G‘oyalar xilma-xilligi tushunchasining ma’no-mazmuni nimada?


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ma’ruzalarida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri masalalarining yoritilishini qanday izohlaysiz?



Yüklə 29,41 Kb.
səhifə5/10
tarix22.12.2023
ölçüsü29,41 Kb.
#189223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
4-mavzu nazorat savollariga javoblar va test G‘oyalar xilma-xill-hozir.org

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ma’ruzalarida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri masalalarining yoritilishini qanday izohlaysiz?.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti korrupsiya jinoyatchiligining o‘sishi nafaqat islohotlar yo‘liga jiddiy to‘siq, balki o‘tish davrida belgilangan maqsadlarga erishishga bevosita tahdid tug‘diradi, deya ta’kidlagan va shu sababli, mustaqil davlatimiz mavqeini mustahkamlash maqsadida, bu illatning oldini olish bo‘yicha bir qator tavsiyalar bergan edilar. Korrupsiya jinoyati jamiyatimiz farovonligi va iqtisodiy taraqqiyotimiz kushandasidirki, unga qarshi kurashishni aslo susaytirmasligimiz lozim.
Davlatimiz rahbari Sh.M. Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzuidagi ma’ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablarini amalda ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb bejiz ta’kidlamadi.
10. Korrupsiyaga qarshi kurashishning goyaviy va huquqiy asoslari haqida nimalar bilasiz?
Mamlakatimizda olib borilayotgan tub islohotlar sharoitida davlat qurilishi va huquqiy siyosatning mazmun va mohiyatini aniqlashtirish, uning maqsad va vazifalarini islohotlarning bugungi taraqqiyoti asosida shakllantirib borish, inson manfaatlarini ta’minlashning strategik jihatdan yangi vositalar bilan bir qatorda, ham taktik xususiyatga ega bo‘lgan yangi usullarni qo‘llash, shaxs hamda jamiyat manfaatlarini yanada samaraliroq himoya qilish, korrupsiyaning oldini olishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish ehtiyoji vujudga kelishi bilan belgilanadi. Xozirgi kunda korrupsiyaga qarshi kurashishning yangi va samarali huquqiy mexanizmi yaratildi. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2017 yil 3 yanvarda O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, unda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik va manfaatlar to‘qnashuviga doir tushunchalarga ta’rif berilib, bular, o‘z navbatida, fuqarolarga korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi haqida ma’lumot beradi.


Yüklə 29,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin