b) Balandlikning otilish burchagiga bog'liqligini aniqlash. 2-jadvalga uchta har xil boshlang'ich tezliklar uchun aniqlangan h maksimum ko'tarilish blandligining α otilish burchagiga bog'liqligi yozib boriladi.2-jadval
gradus
h1 ,m
h2,m
h3 , m
10
15
20
25
30
35
40
45
50
55
60
65
70
75
80
85
Olingan natijalar asosida uchish uzoqligi va maksimal ko’tarilish balandligining sharchaning otilish burchagiga bog’liqligi grafiklari chiziladi.Olingan natijalar baholanib, tahlil qilinadi.
Uzliksiz chiziqlar (16) tenglama asosida kichik kvadratlar usulida aniqlangan qiymatlarga mos keladi.
3-rasmdan α = 45° burchak uchun (3) tenglamadan v0 boshlang'ich tezlik qiymatlari aniqlandi:
Uzliksiz chiziqlar (16) tenglama asosida kichik kvadratlar usulida aniqlangan qiymatlarga mos keladi.
Parobalik qonuniyatdan chetlashish havoning qarshiligi natijasi bo'lishi mumkin. 3- va 4-rasmlardagi grafiklar (7) va (17) tenglamalarda ifodalangan qonuniyatlarni vertikal erkin tushishda va gorizontal harakatda qarshilik bo’lmagan deb hisoblansa to’la tasdiqlaydi. Po’lat sharcha trayektoriyasi kengligi va balandligi otilish burchagi va boshlang’ich tezligi qiymatiga bog’liq bo’lgan paraboladir.
Qo'shimcha ma'lumot: boshlang'ich tezlik shoxsimon moslamaga o'rnatilgan yorug'lik datchigi o'lchanishi mumkin. Tajriba qurilmasi haqida ko'proq ma'lumotlaarni 336 56 yo'riqnomasidan olasiz. O'lchangan qiymatlar to'g'ridan to'gri a) qismda tajriba natijalariga ko'ra eng kichik kvadratlar usulida topilgan – qiymati bilan solishtirish mumkin. b) O'lchangan boshlang'ich tezlik qiymatini tajriba natijalari bilan solishtiring.
v)Yorug'lik datchigi bilan tezlikni o'lchash shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich tezlik ning qiymati α burchakka bog'liq emasligiga ishonch hosil qiladi.
Nazorat savollari: Nima uchun gorizontga burchak ostida otilgan jism avval tekis sekinlanuvchan, so’ngra tekis tezlanuvchan harakat qiladi?
Gorizontga nisbatan burchak ostida otilgan jismning harakat trayektoriyasi tenglamasini keltirib chiqaring.
Harakat trayektoriyasining ixtiyoriy nuqtasida markazga intilma tezlanish qanday aniqlanadi?
Harakat trayektoriyasining ixtiyoriy nuqtasi uchun egrilik radiusini aniqlash tamoilini tushuntiring.
Butun olam tortishish qonunini tushuntirig?
Nima uchun Yer barcha jismlarga bir xil tezlanish beradi?
Harakat trayektoriyasi bo’ylab kinetik energiya qanday o’zgaradi?
Harakat trayektoriyasi bo’ylab potentsial energiya qanday o’zgaradi?