AQSHda bexosdan xatoga yo‘l qo‘ygan xodim jazolanmaydi Amerikaning boshlang‘ich va o‘rta maktablarida ijtimoiy etika bo‘yicha mashg‘ulotlar olib
borilmoqda.
AQSH rasmiy axloqiy idorasi o‘z veb-saytida ijro etuvchi organlarda xodimlar uchun zarur
axloqiy fazilatlarga ega bo‘lish haqida ma’lumot beradi. Deyarli barcha AQSH federal organlarida
muntazam ravishda (odatda yiliga bir marta) korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha treninglar
o‘tkaziladi.
Ko‘pgina idoralarda suiiste’mollikni aniqlash uchun ichki nazorat xizmati (Internal
Revenue Service) kabi maxsus bo‘linmalar tashkil etilgan bo‘lib, doimiy ravishda rasmiy
muvofiqlik masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlar ishlaydi, ularga yordam yoki maslahat uchun
murojaat qilinadi. Agar rasmiy shaxs noto‘g‘ri ish qilgan bo‘lsa-da, buning uchun ichki nazorat
xizmati xodimi tomonidan oldindan ko‘rsatma berilgan bo‘lsa, u jazolanmaydi. Ushbu qoida
bexosdan xatoga yo‘l qo‘yadigan halol xodimlarni rag‘batlantirishga qaratilgan.
5 taklif va 5 tashabbus Xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rganib, aytish mumkinki, korrupsiyaga qarshi kurashish
jarayoni aholining huquqiy savodxonligini oshirish bilan bog‘liq.
Birinchidan, odamlar ongida huquqiy tushuncha, tasavvur, baholash, fikr yuritish kabi
jarayonlargina shakllanib qolmasdan, balki huquqiy tizimning turli sohalari (huquq ijodkorligi,
huquqiy amaliyot, sud, sud jarayoni, jazo tayinlash, adliya organlari xizmati, prokuratura va
boshqalar) haqida ham tushuncha bo‘lishi zarur.
Ikkinchidan, shaxs huquqiy ongining rivojlanishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
sud-huquq tizimidagi islohotlarning kelajagiga ta’sir etadi. SHu sabab amaldagi qonun
hujjatlaridan oqilona foydalanish lozim.
Uchinchidan, shaxs huquqiy ta’lim orqali huquq asoslarini, uning asosiy normalarini bilib
oladi. SHundagina huquqiy bilimlarni hayotga tatbiq etish, qonunga rioya etishni shakllantirish,
huquqbuzarlikka nisbatan murosasizlikka erishiladi.
To‘rtinchidan, huquqiy talablar ongda aks etib, shaxs tomonidan anglanadi, tushuniladi
va o‘zlashtiriladi, insonning huquqqa munosabatini belgilovchi taassurot va ishonchni paydo
qiladi. Bu shaxs huquqiy ongini shakllantirishda yangi usul va vositalarni tadqiq etishni taqozo
etmoqda.
Beshinchidan, konstitutsiyaviy savodxonlik huquqiy ongni shakllantirishda muhim omil
ekanligi sababli ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llarini izlash kerak.
Aynan shuning uchun ham shaxs huquqiy ongini shakllantirish orqali mamlakatimizdagi
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va islohotlarni to‘g‘ri anglaymiz, ularga moslashamiz.