Govzabondoshlar oilasi – Boraginaceae oilasiga haqida umumiy tushuncha
Bu oilaga asosan o‘t o‘simliklar va kamdan kam buta hamda daraxt o‘simliklar ( tropik mamlakatlardagi) kiradi. Poyalari qirrali, barglari butun, navbat bilan, ba’zan qarama-qarshi joylashadi. Poya va barglari qattiq tukchalar bilan qoplangan bo‘ladi. To‘pgullari qo‘shaloq gajjaklardan iborat. Gullari 5 bo‘lakchali to‘g‘ri bo‘lib, ba’zan noto‘g‘rilari ham uchraydi. Kosachalari 5 tishli. Gultojilari naychasimon, qo‘ng‘irsimon yeki boshoqqa o‘xshash bo‘lib 5 bo‘lakli va 5 tishlidir. Ular 5 ta tojbargning qo‘shilib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Changchisi 5 ta ular gultoj naychasiga birikadi. Urug‘chilari 1-2 mevachi bargdan tuzilgan, tugunchalari ustki asosida nektardoni bor. Gullari xashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevalari quruq, to‘rtta yong‘oqchaga ajraladi, ba’zi turlarining mevasi sersuv danakchalardir. Govzabondoshlar oilasiga 1800 tur kiradi, bu turlar butun yer yuziga tarqalgan. O‘rta Osiyeda 150 dan ko‘proq turi o‘sadi. Fovzabondoshlar o‘rmon va dashtlarda, chala cho‘l va cho‘l va tog‘li rayonlarda juda ko‘p o‘sadi.
Bu oilaning eng ko‘p tarqalgan turkumlari quyidagilardir: Kampirchopon (Trichodesma), nayzatuklar (Echium), Govzabonlar (Anchusa), Zag‘chakuzlar (Myosotis) va boshqalar.
Govzabon xo‘kiztili (Anchusa). Bular bir va ko‘p yillik o‘tlardir. (Urug‘lari zaharli bo‘ladi). Falla va boshqa ekinlar ichida o‘sadigan begona o‘tlar bo‘lib bo‘z va partov yerlarda uchraydi.Italiya govzaboni(A.italica)turi ko‘p uchraydi.
Kampirchopon-(Frehodesma B.Br).
Oq tukli kampirchopon - Fincanum. Ildizpoyadan o‘sadigan, bo‘z rangli yoki kul rang ko‘p yillik o‘simlik. May oyidan boshlab noyabrgacha gullaydi va meva tugadi. Soz tuproqni adirlar, toshli yerlar, g‘alla va boshqa ekinlar orasida o‘sadi. Kampirchoponning barg poya va xususan urug‘ida alkaloidlar bo‘lganidan, uning urug‘i aralashgan maxsulotlarni iste’mol qilgan kishilar va uy xayvonlari og‘ir kasallikka duchor bo‘ladi. Ko‘pincha govzabondoshlar (Onosma) mehrigiyo, Anchusa, Arnebia-arnebia, Echium-nay.
Govzabondoshlar oilasi – Boraginaceae oilasiga kiruvchi o’simlik turkumlari
Bu oilaning eng ko‘p tarqalgan turkumlari quyidagilardir: Kampirchopon (Trichodesma), nayzatuklar (Echium), Govzabonlar (Anchusa), Zag‘chakuzlar (Myosotis) va boshqalar.
Kampirchopon (Trichodesma)
Kampirchopon (Trichodesma inanum Bge) O’rta Osiyo, Qozog’iston va Shimoliy Eronda o’sadi. U govzabonguldoshlar oilasiga mansub ko’p yillik zaharli o’simlik. Ildizi baqquvat, poyasi biroz ko’tarilib yoki yoyilib o’sadi. Pastki qismi yog’ochlanib ketgan, tuk bilan qalin qoplangan. Keyinroq tuki to’kilib ketadi, tupining yuqori qismi juda sertuk, bo’yi 30 – 60 sm ga yetadi.
Barglarining uzunligi 3 – 8 sm, eni 1, 3 – 2, 5 sm. Bandsiz, chetlari tekis, shakli tuxumsimon, cho’ziq nishtarsimon. Uchi o’tkir, oldi va orqa tomoni tuk bilan qoplangan. To’pguli ro’vak. Gulyonbargchalari tuk bilan qoplangan. Tojbarglarning diametri 2 – 2, 5 sm, gullash davrida naychasi oq, poyasi havorang bo’lib, keyinroq gul naychasi pushti rangga kiradi. Mevasi bir – biriga yopishgan 4 ta yong’oqchaga o’xshaydi, pishganda ajralib ketadi. Qattiq, kattaligi 6 – 7 mm.
Govzabondoshlar oilasi – Boraginaceae oilasiga kiruvchi o’simlik turlari
Dostları ilə paylaş: |