Gnoseologiya – bilish haqidagi ta`limot Reja



Yüklə 67,23 Kb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü67,23 Kb.
#183839
1   2   3   4
Gnoseologiya

2. Bilish nima? Bilish – moddiy olamning inson ongida in`ikos etish jarayonidir, aniqrog’i, bilish oddiy mexanik holdagi aks etish bo’lmay, balki ob`yektiv olamdagi narsa-xodisalarning inson miyasida umumlashtirilgan, abstraktlashgan holdagi, ilmiy tushunchalar shaklida aks etishdir. Dunyoning moddiyligini va uning rivojlanish qonunlarining inson ongida in`ikos etishni e`tirof qilish ilmiy falsafa bilish nazariyasining asosidir. Fan qonunlari tabiat va jamiyatda inson ongiga bog’liq bo’lmagan holda yuz beradigan ob`yektiv jarayonlarining inhikosidan boshqa narsa emas. Falsafaning bilish nazariyasi asosan quyidagilardan asoslanadi.

- ob`yektiv olam bizning sezgi va tasavvurlarimizga bog’liq bo’lmagan holda undan tashqari mavjud, ob`yektiv olam – inson sezgi va tasavvurlari manbai;

- inson dunyo va uning rivojlanish qonuniyatlarini bilish mumkin. Inson sezgi, tasavvur va tushunchalarida o’ziga bog’liq bo’lmagan olam mazmunini inhikos ettiradi.
Demak, tashqi olam, undagi hamma narsa va xodisalar sezgilarga tahsir etishi bilan sezgi obrazlari hosil qiladi. Sezgi tasavvur va tushunchalarda ob`yektiv olamning sub`yektiv inhikosi hosil bo’ladi. SHuning uchun ham bilish nazariyasi inhikos nazariyasi deb ataladi. Bilish nazariyasi predmet bilan obraz va obhekt bilan sub`yekt orasidagi munosabatlarini to’g’ri hal qilishni talab qiladi. CHunki bilish jarayonida obhekt bilan sub`yekt dialektikasi muhim o’ringa ega. U sub`yekt, yahni inson bilan bog’liq jarayondir. Insonsiz bilish jarayoni bo’lishi mumkin emas. Sub`yektning ilmiy bilishdagi roli shundan iboratki, u ob`yektiv mavjud bo’lgan qonuniy bog’lanishlarni ochib beradi. Obhektga nisbatan ham amaliy, ham nazariy jihatdan yondoshadi.
Masalan, nemis fiziologi Gelg’mgolning ilgari surgan simvollari nazariyasiga muvofiq, inson avvalo o’z sezgirlarida tashqi olamni yaratadi. O’z sezgilarini narsa, xodisaga aylantiradi, keyin esa uni bilishga intiladi. U buyum obrazini buyumning o’zi bilan tenglashtiradi. Sezgi ob`yektiv olam obrazi bo’lmay, olamning o’zi bo’lib qoladi. Demak ushbu simvollar nazariyasiga ko’ra narsa bilan narsaning tasavvuri orasida farq yo’q. O’z vaqtida Ibn Sino empirik tabiatshunos sifatida Pifagor, Platon, o’rta asrdagi sxolast G’azzoliy kabilarni fikrlariga zarba berib mistik son yoki geometrik figuralari yo’q: son, geometrik figuralar konkret predmetsiz bo’lmaydi, degan xulosaga keladi. Sezgi mazmuni predmetlar xossalari bilan hech qanday umumiylikka ega bo’lmagan belgilar, simvollar bilan almashtirish noto’g’ri.
Sezgi obrazi moddiy dunyo narsa va xodisalarining inson sezgi ahzolarida aks etishi natijasida yuzaga kelgan. Demak sezgi va tushunchada narsaning o’zi emas, narsaga nisbatan ikkilangan ko’rinishi hosil bo’ladi.
