6. Mafkuraning turli ko‘rinishlari haqida ma’lumot bering. Har qanday mafkuraning falsafiy, diniy va dunyoviy ildizlari mavjud.
Mafkuraning falsafiy ildizlari uning eng avvalo, falsafa fanining qoida va xulosalariga tayanishini ifodalaydi. Dunyo falsafa ilmi taraqqiyotida yorqin iz qoldirgan qadimgi hind, xitoy, yunon falsafiy maktablari, o’rta asrlar va uyg’onish davri SHarq va G’arb falsafiy oqimlari, italьyan, ingliz, frantsuz falsafasi vakillari, Kant, Gegelь, Fixte, Nitsshe kabi mashhur nemis faylasuflari ta’limoti o’z davrlarida milliy falsafalarning taraqqiyotiga asos soldi va o’zlari mansub bo’lgan jamiyatni birlashtirishga xizmat qildi.
Hozirgi davrda mavjudlik falsafasi deb e’tirof etilgan ekzistentsializm, amaliyot falsafasi bo’lgan pragmatizm, «ijobiy falsafa» deb tan olingan pozitivizm, shuningdek, zamonaviy fan yutuqlari - kosmonavtika, informatika, kibernetika sohasidagi yutuqlar mafkuraning falsafiy negizlari sifatida mafkuraviy taraqqiyotga katta ta’sir ko’rsatmoqda.
Mafkuraning dunyoviy ildizlari deganda yuqori darajada tsivilizatsiyalashgan (ma’rifatli) dunyoga xos bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy munosabatlarning bir butun majmuini tushunish lozim. Insonparvarlik tamoyillari, qonun ustuvorligi, millatlararo hamjihatlik, diniy tolerantlik hozirgi dunyoviy jamiyatning asosini tashkil etadi va u uning mafkurasi «Dunyoviylik - dahriylik emas» degan tamoyil orqali ravnaq topib boradi.
Mafkuraning diniy ildizlari deganda uning g’oyaviy asoslari diniy manbalar, ta’limotlar bilan uzviy bog’liq ekanligi nazarda tutiladi. «Zabur», «Tavrot», «Injil», «Qur’on» kabi ilohiy kitoblarda bayon qilingan ezgu g’oyalar ko’plab mafkuralarda o’z ifodasini topgan.
Konfutsiyning diniy g’oyalarga asoslangan ta’limoti asrlar davomida Xitoy xalqining taraqqiyot yo’lini yoritib kelganligi, Foma Akvinskiy g’oyalari katolik dinining rasmiy mafkurasi bo’lib kelganligi fikrimizning isbotidir.