Globallashuv jarayonlarining ijobiy natijalari va salbiy oqibatlari. Ushbu mavzuni yoritishda falsafa insoniyat tarixidagi eng qadimgi ilmlardan biri ekanligiga, falsafiy mulohaza yuritish, fikrlash inson tabiatiga xos tushuncha ekanligiga, u olam va uning yashashi, rivojlanishi va taraqqiyoti, hayot va inson, umrning mohiyati, borliq va yo`qlik kabi ko`plab muammolar haqidagi fan ekanligiga e'tiborni qaratish lozim. «Falsafa» atamasi yunoncha «filosofiya» so`zidan olingan bo`lib, «donishmandlikni sevish» ma'nosida ishlatiladi. Qadimgi dunyoda fanlarning barchasini, ular qanday ilmiy maslalar bilan shug`ullanishidan qat'iy nazar, filosofiya deb ataganlar. U ham ijtimoiy borliq, ham tabiat to`g`risidagi ilm hisoblangan. Shu ma'noda, dastlabki filosofiya olam va unda insonning tutgan o`rni haqidagi qarashlar tizimi ekanligini talabalar anglab etishlari zarur bo`ladi. Shu bilan birga talabalar bir narsani yaxshi anglashlari zarur bo`ladiki, u ham bo`lsa falsafa fanining birinchi bo`lib, sharqda paydo bo`lganligini, ya'ni falsafa fanining vatani Osiyo ekanligini anglab etishlari zarur, holbuki «filosofiya» yunonchadan olingan bo`lsada, bu falsafaning vatani Yunoniston, ya'ni Evropa emasligini anglab etishlari muhimdir. Falsafa Sharq xalqlari ijtimoiy tafakkurida «donishmandlikni sevish» degan mazmun bilan birga, olam sirlarini bilish, hayot, insonni qadrlash, umr mazmuni haqidagi qarash va hikmatlarni e'zozlash ma'nosida ishlatilgan. Masalan, Abu Nasr Forobiyning «filosofiya» so`zini «hikmatni qadrlash», deb talqin etganligiga talabalar e'tiborini qaratish zarur bo`ladi. Shu bilan bir narsani anglab etish lozimki, falsafiy bilimlar rivoji uzluksiz jarayon bo`lib, u insoniyatning tafakkur bobida ilgari erishgan yutuqlarini tanqidiy baholashni taqazo etadi. Bu 12 ham bo`lsa tanqidiy yondoshuv va vorislik fasafaning muhim xususiyatlaridan ekanligini anglashdir. Har bir falsafiy g`oya, mafkura, bilimlar tizimi asosan o`z davri xususiyatlarini aks ettiradi. Shuning uchun Aflotun, Farobiy, Beruniy, Ibn Sino, Alisher Navoiy va boshqalar o’z davri ruhidan kelib chiqib falsafiy g’oyalarni ilgari surganlar. Bir vaqtlar falsafa «fanlarning fani» mavqeini olganligiga e'tiborni qaratib, talabalarga shuni ta'kidlash lozimki, falsafa hech qachon da'vogar bo`lmagan. Gap shundaki, fanlar klassifikatsiyasiga ko`ra, xususiy va umumiy fanlarga bo`linadi. Barcha fanlar xususiy fanlar yoki spetsifik fanlar deb ataladi |