G‟iyosiddin Abdullayevich Safarov



Yüklə 127,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix07.01.2024
ölçüsü127,53 Kb.
#209822
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
inflyatsiyaning-mamlakat-iqtisodiy-xavfsizligiga-ta-siri-va-uni-bartaraf-etish-chora-tadbirlari

2023 yilda 5 foiz darajadagi 
inflyatsion maqsad (target)ga erishish rejalashtirilgan.
O„zbekistondagi inflyatsiyaga ta‟sir etuvchi omillar. 
Ekspert fikri


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
30
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Inflyatsiya ko‘rsatkichini past darajada ta‘minlash 
makroiqtisodiy 
barqarorlikning muhim omili hisoblanadi. Prognozlashtirish va makroiqtisodiy 
tadqiqotlar 
instituti 
ekspertlari 
inflatsiyaga 
ta‘sir 
yetuvchi 
omillar 
va ularning dinamikasini o‗rgandi. Unga ko‗ra, O‗zbekistondagi inflyatsiyaga ta‘sir 
qiluvchi asosiy omillardan biri savdo hamkori bo‘lgan mamlakatlardagi inflyatsiya 
hisoblanadi. Negaki import inflyatsiyasining o‘sishi asosiy inflyatsiyaning taxminan 
38% ini ifodalaydi. O‗zbekistonda pul massasi, foiz stavkasi va YaIM kabi talab 
omillarining inflatsiyaga qo‗shgan hissasi 29%ni tashkil yetadi. Narxga ta‘sir 
yetuvchi omillardagi o‗zgarishlar mamlakatda iste‘mol narxlari indeksining 33%ga 
o‗sishiga turtki bo‗lmoqda.
Import inflyatsiyasi
Import inflyatsiyasi 2022-yilning 5 oyida umumiy 11% inflyatsiyaning 4,18% 
ini tashkil qildi. Unda Rossiya, Xitoy, Qozog‗iston, Janubiy Koreya va Turkiya kabi 
asosiy savdo hamkorlarimizning ulushi 2,73 foizga yetdi. Import inflyatsiyasiga 
Rossiya va Xitoy eng kata hissa qo‘shgan. Bu davlatlarning O‘zbekiston umumiy 
importidagi salmoqli ulushi (mos ravishda 21% va 19%) – 0,90% va 0,81%. 
Qozogʻiston, Janubiy Koreya va Turkiya import inflyatsiyasining taʼsiri esa umumiy 
import inflyatsiyasining taxminan 0,45%, 0,30% va 0,28% ini tashkil etdi. 
Rossiyadan inflyatsiya taʼsiri asosan sanoat tovarlari, mashina va transport 
uskunalarida kuzatiladi. Xuddi shunday, Xitoy import inflyatsiyasi asosan mashina 
va transport uskunalari, ishlab chiqarilgan mahsulotlar va kimyoviy mahsulotlarga 
ta‘sir ko‘rsatdi. Qozog‘istondan import inflyatsiyasi asosan oziq-ovqat va sanoat 
tovarlarida kuzatildi. Janubiy Koreya va Turkiyadan import qilingan inflyatsiya 
asosan mashina va transport uskunalari narxlariga ta‘sir ko‘rsatdi. Inflyatsiya 
ko‘rsatkichini past darajada ta‘minlash makroiqtisodiy barqarorlikning muhim omili 
bo‗lib, bu o‘z navbatida, ijtimoiy rivojlanish, investitsiya faolligini oshirish
mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zarur shart-sharoitlarni 
yaratadi. 
O‘zbekistonda yillik inflyatsiya darajasi keskin pastladi. Bu nimani anglatadi? 
Avval xabar qilganimizdek, 2021-yil yakuniga ko‗ra O‗zbekistonda inflyatsiya 
darajasi 9,98 foizni tashkil etdi. Bu O‗zbekiston uchun tarixiy voqea sanaladi. 
Birinchidan, bu ko‗rsatkich 2017-yildan beri ilk bor o‗n foizdan pastladi (2020-yilda 
11,1 foizni tashkil qilgan, 2019-yilda 15,2 foiz edi, 2018-yilda 14,3 foiz, 2017-yilda 
14,4 foiz). Ikkinchidan, 2021-yil Markaziy bank mamlakatdagi inflyatsiya darajasini 
nazorat qila boshlaganidan keyingi birinchi yil bo‗ldi. Regulyator 
o‗z maqsadiga erishdi va inflyatsiyani 10 foizlik darajada ushlab 
turishning uddasidan chiqdi. 



Yüklə 127,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin