Gofra turlari va bir-biridan farqi
•
PVX –
polivinilxlorid
Yengil va egiluvchan material. Olov
bo’lsa eriydi, lekin yonmaydi. Kulrang
va oq rangli bo’ladi. PVX gofra faqat
ichki montajga mo’ljallangan,
kabellarni mexanik ta’sirdan himoya
qilish uchun. Kabellarda qisqa tutashuv bo’lganda gofra yonmaydi,
o’sha joyi eriydi. Ko’chada ishlatish mumkin emas! Quyosh nuri gofrani
qurutib keyinchalik yorilishiga olib keladi.
•
PND -
past bosimli polietilen
Namlik va quyosh nuriga chidamli
material. Tashqi montaj va nam
xonalar uchun. PND gofrani yog’ochli
va boshqa yonuvchi xonalarda ishlatib bo’lmaydi. Yaxshigina yonuvchan
maxsulot. Qora va sabzirang ranglarda bo’ladi.
•
PPR
–
polipropilen
Yonmaydigan va o'z-o'zini
o'chiradigan. PVX dan farqli quyoshga
chidamli, tashqi montajda ishlatsa
bo’ladi. Asosan ko’k rangli. Xitoydan
boshqa ranglilariyam kelishi mumkin.
•
Zanglamas po'latdan
Eng mustahkam va ko’p xizmat qiladigan
material. Yonuvchan va yonmaydigan
konstruksiyalarda ishlatiladigan, yog’ochli
uylarda qo’shimcha yonmaydigan
materiallarsiz ishlatsa bo’ladi. Tashqi
mexanik ta’sirdan va kemiruvchilardan yaxshi himoya qiladi.
Telegram kanalimiz:
https://t.me/UzbekistanElectric
Telegram guruhimiz:
https://t.me/UzbekistanElectricGroup
Youtube kanalimiz:
https://youtube.com/@UzbekistanElectric
Dostları ilə paylaş: |