BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI
IQTISOD, TARMOQLAR VA SOHALAR YO‘NALISHI
“GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISH” FANIDAN
9-10 IQTS-19 GURUH TALABASI
MUSTAQIL ISHI
MAVZU: O'zbekiston iqtisodiyotida tashqi savdo siyosati
Bajardi: S.Muxammadov
Tekshirdi: ___________
Buxoro 2023
Mavzu: O'zbekiston iqtisodiyotida tashqi savdo siyosati
Reja:
1. O`zbekiston Respublikasining Tashqi savdo aylanmasi
2. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati
3. O'zbekistonning tashqi siyosat yo'nalishidagi faoliyati
O‘zbekiston Respublikasi o‘z milliy manfaatlariga asoslangan holda ochiq, o‘zaro manfaatli va konstruktiv tashqi siyosat olib boradi. Respublikaning zamonaviy tashiq siyosiy kursi dunyoda va mintaqada shiddat bilan o‘zgarayotgan vaziyat, hamda mamlakatning ichidagi keng ko‘lamli o‘zgarishlarga asoslanib shakllanadi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosiy faoliyatining bosh maqsadi – davlat mustaqilligi va suverenitetini, xalqaro maydondagi o‘rni va rolini mustahkamlash, yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, respublikaning tashqi iqtisodiy manfaatlarini faol tarzda ilgari surish.
Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Jumladan, eksport hajmi qariyb $15,5 mlrdga (+23,8%), import esa $24,6 mlrdga (+21,2% ga) yetdi. Hisobot davrida — $9,1 mlrd qiymatida passiv saldo qayd etildi.
2022 yilning yanvar-oktabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 40,1 mlrd dollarni tashkil etib, 2021 yilga nisbatan 7,3 mlrd dollarga yoki 22,2% ga ko‘paydi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi taqdim etgan sharhda ma’lum bo‘ldi.
TSAda eksport hajmi qariyb 15,5 mlrd AQSh dollariga (23,8% ga ko‘paydi) va import hajmi 24,6 mlrd AQSh dollariga (21,2% ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida — 9,1 mlrd AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Eksport hajmining eng yuqori ko‘rsatkichlari Xitoy ($2,2 mlrd), Rossiya ($2,5 mlrd), Qozog‘iston ($1,1 mlrd), Turkiya ($1,3 mlrd) davlatlarida qayd etildi.
Eng kam eksport hajmi esa Janubiy Koreya Respublikasi ($41,6 mln) va Hindiston ($29,3 mln) bilan amalga oshirilgan.
Mahsulot ham xizmatlarning eng ko‘pi XXR ($5,2 mlrd), Rossiya Federatsiyasi ($4,9 mlrd), Qozog‘iston ($2,6 mlrd), Janubiy Koreya ($1,9 mlrd) dan olib kelingan. Eng kam import Afg‘oniston ($7,3 mln) bilan amalga oshirildi.
Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021 yil fevral oyida qayd etilib, 5,2 mln AQSh dollarini tashkil etdi. 2021 yilning shu oyiga nisbatan 2,8 mln AQSh dollariga ko‘paydi. 2022 yil oktabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 4,1 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi va 2021 yilning shu davriga nisbatan 9,4 foizga kamaydi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan uchta davlatda faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda, deyiladi qo‘mita sharhida.
Yanvar- oktabr oylarida ijobiy saldo Afg‘oniston (572 mln dollar), Qirg‘iziston (555,7 mln dollar) va Tojikiston (271,4 mln dollar) davlatlari bilan kuzatildi.
195 ta mamlakat orasida tashqi savdo ayoanmasining nisbatan salmoqli hissasi XXRda (18,7%), Rossiya Federatsiyasida (18,6%), Qozog‘istonda (9,3%), Turkiyada (6,7%), Koreya Respublikasida (4,9%), Qirg‘iz Respublikasi (2,5%) va Germaniyada (2,2%) qayd etilgan.
2022 yilning yanvar-oktabr oylarida, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining uchdan bir qismi yoki 39,6 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri kelib, tashqi savdo aylanmasidagi 2021 yilning mos davriga nisbatan ulushi 1,5% ga ko‘paygan.
Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng yuqori ulushni Toshkent shahri 39,1% ulush bilan 15,7 mlrd AQSh dollarini, eng quyi ulushni esa Surxondaryo viloyati 0,8% ulush bilan 319,7 mln dollarni tashkil etdi.
Dostları ilə paylaş: |