Chizmani o'qish bosqichi 1. Masalaning sharti bilan to'liq tanishib chiqiladi. 2. Detal shakli, uning to'liq bo'lmagan proektsiyalari bo'yicha tahlil qilinadi. 3. Detaining 1 ko'rinishdagi konstruktiv elementlari, uchlari, qirralari va boshqa qismlarini boshqa ko'rinishlardan tortib solishtirib chiqiladi.
Grafikaviy bosqich 1. Detalni fikran yaxlit geometrik jismga to'ldirib, zagatovka holiga keltirib olinadi. Har bir ko'rinishdan bittadan konstruktiv elementni fikran olib tashlab, uning proektsiyalari boshqa ko'rinishlarga to'ldiriladi.
Har qanday grafikaviy masalalarning yechilishi uni tekshirish bilan nazorat qilinadi. Shunga ko'ra bunday masalalarning yechilishini uning texnik rasmini yasash bilan yakunlash mumkin. Quyida biz tasvirlarni rekanstruktsiyalash mazmunidagi masalalani yechish sohasidagi ayrim metodik tavsiyalarni bayon qilamiz.
1. Tasvirlarni rekanstruktsiyalash masalalarning grafikaviy va tavsifiy
shartlari o'quv ishning maqsad va vazifalarini aniq va ravon anglanishini
ta'minlash kerak.
2. Masalani yechish bo'yicha o'quvchilarga beriladigan metodik tavsiyalar ixcham va mazmundor bo'lishi kerak. Masalan, prizmasimon detallarning yetishmovchi chiziqlarni to'ldirish uchun o'quvchilarga quyidagicha metodik ko'rsatma berish mumkin.
A) Detalni fikran zagatovka holatiga keltiring.
B) Detalning ko'rinishlardagi konstruktiv elementlarni navbatma-navbat fikran bittadan olib tashlab,ularning proektsiyalarini ko'rinishlarda
tasvirlang.
3. Tasvirlarni rekanstruktsiyalashda ko'rgazmali tayanchlardan kamroq foydalanish lozim, aks holda o'quvchilarda bo'lgan grafikaviy qobiliyatning potentsial imkoniyatlarni chegaralab qo'yish mumkin.
Masalalarning grafikaviy shartini tuzishda ulardagi konstruktiv elementlarning hamma proektsiyalarda aniq va ravshan ko'rinib turishiga alohida ahamiyat bermoq lozim.
Bunday mashqlarni bajarishning dastlabki bosqichlarida to'ldirish lozim bo'lgan chiziqlarning hamma proektsiyalardagi umumiy soni 5- 6 tadan oshmasligi, keyinchalik esa bu ishni bir muncha murakkablashtirish mumkin.5