Obraz sezgi va tushunchadan tashqarida mavjud bo’lish mumkin emasligi sababli u ideal narsadir, u inson, sub`yekt ongida vujudga keladi. Lekin sezgi ob`yektiv mazmunga ega. U moddiy dunyoning qayta ishlangan mazmunini gavdalantiradi. Shunga ko’ra ob`yektivdir.
Obraz sub`yektda uning sezgi va tafakkurida hosil bo’ladi. Demak, obraz sub`yekt bilan obyekt o’rtasidagi birlikni ko’rsatadi. Sezgi, tasavvur, tushuncha shakliy jihatdan sub`yektivdir, lekin mazmunga ko’ra ob`yektivdir. Chunki sezgida real dunyo inhikos etadi. Demak sezgi – ob`yektiv olamning sub`yektiv obrazidir.
Sezish – umuman inson bilimi taraqqiyotiga nisbatan birinchi bosqichdir. Insoniyatning dastlabki bilimlari, tushunchalari dastavval sezgi a`zolari orqali olingan dalillar asosida yuzaga keladi. Sezish inson miyasining tashqi olam bilan dastlabki va bevosita bog’lanishdir. Sezgi obrazi sodir bo’lishi uchun uni hosil qiluvchi narsa yoki hodisa ob`yekti mavjud bo’lmog’i lozim. Olamdagi narsa va hodisalar haqida sezgi obrazlari, tasavvurlar bilish jarayonining ma`lum bosqichidagina shakllanadi. Sezgi ob`yektiv olamning sub`yektiv obrazi deyish bilan birga shuni alohida tahkidlash kerakki, bu obraz ko’chirma qotib qolgan, o’lik narsa emas, balki bilish jarayonida o’zgarib boradi. Bilishning ziddiyatli jarayon ekanligini bilimlarimizning to’laroq, chuqurroq bilishi uchun dalil va mahlumotlarning yangisiga to’g’ri kelmay qolishida ko’rishimiz mumkin. Ziddiyatli munosabat hal qilinishi bilan bilish jarayoni rivojlanib boradi. Bizning ongimiz esa bu taraqqiyotini o’zida aks ettirish bilan birga hodisalarning yuzaki xususiyatlarini bilishdan mohiyatini bilishga tomon boruvchi tarixiy jaryon ekanligini ko’rsatadi.
Bilish jarayonida amaliyot muhim rol o’ynaydi. Amaliyot ko’p qirrali va sermazmun tushuncha bo’lib, o’z ichiga inson faoliyatining barcha shakllarini qamrab oladi. Amaliyotning asosini mehnat, moddiy ishlab chiqarish tashkil etadi. Bundan tashqari, siyosiy kurash, milliy ozodlik harakati, amaliyot insonning o’ziga xos faoliyati bo’lib, faqat ulargagina tegishlidir. Amaliyot insonlarning tarixan yuzaga kelishi jarayonida shakllanib, barcha jamiyatlar taraqqiyoti yo’lida rivojlanadi va mukammallashadi. Amaliyot tarixiy taraqqiyot sub`yekti hisoblangan insonning, uning uchun ob`yekt hisoblangan moddiy olam bilan bog’lanishdir. Bunday aloqadorlik jarayonida sub`yekt faol rol o’ynaydi. Amaliy ta`sir faqat ob`yektini emas, balki sub`yektning o’zini ham o’zgartiradi. Amaliyot sub`yekti alohida insonlar, ijtimoiy guruhlar; sinflar, butun jamiyat ham bo’lishi mumkin. Qachonki, bunday sub`yekt sifatida inson bilar ekan, amaliyot alohida faoliyat tusini oladi va u bilan bog’langan bo’ladi. Chunonchi, har bir inson shu jamiyat ahzosi bo’lar ekan, o’zining harakatlari bilan alohida jamiyat ahzosi bo’lib maydonga keladi. Shuning uchun ham alohida odam ijtimoiy amaliyotining bir bo’lagi bo’lib hisoblanadi.
Amaliyot hamma vaqt ijtimoiy faoliyat bo’lgan va bundan keyin ham bo’lib qoladi:
Birinchidan, amaliyot bilishning boshlang’ich nuqtasi va asosidir. Eng avvalo e`tiboriga olish kerakki bilishning o’zi amaliyot asosida va ayniqsa moddiy ishlab chiqarish ta`siri ostida vujudga kelgan. Masalan, mexanik harakat issiqlikka aylanadi, yahni ishqalanish natijasida o’t hosil bo’lgan, bu juda qadimiy kashfiyot. Ko’p yillardan keyin esa odamlar issiqlikdan mexanik harakat vujudga keltirish imkoniyatiga amaliyot asosida ega bo’ladi. Odamlarning amaliy ehtiyoji tabiat ilmining kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Masalan, astronomiya fani masalani bilish ehtiyoji natijasida kelib chiqdi. Demak har bir fan inson amaliy ehtiyoji natijasida kelib chiqadi. Bundan tashqari amaliyot bilish oldiga mahlum vazifalarni hal qilish uchun yordam beradi, jumladan u ilmiy bilishning asbob-uskunalari bilan qurollantirishni tahminlaydi: Ikkinchidan, amaliyot bilishning maqsadi hamdir. Inson bilish natijalaridan o’zining amaliyot faoliyatidan foydalanish uchun ham atrof tevarakdagi dunyoni bilib boradi. Uning taraqqiyot qonunlarini ochadi. Amaliyot jarayoni bo’lib, bunda munozarali masalalar, nazariy muammolar hal qilinadi. Tabiat va jamiyat qonunlari to’g’risidagi bilimlar ham amaliyot jarayonida tekshiriladi.
Olam va uning qonunlarini bilish murakkabdir. Bilishning vazifasi olam xodisalarini oddiy kuzatib qolmasdan ularning mohiyatini tabiat va jamiyat taraqqiyotining qonunlarini ochish va ularning inson o’z manfaati uchun foydalanishdan iboratdir.
3. Tashqi olamning inson miyasida inhikos qilishi murakkab dialektik jarayondir. Bilish jarayonida narsani, hodisani to’la va mukammal aks ettirish uchun mahlum bir yo’l bosib o’tadi. Farobiy o’zining “Ilm va sanhatning fazilatlari” risolasidan tabiatni bilishning cheksizligini, bilish- bilmaslikdan bilishga, sababini bilishdan oqibatini bilishga, xadisdan mohiyatga qarab borishini tahkidlaydi. Bilish ikki bosqichdan: jonli mushohada (sezish) va mavhum taffakkurdan iboratdir.
Bilishning boshlang’ich bosqichi jonli mushohada, yahni ob`yektiv dunyoning buyumlarini bevosita sezgi ahzolari yordamida aks etiradi. Ibn Sinoning fikricha, sezish – bu shunday tahsirki, u tashqi narsalarning o’zi bo’lmay, balki bizning hislarimizda vujudga keladi. His moddiy obrazining oynasi bo’lib, moddiy shakllarning bo’yi, eni bilan birga ifodalanganligi sababli ularni inson moddiy asossiz inhikos eta olmaydi va jismlarni bilolmaydi. Jonli mushohadaning bilishdagi roli muhimdir, uning yordamida dunyo haqida aniq bilimlar kelib chiqadi. Lekin bu bosqich mahlum darajada cheklangan. Bu bosqichda narsa va xodisalarning bahzi bir tomonlari va xususiyatlarinigina bilib olish mumkin. Narsalarning muhim belgilari ularning ichki bog’lanishlari, mohiyatlari esa bilishning ikkinchi bosqichiga mavhum taffakkur yordamida aks ettirilishi mumkin. Bilishning bir bosqichidan ikkinchi bosqichga ko’taradigan narsa amaliyotdir. Mehnat jarayoni, ishlab chiqarish ehtiyojlari predmet va xodisalar asosida yotgan qonuniyatlarni ochishni talab qiladi. Hissiy bilishga, jonli mushohadaga bilishning sezgi, idrok va tasavvur shakllari kiradi.
