Giyohvandlik
Giyohvandlik (asosan
narkomaniya nomi
ostida keng tarqalgan
[1]
,
yunonchadan
narke -
karaxtlik va maniya; hamda bangilik deb ataladi) — narkotik moddalarga oʻrganib qolish, ruju
qilish, aniqrogʻi tabiiy yoki sintetik zaharli moddalar (ayrim dori moddalari)ni vaqtincha yoki
surunkasiga isteʼmol qilish natijasida kelib chiqadigan kasallik holati. G. organizm somatik va
ruhiy holatining chuqur oʻzgarishiga sabab boʻladi va giyohvandni tanazzulga olib boradi.
G.da oʻzini toʻxtatib boʻlmaydigan darajada giyohvand moddalarni isteʼmol qilish mayli paydo
boʻladi, giyohvand moddaning miqdoriga nisbatan ehtiyoj, ruhiy va jismoniy bogʻliqlik ortib
boradi. G. asta-sekin boshlanib, surunkali davom etadi. Giyohvand moddalar dastlab
xushnudlik, dimogʻchogʻlik (qarang
Eyforiya
), xotirjamlik hissini uygʻotib, kayf qildiradi, keyin
bora-bora bu kasallikka aylanadi. Giyohvandlik 2 zaylda avj olishi mumkin. Birinchi holda
vrach buyurgan va bemorning ruhi hamda kayfiyatini oshirish xususiyatiga ega boʻlgan
dorilarni uzoq vaqt va notoʻgʻri qabul qilish; ogʻriq, uyqusizlik va boshqa dardlardan qutilish
maqsadida dori miqdori (dozasi)ni oshirib borish; darddan tuzalib doriga unchalik ehtiyoj
boʻlmasa ham, uni qabul qilaverish natijasida dorining narkotik taʼsiri va miqdori orta borib,
pirovardida giyohvand moddaga moyillik kuchayib, u humor qiladigan boʻlib qoladi. Ikkinchi
hol ongli ravishda kayf qilish maqsadida giyohvand moddalarga oʻrganishdir.
Giyohvandlikka, odatda, irodasi kuchsiz, oʻzini tiya olmaydigan, oʻtkir sezgilarni oʻzida sinab
koʻrishga qiziquvchan, ruhan zaif va oʻta xudbin kishilar beriluvchan boʻladi. Yoshlar
tarbiyasidagi nuqson va kamchiliklar, giyohvand moddalarni isteʼmol qilib yuruvchi katta
yoshdagilarga taklid va havas, oiladagi noxush sharoit (ota-onaning ichkilikboz yoki
giyohvand boʻlishi) hamda giyohvand moddalarning oson topilishi yoki qoʻl ostida boʻlishi
ham G.ka sabab boʻlishi mumkin. G.ka mubtalo boʻlganlarda xastalik borgan sari kuchaya
borib, odatda, kutilmagan yomon oqibatlarga olib keladi. G. eyforiyasida, yaʼni kayfi chogʻlikda
2 bosqich kuzatiladi: qisqa muddatli —1-5 daqiqa davom etadigan oʻtkir hissiyotli bosqich
(haqiqiy eyforiya) va uzoq (1—3 soat) choʻziladigan boʻshashish, tinchlanish davri. Bu
bosqichlarning qisqa yoki uzoq boʻlishi qanday giyohvand modda qabul qilinganiga va
miqdoriga bogʻliq. G.ning hamma turi ham oʻz rivojida giyohvand moddalarga oʻrganib qolish
yoʻli bilan G. sindromining shakllanishiga olib keladi. Bu sindromning rivojlanishida ham 3
bosqich farqlanadi: 1) giyohvand moddaga nisbatan organizm reaktivligining oʻzgarishi va
ruhiy bogʻlanishning paydo boʻlishi; 2) xumor (abstinent) sindromi koʻrinishida jismoniy
bogʻlanishning yuzaga kelishi; 3) organizm barcha sistemalarining zaiflashishi (tolerantlikning
pasayishi, yaʼni giyohvand moddalarning avvalgi miqdorini koʻtara olmaslik, xumorning
surunkali davom etishi va ayrim hollarda polinarkomaniya ning vujudga kelishi). G.ka mubtalo
boʻlgan kishi giyohvand moddalarni qayta-qayta va koʻproq miqdorda isteʼmol kila boshlaydi.
Keyinchalik esa giyohvand moddalarsiz turolmaydigan boʻlib qoladi. Bunday ahvoldan qutilish
va oʻzini bir oz yengil his qilish uchun yana giyohvand moddaga ruju qiladi va oxir-oqibat
giyohvand moddalarga hirs qoʻyish kelib chiqadi. Organizmning dastlabki himoya reflekslari
(koʻngil aynishi, qusish) yoʻqoladi. Bu davrda organizmda giyohvand moddalarga nisbatan
moyillik shu darajada kuchayib ketadiki, goʻyo bu moddalar avvalgi taʼsir kuchini yoʻqotgandek
boʻlib qoladi, endi avvalgidek eyforiya (kayf) holatini his qilish, xumorni tarqatish uchun oʻsha
moddadan koʻproq miqdorda qabul qilgisi keladi. Oldiniga giyohvand modda birmuncha
yoqimsiz taʼsir koʻrsatgan boʻlsa, keyinchalik goʻyoki uning holatini "normallashtirganga"
oʻxshaydi, bemor oʻzini birmuncha yaxshi his qiladi, ish qobiliyati, ruhi goʻyo tetiklashadi,
pirovardida u haqiqiy giyohvand boʻlib qoladi. Giyohvandlarda avval ruhiy oʻzgarishlar
(tajanglik, kayfiyat buzuqligi, xotira pasayishi) paydo boʻlgan boʻlsa, keyinchalik jismoniy
oʻzgarishlar —jismoniy bogʻlanib qolish sindromi (terlash, yurak urishi, ogʻiz qurishi, ozib
ketish, qoʻl-oyoqning titrashi va boshqalar) roʻy beradi. Agar giyohvand oʻz vaqtida narkotik
moddani qabul qilmasa, organizmda kuchli ruhiy va jismoniy oʻzgarishlar, yaʼni giyohvandlikka
xos ogʻir holat — xumorlik (qarang
Abstinensiya
) sindromi paydo boʻladi. G. opiomaniya
(afyun qabul qilish), morfinizm, geroinizm koʻrinishida boʻladi. G.ning nashavandlik,
kokainizm, nikotinizm (tamakiga ruju qilish), teizm (achchiq choy ichish) va boshqa turlari
ham uchraydi. Ikki yoki undan ortiq xil giyohvand moddani surunkali qabul qilish —pol i
narkomaniya deyiladi. G.ning hamma turida ham organizm zaharlanadi va u juda ogʻir
kechadi.
Yer yuzining turli mintaqalarida G.ning ayrim turlari kuzatiladi. G.ning geroinizm turi keyingi
vaqtda juda keng va fojiali tarzda tarkalib bormoqda. G. avj olishining oldini olish uchun ayrim
mamlakatlarda tegishli tadbirlar amalga oshirilgan. Xususan OʻzRda G.ka qarshi kurash
qoʻmitasi tashkil qilinib, davlat dasturi ishlab chiqilgan. Respublikada narkologiya markazi
tashkil qilingan va bu markazda narkologiya boʻyicha olim va mutaxassislar tomonidan
malakali kadrlar tayyorlanib, ular mamlakat mintaqalarida G.ka karshi keskin kurash olib
boradi. G.ka mubtalo boʻlgan bemorlar asosan shifoxona (statsionar) sharoitida 2—4
oygacha davolanib, 4—5 yilgacha ambulatoriya kuzatuvi va hisobida boʻladilar. Oʻzbekistonda