Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati


O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/9
tarix18.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#115870
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy madaniy inqirozning oqibati

O‘zbekistonda korrupsiyaga oid qonunlar va qarorlar tasnifi. 
 
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida Qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24 
noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2016 yil 13 dekabrda ma’qullangan 
Keyingi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim 
tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini 
oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli 
choralar ko‘rildi. 
Islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va manfaatlari himoya 
qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, jamoat va parlament 
nazoratini ta’minlash mexanizmlari takomillashtirildi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish va 
sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilindi.
SHu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, mamlakatda 
investitsiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish korrupsiyaga qarshi 
kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya 
ko‘rinishlarining sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar 
ko‘rilishini taqozo qilmoqda. 


Davlatimiz rahbari SHavkat Mirziyoev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan, 
hamma narsadan ustun qo‘yadigan adolat tuyg‘usini hayotimizda yanada keng qaror 
toptirish birinchi darajali vazifa ekaniga alohida e’tibor qaratmoqda. 
Prezidentimiz “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa 
huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, 
muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar 
ko‘rishimiz zarur”, deb alohida ta’kidladi. 
2017 yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani bu boradagi muhim qadam bo‘ldi. 
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilingan mazkur qonun korrupsiyaga qarshi 
kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishda muhim huquqiy asos yaratdi. Bu 
davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan 
korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Jamiyat hayotining 
barcha sohalarida korrupsiyaning namoyon bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning huquqiy 
ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning barcha shakllariga 
nisbatan murosasiz munosabat qaror topadi. 
34 moddadan iborat qonunda, avvalo, korrupsiya bilan bog‘liq tushunchalar berilgan. 
Korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga 
shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof 
ravishda foydalanishi, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir. 
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va 
yo‘nalishlari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va 
qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik 
jamiyati institutlarining hamkorligi, qorrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, 
javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplaridir. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sirasiga 
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan 
murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida 
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi. Korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ularga imkon 
beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir 
etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta’minlash ham shular jumlasidandir. 
Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli organlar tizimi keltirilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar, Adliya 
vazirliklari, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni 
legallashtirishga qarshi kurashish departamenti korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini bevosita 
amalga oshiruvchi davlat organlaridir. Qonunga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 
faoliyatni qonun hujjatlariga asosan boshqa davlat organlari ham amalga oshiradi. 
Qonunda ko‘rsatib o‘tilgan organlarning korrupsiyaga qarshi kurashish doirasida amalga 
oshiradigan ishlari aniqlashtirildi. Misol uchun, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘z 
vakolatlari doirasida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa 
dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining aniq va bir xilda ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, surishtiruvni, dastlabki 
tergovni, shuningdek, huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar faoliyatini 
muvofiqlashtiradi. Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga 
oshiradi. 
Qonundan kelib chiqib korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul bo‘lgan davlat organlari va 
ularning tizimlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid faoliyat yanada takomillashadi. 
Ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida qonunda korrupsiyaga 
qarshi kurashish bo‘yicha idoralararo komissiyalarni tashkil etish nazarda tutilgan. Korrupsiyaga 
qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi korrupsiyaga qarshi kurashish 


bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning 
faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Bunday komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi 
kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda 
tuziladi. 
Idoralararo komissiya sohaga oid faoliyatni muvofiqlashtirish bilan birga korrupsiyaga 
qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi hamda aholining huquqiy ongi 
va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga 
oshirilishini tashkil etadi. 
Qonundagi e’tiborli jihatlardan yana biri, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida 
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot 
vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilanganidir. Zero, bu institutlar 
jamiyatda jamoat nazorati qaror topishida, adolat muvozanati ta’minlanishida o‘ziga xos o‘rin tutib 
kelmoqda. Ularning jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiya illatiga qarshi 
kurashishda ishtirok etishi shu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligi oshishiga xizmat qiladi. 
Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarda davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanish va tadbirkorlik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish, ma’muriy 
tartib-taomillar, davlat xaridlarini amalga oshirish sohalarida korrupsiyaning oldini olish, 
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi kabi masalalar 
qamrab olingan. 
Qayd etib o‘tish kerakki, qonun iqtisodiyotimizda muhim o‘rin tutayotgan tadbirkorlik 
sub’ektlarining huquq va manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirdi. Bu borada ma’muriy va 
byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-
taomillar soddalashtiriladi va ularning tezkorligi oshiriladi. Davlat organlarining nazorat-tekshiruv 
vazifalari yanada maqbullashtiri-ladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimi 
takomillashtirilib, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik 
choralari ko‘riladi. Bu choralar mamlakatimizda qulay biznes muhiti mustahkamlanishi, 
tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yanada kuchayishiga keng yo‘l ochadi. 
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning 
muqarrarligini ta’minlashga oid me’yorlar belgilangani qonunning muhim jihatlaridan. Qonunga 
muvofiq korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari va 
uslublaridan foydalaniladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar 
faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi. 
Qonunning 26-moddasiga muvofiq davlat organlari xodimlari ularni korrupsiyaga oid 
huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga 
oid barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir 
etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari 
haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Ushbu 
majburiyatning davlat organlari xodimlari tomonidan bajarilmasligi qonun hujjatlariga muvofiq 
javobgarlikka sabab bo‘ladi. 
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan 
huquqlardan, shu jumladan, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilishi mumkin. 
YUridik shaxslar ham korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda 
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi. 
Xulosa qilib aytganda, yangi qonun nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi 
mustahkamlanishi, balki har bir rahbar, har bir fuqaroning o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan, 
halol ado etishini talab etadi. Bu mamlakatimizda sog‘lom muhit qaror topishiga, ijtimoiy-siyosiy 
barqarorlik yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin