Millatchilik bu - millat ayirish, bir millatni har tomonlama ulug‘lab, boshqalarining huquq, ehtiyoj va manfaatlarini nazar-pisand qilmaslik, ularni erga urishdan iborat bo‘lgan nodemokratik mafkura.
Milliy mafkura – millatning etnoijtimoiy birlik sifatida mavjud bo‘lishi va rivojlanishini, erkin va ozod taraqqiyotini g‘oyaviy asoslash, ta’minlashga qaratilgan qarashlar tizimi
Model- fran. modele-namuna, tarx, nimanidir tasviri tavsifi.
Modernizatsiyalash- fran. modernizer-zamonaviy; zamonaviylashtirish, hozirgi davr talablari, tarzi va didiga mutanosib ravishdagi o‘zgarishlarni amalga oshirish.
Mulk ob’ektlari - mulkka aylangan barcha boylik turlari. Mulk sub’ektlari - mulk ob’ektini o‘zlashtirishda qatnaShuvchilar, mulkiy munosabatlar ishtirokchilari.
Mulkdan foydalanish - mol-mulkning Iqtisodiy faoliyatda ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo‘llanilishi, ya’ni uning nafli jihatlarining bevosita iste’mol qilinishi.
Mulkni tasarruf etish - mol-mulk taqdirini mustaqil hal qilish. Mulkka egalik qilish - mulkdorlik huquqining uning egasi qo‘lida saqlanib turishi va yaratilgan moddiy boyliklarni o‘zlashtirishning ijtimoiy shakli.
Mulkchilik munosabatlari - mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni o‘zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar.
Munitsipal boshqaruv - ingl. municipal o‘zini o‘zi boshqarish; bu boshqaruvning nisbatan nomarkazlashgan shaklidir. Shu bilan bir vaqtning o‘zida u fuqarolik jamiyatining instituti hisoblanadi. Bunday boshqaruv organlarining asosiy belgilari, - ularning saylanishligi va o‘z hududidagi aholi manfaatlari asosida mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarga rahbarlik qilishdagi nisbatan mustaqillik.
Munitsipalitet- fran.municipalite-shahar o‘zini o‘zi boshqarish organi; ko‘pchilik mamlakatlardagi o‘zini o‘zi boshqarish organlari.
Nizom- muayyan davlat yoki jamoat tuzilmalarini tashkil etish tartibini, tuzilishi, vazifasi, funksiyalari va vakolatlarini belgilovchi kodekslashtirilgan normativ hujjat hisoblanadi.