Tashqi dunyoning bu inhikos shakllari bir-biri bilan organik aloqada bo’lib, alohida-alohida uchramaydi. Sezgi tashqi dunyo narsa va xodisalarini bilishning birinchi qadamidir. Sezgini dastlabki bilishning manbai deb hisoblagan Farobiy buyumning aks etishi yoki inhikosi o’sha buyumning o’ziga muvofiq kelsa, sezgi haqiqiy bo’ladi deydi. Inson miyasida hosil bo’ladigan tasavvur va fikr tashqi dunyo predmetlarining sezgi orqali tahsiri natijasida yuzaga kelishi mumkin. Biz sezgilarimiz yordamida narsa va xodisalarni bilib olamiz va idrok qilamiz, ularning xossalarini, o’xshashliklarni, farqlarini egallaymiz. Masalan, ko’rish bilan predmetning katta-kichikligi, rangi va shaklini, tana sezgisi orqali qattiq-yumshoqligini, eshitish orqali ohang, kuch yoki tempini va boshqa ahzolar vositasi bilan ob`yektiv mavjud. Predmetlarning xilma-xilligini bilamiz. Sezgi idrok uchun asos bo’ladi. Idrok sezgidan farq qilib predmetning butun obrazini beradi. Bu predmetning turli xossalarini qayta ishlab, ularni birlashtiradi. Demak, idrok deganda turli sezgi ahzolari bergan mahlumotlar asosida miyada tashqi qo’zg’atuvchining bir butun obrazi hosil bo’lishi tushuniladi va idrok tashqi dunyo predmetining ob`yektiv to’g’ri inhikosini beradi. Bu inhikosning to’g’ri ekanligini amaliyotda isbotlanadi. Inson o’zining amaliy faoliyatida o’zi idrok qilayotgan predmet bilan odamning o’zida shu predmet to’g’risida hosil bo’lgan sezgi va idrokning o’xshashligini belgilaydi.
Amaliy faoliyat, fan va texnikaning rivojlanib borishi insonga har xil vositalar, asbob va uskunalar yaratish va hissiy bilish chegarasini kengaytirish imkoniyatini beradi. Demak sezgi, undan keyin idrok ob`yektiv olamning sub`yektiv obrazini hosil qiladi. Tasavvur – mavhum tafakkurga o’tishdagi oxirgi bosqichdir. U narsa va xodisalarning avvalgi tahsiri natijasida xotiramizda qolgan tasavvurlarning qaytadan esga olinishi bilan bog’liqdir. Tasavvurdagi yangi obrazlar ilgarigi obrazlar bilan taqqoslash orqali yuzaga kelish mumkin. U mavhum tafakkur uchun asos bo’ladi.
Idrok qilinayotgan narsa va xodisalar ichki qonuniyatli bog’lanishlarni ochish uchun mavhum tafakkurga o’tishi kerak. Mavhum tafakkur esa voqeani chuqur bilishga imkoniyat yaratadi. Hissiy bilish aniq narsalar obrazini hosil qiladi, lekin u xodisalar mohiyatini ochib bera olmaydi. Demak xodisalar mohiyatini bilish uchun ayrim narsalarga emas, ko’p narsalarga xos bo’lgan umumiylikni topmoq kerak.
SHunday qilib, hissiy bilish bilan mavhum tafakkur bir butun bilish jarayonining sifat jihatdan turlicha bo’lgan va ayni vaqtda bir-biri bilan bog’liq bo’lgan bosqichlaridir.
Mavhum tafakkur hissiy bilishdan kelib chiqadi, jonli bilish esa qonuniyat bilan o’sib, mavhum tafakkurga asos soladi. Mantiqiy bilish –bilishning rivojlanishidagi sifat jihatidan yangi, yuqori pog’onasidir. Mantiqiy bilishda inson mantiqiy tafakkur yordamida voqealikning rivojlanish qonuniyatlarini bilib oladi.
