Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari



Yüklə 26,41 Kb.
səhifə3/5
tarix15.10.2023
ölçüsü26,41 Kb.
#155978
1   2   3   4   5
Globallashuvning ijobiy va salbiy jihatlari

boshqara boshlagan edi. Boshqa tomondan qaraganda , chindan ham bu bozorlar ko`pchilik mamlakatlarning jadal iqtisodiy rivojlanishiga yordam berdi ham. Lekin, xalqaro savdo-sotiq faqatgina o`z iqtisodiy taraqqiyotiga foyda keltiradigan mamlakatlar eksportiga yordam berishini va bu endilikda ekologik hamda resurslar krizisi sharoitida kechayotganini hisobga olish zarur. SHuning uchun bunday bozorning yaratilishi istalgan yoqimsiz mamlakatni bir zumda bankrot qila oladi.[19][38]
Xatto, ba`zi mutafakkirlarning fikrlariga ko`ra, global hokimiyat (davlat) shakllangan bo`lmasa hamki, butun dunyoni boshqarayotgan global boshqaruv tizimi shakllanib bo`lgan va u faoliyat bajarmoqda. Bu tizim asosida kam sonli umumjahon institutlari – Jahon Valyuta Banki, Jahon Banki, Butun jahon savdo tizimi hamda butun dunyo muammolarini echayotgan bir xovuch egoelita yotadi, taqdiri ular tomonidan hal etiladigan juda katta ko`pchilikning esa bu erda ovozi o`tmaydi. Bu globallashuv siyosatining ko`pchilikdan iborat kishilar, tashkilotlar va mamlakatlarni shu ozchilikning qo`g`irchog`iga aylantirish quroli bo`lib xizmat qilayotganini ko`rsatadi. Albatta, bular haqida odatda rasman gapirmaydilar, aksincha, “bizning maqsadimiz - kambag`allikni umuman yo`q qilish” degan gaplar aytiladi, aslida esa “hamma ekkanini o`radi”, “bo`lib tashla va hukmronlik qil” shiorlari ostida amal qilinadi. Zero hozirgi davr voqealar rivoji va mantiqi ayni shunday xulosalarga olib keladi.
CHindan ham neolberalistik fundamentalizm siyosati iqtisodiy globallashuv orqali jahon iqtisodiy tizimini, xalqaro huquq tartibotini hamda millat va xalqlarning madaniyati va statusini o`zgartirish yo`li bilan butun insoniyatni ikki katta irqqa – o`ta boylar va o`ta kambag`allar irqiga ajralib ketishiga olib kelmoqda. Tabiiyki, buning oqibatida hech bir millat, mamlakat, xalq o`zligini saqlab qola olmaydigan yangi tartiblashuv vujudga kelmoqda.
YAngi tartiblashuv tufayli transnatsional korporatsiyalarning (TNK) jahon iqtisodiy tizimi xo`jayinlari bo`lib olganlari ham shu xulosani dalillashga xizmat qiladi. Ma`lumki, TNK jahondagi ishlab chiqarish fondlarining asosiy qismini va moliya oqimini, shuningdek, amalda butun yuqori texnologiyalar potentsialini o`z nazoratlari ostiga olganlar. Ayni shu sharoitda insoniyat intellektual va tabiiy resurslarini “so`rib oladigan nasos” ishga tushirilgan, endilikda bu resurslar ishlab chiqarish yaxshi rivojlangan mamlakatlarga osongina oqib o`taveradi. Natijada boylarning yanada boyishi, kambag`allarning esa yanada qashshoqlashishi kuzatiladi. TNK esa o`z iqtisodiy manfaatlarini cheklashni aslo istamaydilar.[20][39]
Ayni shu jarayonlar, bizningcha, hozirgi 
Yüklə 26,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin