Global iqlim o’zgarishlari sharoitida suv havzalardagi baliqlarning hozirgi holati


Keywords: Cyprinid, Whale shark, ecosystem, nutrients, coral reefs



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#128661
1   2   3   4
global-iqlim-o-zgarishlari-sharoitida-suv-havzalardagi-baliqlarning-hozirgi-holati

Keywords: Cyprinid, Whale shark, ecosystem, nutrients, coral reefs 
 
Kirish. Baliqlarning ekotizimdagi roli beqiyosida yuqori. Baliqlar o‘z 
ekotizimiga katta hissa qo‘shadi: butun ekotizimni qo‘llab-quvvatlovchi muhim oziq 
moddalar bilan ta’minlaydi. Sodda qilib aytganda, baliqlar suv o‘tlari va boshqa quyi 
darajadagi turlar omon qolishlari uchun zarur bo‘lgan ozuqa moddalarini mukammal 
qayta ishlovchi hisoblanadi. Ushbu vazifaning ahamiyati shuni ko'rsatadiki, ortiqcha 
baliq ovlash butun ekotizimning to'g'ri ishlashi uchun juda zararli bo'lishi mumkin. 
 
 
1-rasm. Baliq turlari 
Baliqlar (Pisces) - umurtqalilar kenja tipining katta sinfi, juda keng tarqalgan. 
Tuzilishi, hayot kechirishi va ekologik xususiyati suv muhitiga juda yaxshi 
moslangan. Suvda tez suzadigan baliqlarning tanasi choʻziq suyri shaklda 
boʻlganidan suvning qarshiligiga kamroq uchraydi. Sekin suzadigan baliqlarning 
tanasi yapaloq boʻladi. Skeleti togʻaydan (togʻayli baliqlar.) yoki suyakdan (suyakli 
Baliqlar) iborat. Jagʻlari yaxshi rivojlangan. Baliqlar tanasini toʻlqinsimon bukib va 
yozib harakatlanadi.
Juft va toq suzgichlari harakatlanayotganda tanani boshqarish va muvozanatni 
saqlash vazifasini bajaradi. Tanasi kichikroq yoki yapaloq shaklda boʻlgan baliqlar 
juft suzgich qanotlarini eshkak kabi suvga urishi yoki toʻlqinsimon harakatlanishi 
tufayli suzadi. Baliqlarning tanasini bukish xususiyati umurtqalar soniga va terisi 
sirtidagi tangachalar katta kichikligiga bogʻliq. Baliqlar umurtqalari 16 tadan (oy 
baliqlarda) 400 tagacha (Yangi Zelandiya kamar baligʻida) bo’ladi. Bosh skeleti 
yaxshi rivojlangan, yuz skeleti til osti yoyi va beshtacha jabra yoyidan tashkil topgan 
jagʻlardan iborat. Bosh miyasi har xil darajada rivojlangan. Akulalarda oldingi miya, 
miyacha va hidlov boʻlimi boʻladi.
Suyakli baliqlarning oldingi miyasi kichik, oʻrta miya va miyacha nisbatan 
yirikroq, ikki xil nafas oluvchilarning miya yarim sharlari rivojlangan, miyachasi esa 
kichik boʻladi. Bosh miyasidan oʻn juft nervlar chiqadi. Taʼm bilish organlari ham 
yaxshi rivojlangan. Eshitish organlari ichki quloqdan iborat. Baliqlar har xil 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
175


