Golden brain issn: 181-4120 volume



Yüklə 22,84 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü22,84 Kb.
#180500
109-111



GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 28 | 2023
 
 
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
109
 
‘‘FIZIKA’’ FANINI O‘QITISHDA INTEGRATSION
 TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN 
FOYDALANISH 
 
Mirzayeva Umidaxon Murodjon qizi 
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti stajyor o‘qituvchisi 
 
 Annotatsiya: 
ushbu maqolada zamonaviy integratsion ta’lim tizimi, hamda,
fizikaning boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi haqida bir qator ma’lumotlar
berilgan.

Kalit so‘zlar: 
integratsiya, texnologiya, yarimo‘tkazgich, elektronika, 
nanolazerlar, Visual basic, dasturlash,
 
Аннотация
: в данной статье представлен ряд сведений о современной 
интегрированной системе образования, а также о взаимодействии физики с 
другими науками

Ключевые слова: 
интеграция, технологии, полупроводники, электроника, 
нанолазеры, Visual Basic, программирование. 
Abstract. 
this article provides a number of information about the modern 
integrated education system, as well as the interaction of physics with other sciences. 
Keywords
: integration, technology, semiconductors, electronics, nanolasery, 
Visual Basic, programming

 
Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan texnologiya asrida,barcha fanlarning
o‘zaro integratsiya qilgan holda ta’lim berish eng dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. 
Shu sababli fizika fanini informatika, matematika fanlariga, qurilish va 
texnologiyaga bevosita bog‘lab tushuntirish, ko‘plab fizik jarayonlarni osonroq


GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 28 | 2023
 
 
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
110
 
anglash imkonini beradi. Yarimo‘tkazgichlar zamonaviy texnologiya asrida eng
faol va ko‘pchilik ilmiy tadqiqotchilarning e’tiborida bo‘lib kelmoqda. 
Yarimo‘tkazgichli strukturalar yordamida optoelektronika va zamonaviy qurilmalar 
yaratish mumkin.
Yarimoʻtkazgichlar elektronika va mikroelektronikada keng qoʻllanilib, 
zamonaviy elektr jihozlarning deyarli hammasi — kompyuterlardan tortib, to uyali
aloqa telefonlarigacha barchasi yarimoʻtkazgichli texnologiyaga 
asoslangan. Bugungi kunda eng keng qo‘llanilayotgan yarimo‘tkazgich modda
kremniy hisoblanadi. Yarimo‘tkazgichli yoritish issiqlik kam ajralgani va o‘lchami 
kichik bo‘lganligi uchun aviatsiyada va temir yo‘l transportida keng qo‘llanilmoqda 
Bundan tashqari yarimo‘tkazgichli lazerlarning rivojlanishi yupqa plenkalardagi
kvant o‘lchamli effektlar bilan bog‘liq bo‘lib, chegaraviy tok olishga
erishildi.Amerikalik olimlar tomonidan yarimo‘tkazgich moddadan tayyorlangan 
zamonaviy nanolazerlar yaratilgan. Bu yarimo‘tkazgichli nanolazerlar umumiy
uchun yorug‘lik yutilishini bir necha marta kamaytiradi,
Nanolazerlarning yarimo‘tkazgichli strukturalari Visual basic dasturlash tili
yordamida ayrim modellarini yaratish mumkin. 
Bundan tashqari, zamonaviy bino va inshootlar qurishda bevosita fizikaviy
jarayonlar zarur hisoblanadi. Issiqilik tizimi, mexanikaviy tuzilmalari va dizayni 
ko‘plab muhandislar tomonidan fizika va informatika faniga bog‘lagan holda 


GOLDEN BRAIN ISSN: 2181-4120 VOLUME 1 | ISSUE 28 | 2023
 
 
https://t.me/goldenbrain_journal Multidisciplinary Scientific Journal October, 2023
111
 
foydalaniladi.Bunday zaruruiy resurslardan biri quyosh energiyasi hisoblanadi. 
Quyosh energiyasidan hozirgi kunda ko‘p sohalarda foydalanilmoqda: 
a) quyosh energiyasi yordamida issiq suv hamda chuchuk suv olish
b) quyosh quritkichlari; 
c) quyosh sovutkichlari; 
d) binolarni isitish; 
e) yarimo‘tkazgichli quyosh elementlari; 
f) issiqxonalar va boshqalar 
Shu bilan bir qatorda informatika va fizika fanlarini bir biriga bog‘lagan
holda sifatli ta’lim berish mumkin. Talabarda dasturlash orqali fizika fanida
ko‘plab yangiliklar yaratishda bevosita yordam beradi. 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 1).Pixin A.N. Optik va kvant elekttonikasi. 
2).Tarasov S.A.,Pixi A.N. Yarimo‘tkazgichli optoelektron qurilmalar. 
3)
www.kutubxona.uz
  
 

Yüklə 22,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin