1.2-jadval
Globallashuvning ta’sir doirasi va chegaralari9
Predmet doirasi
|
Tadqiqot ob’ekti
|
Predmeti
|
Sub’ekti
|
Mega iqtisodiyot
|
Global iqtisodiyot – mega daraja
|
Jahon iqtisodiyoti yagona tizim ko‘rinishida
|
Jarayonli va ob’ektli yondashuvlar
|
Xalqaro iqtisodiyot
|
Mega iqtisodiyot alohida mamlakatlar iqtisodiyotining majmuasi – mega daraja
|
Mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar
|
Ob’ektli yondashuv
|
Makro iqtisodiyot
|
Alohida mamlakat iqtisodiyoti – makro daraja
|
Alohida mamlakatlar ichidagi iqtisodiy jarayonlar
|
Jarayonli yondashuv
|
Mezo iqtisodiyot
|
Tarmoqlar, mintaqalar, majmualar va yirik korxonalar iqtisodiyoti – makro va mezo daraja
|
Mintaqalar, tarmoqlar va majmualar orasidagi iqtisodiy munosabatlar
|
Ob’ektli yondashuv
|
Mikro iqtisodiyot
|
Korxonalar o‘zaro munosabatlari kesimida tarmoq bozorlari iqtisodiyoti – mikro daraja
|
Korxonalarda resurslarni jalb etish, narx va ishlab chiqarish hajmining shakllanishidagi iqtisodiy jarayonlar
|
Jarayonli yondashuv
|
Mini iqtisodiyot
|
Bo‘linmalar kesimidagi korxona iqtisodiyoti – mikro daraja
|
Korxonalar bo‘linmalari orasidagi iqtisodiy munosabatlar
|
Ob’ektli yondashuv
|
Nano iqtisodiyot
|
Ishlab chiqarish, taqsimot, iste’mol jarayonlarining alohida ishtirokchilari xulq-atvori – nano daraja
|
Iqtisodiyotning individual ishtirokchilari xulq-atvorini belgilovchi jarayonlar va omillar
|
Jarayonli va ob’ektli yondashuvlar
|
Globallashuvning ustun ko‘rinishlari sifatida tovarlar, xizmatlar, moliyaviy kapitalning harakati, texnologiyalar diffuziyasi va ishchi kuchi migratsiyasi sohasidagi transchegaraviy tranzaksiyalarning ortishi bilan aloqador davlatlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ortishini tushungan holda globallashuv jarayonining asosiy ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin (1.4-rasm).
O‘tgan yarim asrdan ko‘proq vaqt mobaynida globallashuv ko‘rsatkichlaridan biri sifatida xalqaro savdo yo‘nalishida sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga qaraganda tezroq o‘sish dinamikasi kuzatilmoqda. Bu davrda jahon tovar va xizmatlar eksporti jahon birlashgan yalpi ichki mahsulotidan qariyb uch barobar oshdi. XX asrning 70-yillaridan boshlab, Bretton-Vuds konferensiyasining asosiy kelishuvlari rad etilgandan so‘ng, tariflar va savdo to‘g‘risidagi Bosh bitim (GATT) bo‘yicha savdoni erkinlashtirishga asoslangan yangi iqtisodiy tartib paradigmasi va Jahon savdo tashkiloti (1995 yil)ning shakllanishi bilan davom etdi. U global iqtisodiy rivojlanish uchun yangi shart-sharoitlar yaratdi. 1947 yili, ya’ni GATT tashkil etilgan vaqtda shartnomada qatnashuvchi rivojlangan mamlakatlar import tariflarining o‘rtacha tortilgan darajasi 40% ga teng bo‘lib, 1970 yilga kelib bu ko‘rsatkich 8-10 %ga, 1990 yilga kelib esa 6,3% ga qisqardi. Hozirgi kunda rivojlangan mamlakatlarda import bojxona tarifining o‘rtacha tortilgan darajasi Jahon savdo tashkiloti a’zolari uchun 3,8% ni, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 15,5% ni tashkil etadi10.
Dostları ilə paylaş: |