tovushlarni, shu jumladan ultratovush toʻlqinlarini yaxshi eshitadi. Urchish davrida 
koʻpchilik baliqlar suzgich pufak yordamida tovush chiqarish xususiyatiga ega. 
Odatda 1 m gacha masofadagi narsalarni ajrata oladi. Lekin koʻzdagi oʻroqsimon 
oʻsimtaning qisqarishi, koʻz gavharining oʻzgarishi tufayli 12 m gacha uzoqlikdagi 
narsalarni ajrata olishi mumkin. Suvning chuqur qatlamlarida va gʻor suvlarida 
yashovchi baliqlarning koʻzlari yoʻqolib ketgan. Baliqlar yon chiziq organlari 
yordamida yaxshi oriyentatsiya qila oladi. Asosiy nafas olish organlari - jabralari 
umrbod saqlanadi. Ayrim baliqlarda (polipterus, seratod) jabra bilan bir qatorda 
atmosfera havosidan qoʻshimcha nafas olish organi - oʻpka ham rivojlangan. Anabas, 
Gurami kabi labirintli baliqlar birinchi jabra yoyining ustida kichik boʻshliq mavjud. 
Baliq yutgan havodagi kislorod ana shu boʻshliqda joylashgan shilimshiq parda bilan 
qoplangan yupqa suyak plastinkalar orqali kapillyar tomirlarga oʻtib, qonni 
oksidlantiradi. Baliqlarning yuragi ikki kamerali, yaʼni qorincha va boʻlmadan, qon 
aylanish sistemasi esa bitta tutash doiradan iborat. Ikki xil nafas oluvchi baliqlarning 
yuragi 3 kamerali, yurak boʻlmasi chala toʻsiq yordamida chap va oʻng kameralarga 
boʻlingan. Koʻpchilik baliqlarning buyragi, hazm sistemasi rivojlangan. Yirtqich 
baliqlarning ichagi kalta, oʻtxoʻrlariniki uzun bo’ladi. Masalan, oʻtxoʻr doʻng 
peshona baligʻining ichagi tanasiga nisbatan 13 marta uzunroq. Jigar va meʼda osti 
bezlari bor.
Koʻpgina baliqlar ichagida ovqat hazm qilishda ishtirok etadigan pilorik 
oʻsimtasi boʻladi. Akula va Asyotrsimonlar ichagida spiral klapani bor. Koʻpchilik 
baliqlarning alohida anal va siydik tanosil teshiklari boʻladi. Akulalar va ikki xil 
nafas oluvchilarda klapani boʻladi. Ayirish organlari-mezonefrosdan iborat. 
Mezonefros umurtqa pogʻonasi yoniga oʻrnashgan. Baliqlar ayrim jinsli, baʼzi turlari 
(tosh olabugʻasi) germafrodit. Baliqlar turli yoshda voyaga yetadi. Gambuziya va 
Tezsuzar baliqlar bir yilda, orol moʻylovdori va bakra baliq 12 - 14 yoshda, beluga 20 
yoshda voyaga yetadi. Keta va Gorbusha kabi baliqlar hayoti davomida bir marta 
uvildiriq tashlaydi. Baliqlar deb tasniflanishi mumkin bo'lgan eng qadimgi 
organizmlar Kembriy davrida birinchi marta paydo bo'lgan yumshoq tanali xordalilar 
edi. Ularda haqiqiy umurtqa pog'onasi bo'lmasa-da, ular umurtqasiz hamkasblariga 
qaraganda tezroq chaqqon bo'lishga imkon beradigan notoxordlarga ega edilar.
Baliqlar 2 sinfga: togʻayli va suyakli baliqlarga ajratiladi. Koʻpchilik turlari 
(96%) suyakli baliqlarga kiradi. Oziqlanish usuliga koʻra plantofaglar, bentofaglar, 
detritofaglar, fitofaglar va yirtqichlarga; koʻpayishiga binoan uvildiriq tashlovchi va 
tirik tugʻuvchilarga; yashash muhitiga koʻra dengiz va chuchuk suv baliqlariga; hayot 
kechirish xususiyatiga binoan oʻtkinchi va oʻtroq baliqlarga ajratiladi. Oʻtkinchi 
baliqlar (losossimonlar, bakra, daryo ugori) hayotining bir qismini dengizda, boshqa 
qismini daryoda oʻtkazadi. 
"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842
May 2022 / Volume 3 Issue 5
www.openscience.uz
176



Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin