Dinamik kuch- Birlik vaqt oraligida qiymatimi va yo’nalishi o’zgarturuvchi kuch
Mexanizm va mashinalar nazariyasi-Mexanizm va mashinalarning tuzilishi, kinematikasi va
dinamikasini o'rganuvchi fan.Nazariy mexanika qonuniyatlarini mexanizm va mashinalarga
tadbiqi. Mexanizm va mashinalar nazariyasi XYII asrlarda fan sifatida qabul qilindi. Uni asoschi
P.LChebishev (1821-1984y.)
Mexanizm- muayyan harakatni amalga oshiruvchi yoki bir turdagi g'arakatni boshqa turga
aylantiruvchi bir yoki bir nechta jism harakatini boshqa jismlarning aniq qonuniyatga amal
qiluvchi harakatiga aylantirib beruvchi o’zaro bog’lanishdagi jismlardan tashkil topgan qurilma.
Mashina- Bir turdagi energiyani boshqa turga aylantiruvchi yoki axborot to'plovchi va qayta
ishlovchi , aqliy va jismoniy mehnatini engillashtiruvchi qurilma. Yuritma- Energiya ishlab
chiqaruvchi mashina, uzatish mexanizimini va boshqarish apparatidan tashkil topgan.
Detall- Mexanizm yoki mashinaning yig’ma birligisiz bir jinsli materialdan tayyorlangan qismi.
Bo’g’in- Bir yoki bir nechta detallarning qo’zg’almas birikmasi.
Kinematik juft- Ikki bo'g'inning harakatchan birikmasi.
Quyi kinematik juft- Sirt bo’yicha tegishib turgan ikki bo’g’inning birikmasi.
Oily Kinematik juft- Nuqta yoki chiziq bo’yicha tegishib turgan ikki bo’g’inning birikmasi.
Erkinlik darajasi- Mexanizmning mumkin bo’lgan harakatlari soni. Harakatchalik darajasini
Dobravilskiy kinematik juftlar soniga teng qilib olgan. Masalan bog’lanishlar soni birga teng
bo’lgan kenimatik juft birinchi sinfga kiradi va beshta erkinlik darajaga ega.
Kinematik zanjir- Kinematik juftlarning harakatchan birikkan tizimi.
Krivoship- Qo’zg’almas o’q atrofida aylanma harakat qiladigan bo’g’in.
Koromislo- Qo’zg’almas o’q atrofida tebranma harakat qiladigan bo’g’in.