suyukliklar (suyuq 4Ne, 3Ne va ularning eritmalari)ga boʻlinadi. Odatdagi suyuqliklar faqat bitta fazaga ega. Geliy „Ne ikki suyuq fazada — normal va oʻta oquvchan fazalarda, suyuk, kristall moddalar esa normal va bir yoki hatto bir necha anizotrop fazalarda boʻlishi mumkin. Normal suyuqlik tashqi taʼsir boʻlmaganida makroskopik bir jinsli va izotrop boʻladi. Xuddi shu xossalari bilan suyuqlik gazga oʻxshaydi, ammo anizotrop kristall qagtiq jismlardan keskin farq qiladi. Amorf qattiq jismlar (mas, shisha) oʻta sovitilgan suyuqlik boʻlib, odatdagi Sdan kinetik harakteristikalari son qiymatlari bilan farq qiladi. Agar suyuqlik qizdirila boshlansa, uning issiqlik oʻtkazuvchanlik, yopishqoqlik, diffuziya kabi xossalari gazlarning shunday xossalariga yakinlashib boradi. Kristallanish temperaturasiga yaqinlashganda esa, kupchilik odatdagi suyuqliklarning zichligi, siqiluvchanligi, issiqlik sigʻimi, elektr oʻtkazuvchanligi kabi xossalari mos ravishdagi qattiq jismlarning shunday xossalariga yaqinlashadi.
Suyuqliklarda molekulalar birbiriga yaqin turadi. Shuning uchun har bir molekula oʻzining atrofidagi qoʻshni molekulalar bilan oʻzaro taʼsirlashib turadi. Suyuqlik molekulalari gaz molekulalari kabi erkin harakat qilmasdan, qandaydir vaqt oraligʻida oʻtroq holat deb ataluvchi holatdagi muvozanat vaziyat atrofida tebranib turadi. Vaqtvakti bilan S molekulasi oldingi muvozanat vaziyatdan oʻz oʻlchamlariga yaqin boʻlgan masofacha uzoqlikka oʻtib, yangi muvozanat vaziyatni egallab boradi. Shu tarzda S molekulalari suyuqlik hajmi boʻyicha betartib ravishda sekinlik bilan koʻcha boshlaydi. S aniq hajmga ega boʻlishiga qaramay, maʼlum shaklni saklab qola olmaydi va idishning oʻzi egallagan qismining shaklini oladi.
Insoniyat o‘zining ish faoliyatida uchraydigan hayotiy muammolarni hal qilishda, ko‘pincha, har xil suyuqliklarning harakati hamda ularning qattiq jismlarga bo‘lgan ta’sirini o‘rganadi. Agar inson organizmida qonning harakati uning tirikligini belgilasa, ona
Zaminimizda suyuqliklar harakati tufayli hayot mavjudligini ta’kidlash mumkin. YUqorida qayd etilgan muammolarni o‘rganish va tadqiq qilish natijasida “Suyuq jismlar mexanikasi” yoki “Suyuqliklar mexanikasi” deb nomlanuvchi keng qamrovli fan yuzaga kelgan. Bu fan grek tilidagi atama bilan “Gidromexanika” deb yuritila boshlandi. Gidromexanika suyuqliklar statikasi — «Gidrostatika» va suyuqliklar dinamikasi — «Gidrodinamika» bo‘limlarga bo‘linib, ikkinchi bo‘lim o‘z navbatida “Suyuqliklar kinematikasi”ni ham o‘z ichiga oladi. Gidrostatika — suyuqliklarning nisbiy tinch holat qonuniyatlarini o‘rganib, ularni amaliyotda qo‘llash uchun uslubiyatlar yaratadi. Gidrodinamika — suyuqlik harakatining qonuniyatlarini va uning paydo bo‘lish sabablari hamda strukturasini o‘rganadi.

Yüklə 80,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin