Gimnastik mashqlar texnikasini o’rgatish, takomillashtirish va o’qitish uslubiyati
Gimnastika mashqlarini o’zlashtirish shartlari Birinchi shart. Gimnastika mashqlarini o’rgatishni muvaffaqiyatli tashkil etishning birinchi sharti- talabalarning jismoniy tayyorlik darajasini aniqlash. Bunda talabaning imkoniyatlari quyidagi ko’rsatkichlarga e’tiboran baholanadi:
- mashqlarni bajarishni o’zlashtirish tayyorgarligi o’zlashtiriladigan mashqlarning hajmi va ifodasi, harakatlarni o’rganishdagi ayrim qiyinchiliklar, talabada yangi mashqlardagiga o’xshash harakat tajribasining mavjudligi;
- jismoniy tayyorligi (yangi texnik harakatni o’rganib olishda hal qiluvchi xislatlarning kamolot darajasi);
- ruhiy xislatlarning (talabalarning dadilligi, qat’iyligi, uzoq vaqt davom etadigan asabiy zo’riqishlarga chidamliligi) qay darajada rivojlanishi.
Talabaning mashqlarni o’rganish qobiliyatini baholash xarakteri ayni vaqtda qanday mashq o’rganayotganiga bog’liq. Gimnastika mashqlari esa nihoyatda xilma-xil, shuning uchun yangi harakat o’rganilayotgandagi har bir aniq holatda talabaning imkoniyatlarini aniqlab olish o’zgarib turishi mumkin.
Ikkinchi shart- o’rgatish dasturini harakat tuzilmasini tahlil qilish va talabaning shaxsiy xususiyatlarini bilish asosida tuzish. O’qitish dasturi algoritmik topshiriq, chizmali yoki tarmoqli dastur tarzida yoziladi. Mashqlarning bajarish texnikasi murakkablasha borgan sari o’rgatish dasturining samaradorligi ham orta boradi.
Uchinchi shart- mashqlar to’plarnini o’zlashtirish jarayonini mohirlik bilan boshqarish. O’qituvchi buni talaba faoliyatini tahlil qilish hamda unga aniqlik kiritadigan buyruqlar va nazorat topshiriqlarni tanlash asosida amalga oshiradi.
To‘rtinchi shart - mashqlarni samarali va to’g’ri bajarish uchun tegishli sharoit va o’quv vositalarining mavjudligi. Bunga quyidagi: mashg’ulot octadigan joy (sinf xonasi, zal, maydonchalar), asosiy va yordamchi jihozlar, uslubiy o’quv vositalari (jadvallar, rasmlar, kino-videolavhalar odam gavdasining shakllari, ta’lim texnikasi va uslubiyati uchun tuzilgan uslubiy rejalar), texnikaviy ta’minlash vositalari kino, foto va videoapparatlar, o’lchov qurilmalari va goniometr, dinamometr va boshqa asboblar, magnitofonlar, videomagnitofonlar, diktofonlar kiradi.