Server (Сервер, Server) – tarmoq resurslarini taqsimlovchi va o‘z resurslaridan foydalanish imkoniyatini beruvchi Kompyuter yoki dastur.
Spam (Спам, Spam) – reklama-targ‘ibot xarakteriga ega bo‘lgan elektron xatxabarlar bo‘lib, u ko‘p holatlarda foydalanuvchining qiziqishlariga to‘g‘ri kelmaydi. Aniqroq aytilsa elektron pochta uchun «ahlat» xat-xabar hisoblanadi.
SCORM (англ. Sharable Content Object Reference Model) -биргаликда фойдаланиш учун объект таркибидаги намунали модел
Statik bilimlar bazasi (База статических знаний, Base of static knowledge) –masalani yechish davomida o‘zgarmaydigan
muayyan sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi ma‘lumotlar bazasi.
Subtitra (Субтитра, Subtitle) – Kompyuter yoki dasturlar tomonidan uzatiladigan signallarni ekranda belgilar yoki xabarlar bilan almashtiruvchi vosita.
Sun’iy intellekt (Искусственный интеллект, Artificial intelligence) –informatika fanining bir yo‘nalishi bo‘lib, Kompyuter vositasidan foydalanib, ―inson fikrlashini o‘xshatish‖ muammolari bilan shug‘ullanadi.
Taqdimot (Презентация, Presentation) – diagramma, jadval, matn va boshqa ko‘rinishdagi ma‘lumotlarni maxsus dasturlardan foydalangan holda displey, videoproektor kabilarda namoyish qilish uchun tayyorlash.
Tarmoq (Сеть, Network) –o‘zaro ma‘lumotlar almashish imkoniyatiga ega bo‘lgan Kompyuterlar yoki qurilmalar guruhi.
Videokonferentsaloqa (Видеоконференцсвязь, Video conferencing) – real vaqtda ma‘lum masofadagi ikki guruh orasida audio-va video ma‘lumotlarni almashishni ta‘minlash imkoniyatini beruvchi elektraloqa va kompьyuter tarmoqlari xizmati.
Videokonferentsiya (Видеоконференция, Video conference) –Videokonferentsaloqa yordamida tashkil qilinadigan o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi interaktiv faoliyat.
Virtual (виртуальный, virtual) – voqeiy bo‘lib ko‘ringan, biroq vazifalari boshqa moslamalar tomonidan bajariladigan funksional moslama ta‘rifi.