Golden brain issn: 181-4120 volume


GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2023



Yüklə 244,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix11.05.2023
ölçüsü244,98 Kb.
#111175
1   2   3   4   5   6
42-47

GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2023
 
 
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal March, 2023
44
 
qilinmadi. 1916 yili ozarbayjonlik mashhur aktyor Sidqiy Ruhillo Toshkentga kelib, 
“Turon” truppasi bilan birga “Layli va Majnun” spektaklini qo‘yadi. Avloniy bu 
spektaklda qaysning otasi rolini ijro etadi. Truppa a’zolari bilan Avloniy 1914—1916 
yillari Farg‘ona vodiysida gastrollarda bo‘ladi. Abdulla Avloniy 1917 yil to‘ntarishiga 
qadar Turkistonda juda katta ijtimoiy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar 
щarakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandalaridan edi. Abdulla Avloniy ilg‘or ziyoli 
kishilar bilan hamkorlikda teatr tomoshalari va matbuotdan tushgan mablag‘larga 
dunyoviy ilimlarni o‘qitadigan “Usuli jaded”, ya’ni yangicha ilg‘or usuldagi maktablar 
ochdilar va bu maktablarda xalq bolalarini o‘qitdilar. Ular o‘z millatlaridan yetuk 
olimlar, bilimdon mutaxassislar, madaniyat arboblari yetishib chiqib,. yurtni obod
Vatanni ozod, farovon etishlarini orzu qildilar va bu yo‘lda fidoyilik ko‘rsatdilar. 
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez 
mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Maktablardagi o‘quv asbob-jihozlarini 
o‘zgartirdi, o‘z qo‘li bilan parta va doskalar yasadi. Maktabga qabul qilingan 
bolalarning asosiy qismi kambag‘al kishilarning bolalari bo‘lganligi uchun ularni 
kiyim-kechak, oziq-ovqat, daftar-qalam bilan ta’minlash maqsadida, do‘stlarining 
ko‘magida “Jamiyati xayriya” tashkil etadi va bu jamiyatga o‘zi raislik qiladi. 
“Nashriyot” shirkati tuzib, Xadrada “Maktab kutubxonasi” nomli kitob do‘konini 
ochdi. Avloniyning maktabi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalariga ko‘ra 
mashg‘ulotlarni sinf-dars tizimi asosida o‘z ona tilida olib borilishi bilan eski usul 
maktablaridan farq qiladi. U o‘z maktabida bolalarga geografiya, tarix, adabiyot, til, 
hisob, handasa, hikmat kabi fanlardan muayyan ma’lumotlar beradi. Abdulla 
Avloniyning ilk o‘quvchilardan biri, Toshkent Davlat universitetida uzoq yillar dars 
bergan taniqli pedagog, marhum Yusuf Tohiriy Avloniy Mirobodda tashkil qilgan 
maktab haqidagi xotiralarida shunday deb yozgan edi: “Shaharning qarama-qarshi 
chekkasida, temir yo‘l ishchilari istiqomat qiladigan Mirobodda yangi tipdagi maktab 
ochilganligi haqida eshitib qoldik. Tez orada bu maktabning fazilatlari haqidagi shov-
shuvlar, uning muallimi Avloniyning dovrug‘i butun shaharga tarqaldi. Hammaning 
tilida: “Miroboddagi maktab 6 oyda o‘qish-yozishni o‘rgatarmish, jo‘g‘rofiya, hisob, 



Yüklə 244,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin