Global iqtisodiy rivojlanish


VII bob bo’yicha qisqacha xulosalar



Yüklə 1,34 Mb.
səhifə97/176
tarix27.12.2023
ölçüsü1,34 Mb.
#199883
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   176
Global iqtisodiy rivojlanish-hozir.org (3)

VII bob bo’yicha qisqacha xulosalar
Globallashuv natijasida jahon xo‘jaligining tarkibiy qismiga aylanib borayotgan mamlakatlarning soni ortib bormoqda. Bu milliy darajadagi huquqiy, iqtisodiy hamda texnologik to‘siqlarning yo‘qolishiga, uning o‘rniga xalqaro iqtisodiy xo‘jalikning umumiy iqtisodiy qonuniyatlari va xalqaro xo‘jalikning funksional aloqalari tatbiq etilishiga olib kelmoqda.
Mamlakatlar hayotidagi globallashuv iqtisodiy munosabatlardagi tovarlar, xizmatlar, kapital hamda fond bozorlaridagi savdo va siyosatga doir tartiblarning tobora erkinlashuvi orqali namoyon bo‘lmoqda.
XX asr oxiriga kelib jahon iqtisodiyotida to‘rtta asosiy tendensiya kuzatiladi.
Bu, birinchidan, xomashyo eksportiga asoslangan hamda sanoati rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlarda o‘zgarishlar yuz berganligida qo‘rinadi.
Ikkinchidan, sanoati rivojlangan mamlakatlarda qo‘l mehnatiga asoslangan ishlab chiqarishdan bilim va yuqori texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishga o‘tildi.
Uchinchidan, jahon iqtisodiyotida xalqaro kapital harakatining sezilarli darajada ortishi kuzatildi.
To‘rtinchidan, transmilliy korporatsiyalarning qo‘shma korxonalarni tashkil etish uchun xalqaro investitsiyalari va hamkorlik bitimlarida diversifikatsiya darajasining ortishi kuzatildi.
Shuningdek, jahon iqtisodiyotining integratsiyalashuv jarayonlarida xalqaro tashkilotlar rolini alohida e’tirof etish zarur. Jahon savdo tashkiloti (JST), Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon banki (JB), Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) kabi xalqaro institutlar hamda yetakchi mamlakatlar rahbarlari va moliya vazirlarining har yili bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarining xalqaro munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyati ortib bormoqda.
Globallashuv sharoitida jahon moliya tizimi barqarorligini, uning tarkibiy qismlari va funksiyalari yaxlitligi nuqtai nazaridan dinamik muvozanatni saqlab qolish masalasi dolzarb hisoblanadi. Mazkur jarayonda, globallashuvning ta’sirini inobatga olgan holda xalqaro moliya-kredit munosabatlarini rivojlantirish uchun aniq tamoyillarni belgilash va zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish, ehtimoliy risklarni pasaytirish o‘ta muhimdir.
Globallashuv sharoitida mamlakat iqtisodiyotining jadal rivojlanishi ko‘p jihatdan moliyaviy siyosatga bog‘liq. Har qancha erkin moliyaviy siyosat bozor mexanizmlarini ishga solsa, global raqobat esa uning vazifasi nechog‘liq murakkab ekanligini ko‘rsatadi. Bunday vaziyatda tashqi va ichki o‘zgarishlarga mos valyuta siyosatini yuritish ma’qul ko‘riladi.
O‘zbekiston Respublikasi rivojlanish va taraqqiyot yo‘liga qadam qo‘yib, iqtisodiy hamkorlik sohasidagi ko‘pgina nufuzli xalqaro tashkilotlarning teng huquqli a’zolari safiga kirib bormoqda. Qisqa vaqt oralig‘ida respublika Xalqaro Valyuta Fondi (XVF), Jahon banki (JB), Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST), Osiyo va Tinch okeani ijtimoiy-iqtisodiy komissiyasi (OTIK), Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot banki (YeTTB), Xalqaro Moliya korporatsiyasi (XMK), Hamdo‘stlikning mintaqaviy iqtisodiy tashkiloti (HMIT) va shu kabi qator xalqaro moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvning strategik maqsadi davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O‘zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar – Yevropa Ittifoqi, Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti (YeXHT), Shimoliy Atlantika bloki (NATO), Qo‘shilmaslik Harakati va boshqalar bilan samarali hamkorlik qilmoqda.



Yüklə 1,34 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   176




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin