Global tarmoqda kiberterrorizm va kiber hujumlar himoyalanishnin-fayllar.org
Global tarmoqda kiberterrorizm va kiber hujumlar himoyalanishning havfsizlik choralari
Global tarmoqda kiberterrorizm va kiber hujumlar himoyalanishning havfsizlik choralari
АXBOROT TEXNOLOGIYASI TUSHUNCHАSI
Bugungi kunda har bir insonning axborot texnologiyalari bilan chambarchas bog`liq ekani hech kimga sir emas. Dunyo yangi davr – axborot davrida yashamoqda.
Afsuski, “elektron dunyo” turli siyosiy kuchlar uchun o`zlarining terroristik, ekstremistik tashviqotlar va g`oyalari, o`z qarashlarini ommaga targ`ib qilish, har xil jinoiy to`dalar faoliyatlarini amalga oshirish yo`lida asosiy qurol sifatida foydalanishmoqda. Yirik salbiy kuchlarning internet tarmog`ida o`zlarining mafkuraviy maydonlarini yaratib, internetda keng qamrovli axboriy terror – "elektron jihod"olib borayotgani, global va mintaqaviy xavfsizlikka nisbatan yangi tahdidlar, muammolar paydo qilayotganlari dunyo mamlakatlari oldida axborot xavfsizligini ta`minlash muammolarini keltirib chiqarmoqda. 1 Premexanik (Insonlar oʼrtasidagi ilk muloqot) 2 Mexanik (Muloqot o’rnatishda qurilmalardan foydalanish) 3 Elektromexanik (Mikro- sxemalarning paydo boʼlishi) Kiberterrorizm aslida axborot texnologiyalari ichki faoliyatiga noqonuniy aralashish, kompyuterda mavjud dasturlar yoki ma`lumotlarni maqsadli ravishda yo`q qilish, zarar keltirish, davlat organlarining muhim qismlari faoliyatini izdan chiqarish bilan birga insonlar hayotiga xavf solish, moddiy zarar keltirish yoki ommaviy qo`rqitish, harbiy nizolar kabi turli zararli oqibatlarni keltirib chiqarishga qaratilgan harakatdir. Kiberterrorizmning shiddat bilan o`sib borishining yana bir sababi, u qurol-yarog` yordamida amalga oshiriladigan terrorchilik harakatidan arzonga tushadi, jangovar harakatlar, portlashlar, xunrezliklar bo`lmaydi. Buzg`unchi harakatlar internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Internet tarmog`i o`zining tezkorligi,tejamkorligi va ochiqligi, nazoratning sustligi yoki umuman yo`qligi, dunyo bo`ylab tarqalgan foydalanuvchilarning mavjudligi, axborotlarning tez va arzon yo`l bilan to`liqligicha tarqatilishi, hamfikr guruhlarning tashkil etish mumkinligi, aloqalarning anonim ekani, asl manbani aniqlash imkonsizligi, strategik ob`ektlar, harbiy tashkilotlar kompyuterlariga noqonuniy ulanish imkonining mavjudligi, tarmoqlarning yashovchanligi bilan terrorchi tashkilotlarni o`ziga jalb qilayotir.. OAV ma`lumotlari tahlili hamda jabrlanuvchilarning iqrorlariga ko`ra, radikal g`oyalarning tarqatilishi va tashkilotga yollash harakatlarining aksariyati Facebook, VKontakte, Twitter, Youtube kabi ijtimoiy tarmoqlarda amalga oshrilmoqda. Hozir psixologik jihatdan ishlov berilgan, jangarilarning jihodiy nashidalar bilan yo`g`rilgan videoroliklari bilan bir qatorda mobil ilova-yu, terrorchilar belgisi aks ettirilgan buyumlarni sotib olish imkonini beruvchi internet do`konlar ko`payib borayotganiham kiberterrorizmning tarkibiy unsurlariga aylangan. Biz ana shun xavfdan har doim ogoh bo`lshimiz, farzandlarimizni ularning ta`siridan har tomonlama himoya qilishimiz lozim. http://fayllar.org