Bizga mahlumki, sezgi obrazlari tashqi olamning inhikosidir, yahni tashqi olam sezgimizga qanday tahsir qilsa shundayligicha aks etiladi. Lekin tafakkur obrazlarida boshqacharoq, unda tashqi olamning ichki mohiyati, aloqa va bog’lanishlari hamda rivojlanish qonun va qonuniyatlari aks etadi. Tafakkur obrazining uchta asosiy xususiyati bor.

  1. Tafakkur obrazlari mavhumlik xususiyatga ega, yahni tafakkur obrazlari hosil bo’lishi uchun ifoda qilinayotgan tashqi olam bevosita ko’z oldimizda bo’lishi shart emas. Tafakkurga xos bo’lgan ana shu jarayon – abstraktsiya deyiladi.

2. Tafakkur obrazlari umumlashgan xususiyatga ega. Umumlashtirish esa bizga tahsir etayotgan narsa yoki xodisaning sifat va xususiyatlaridagi muhim bo’lmagan ikkinchi darajalilarini chetga surib asosiy tomonlarini taqqoslash va fikran bir-biri bilan bog’lanishdir.


3.Tafakkur obrazlari til bilan bog’langandir. Bilish jarayonida paydo bo’layotgan har bir tushuncha til orqali ro’yobga chiqadigan ong omildir.
Mavhum tafakkur shakllari tushuncha, muhokama, xulosadir. Tushuncha tafakkurning alohida shakli bo’lib, u tashqi dunyo narsa va xodisalarning umumiy, zaruriy tomonlarini aks ettiradi. Tushuncha – aniq narsa va xodisalarning sifati, mohiyati va muayyanligini miyada alohida shaklda aks etishidir. Unda xodisadagi asosiy tomonlari umumlashtiriladi. Masalan, materiya tushunchasi umuan materiyaning belgilaridan qathi nazar, ularning asosiy belgisi – moddiyligi materiya tushunchasida aks ettiriladi. Jumladan, daraxt deganda tol, terak, olma va boshqa daraxtlar turlari va belgilaridan fikran uzoqlashamiz va ular uchun eng umumiy belgilarini olamiz.
Fandagi tushunchalar ham xuddi shunday. Har bir fanning o’ziga xos tushunchalari bor. Har bir fanni bilish, tushunish fandagi tushunchalarni bilish demakdir. Tushuncha mazmunan ob`yektivdir.
Muhokama – hukm orqali ob`yektiv dunyodagi qonuniyatlar ongida aks ettiriladi. Yakka muhokama ayrim dalillarda o’z aksini topsa, umumiy muhokama umumiy qonunlarni ifoda etadi. Masalan, energiyaning yaylanish shakli yoki har bir harakat shaklining biridan ikkinchisiga o’tishi haqidagi qonunlar.
Birinchi misol, tabiatning ayrim tomoniga to’g’ri kelsa, ikkinchisi umumiy qonunlar aks ettiradi. Demak, muhokama – hukm biror narsa yoki xodisa mushohada haqida biror nima deyish, uni tasdiqlash yoki inkor etishdir.
Tafakkurning uchinchi shakli mantiqiy, aqliy xulosa chiqarishdir. Xulosa bir yoki bir necha muhokamadan kelib chiquvchi bilimdir. U orqali ilgari mahlum bo’lgan bilimlar asosida yangi bilim paydo bo’ladi.
Mantiqiy aqliy – xulosada muhokamalar majmuasi bir-biriga bog’lanib yangi bir xulosa kelib chiqadi. Bunday xulosaga asos bo’lgan ikki muhokama dalil deb ataladi. Demak, aqliy xulosa fikrni taqqoslaydi, bog’laydi. Mavhum tafakkur sodir bo’lish jarayonini ifodalaydi. SHunday qilib insoniyatning barcha bilimlari sezgi materiallarini umulashtirish orqali hosil bo’ladi.
Bilishdagi hissiy va ratsional-mantiqiy jihatlarining roli masalasini hal qilinishida 
Yüklə 67,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin