Gravimetriya usulida mutaxassisligiga qarab kalsiy, magniy, temir, alyuminiy va oltingugurt miqdorini aniqlash



Yüklə 99,83 Kb.
səhifə1/9
tarix21.12.2023
ölçüsü99,83 Kb.
#188465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
GRAVIMETRIYA USULIDA MUTAXASSISLIGIGA QARAB KALSIY (1)


GRAVIMETRIYA USULIDA MUTAXASSISLIGIGA QARAB KALSIY, MAGNIY, TEMIR, ALYUMINIY VA OLTINGUGURT MIQDORINI ANIQLASH
REJA:

1.Gravimetriya usulida mutaxassisligiga qarab kalsiy, magniy, temir, alyuminiy va oltingugurt miqdorini aniqlash
2.Kalsiy ionining miqdorini aniqlash
3.Magniy ionining miqdorini aniqlash
4.Temir ionining miqdorini aniqlash
5.oltingugurt ionining miqdorini aniqlash

Gravimetriyada bajariladigan ishlar Moddani miqdoriy analizga tayyorlash. Miqdoriy analizda ko‘pincha ko‘p jinsli moddaning avval kimyoviy tarkibini aniqlashga to‘g‘ri keladi. Texnika mahsulotlari har xil agregat holatlarda (suyuq, gaz yoki qattiq holatlarda) bo‘lishi mumkin. Suyuq va gaz holatlarda namuna bir jinsli bo‘lgani uchun analizga olish unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, lekin qattiq namunalar geterogen aralashmalardan iborat bo‘lib, bunday moddani analizga tayyorlashda o‘rtacha namuna olish kerak bo‘ladi. O‘rtacha namuna olish moddaning fizikaviy holatiga, uning tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi. Tekshiriladigan moddaning tarkibini analizdan oldin aniq bilish lozim, aks holda analiz natijasi xato bo‘lishi mumkin. O‘rtacha namuna olishda modda maydalanadi va aralashtiriladi. Modda maxsus mexanizmlar (maydalagich, tegirmon va b.) yordamida maydalanadi. O‘rtacha namuna olish uchun kvadratlash yoki boshqd usuldan foydalaniladi. Buning uchun modda qog‘oz sirtiga kvadrat yoki doira shaklida bir tekis yoyiladi. So‘ngra bu kvadrat diagonallar bo‘yicha to‘rt qismga bo‘linadi va ikkita qarama-qarshi tomondagi modda tashlab yuboriladi, qolgan ikkitasi esa bir-biriga qo‘shiladi. Kvadratlash namuna massasi 3 g qolguncha bir necha marta takrorlanadi. So‘ngra analiz qilinadigan modda zarrachalari chinni yoki agat hovonchada yana maydalaniladi va byuksga solinadi. Shu tariqa hosil qilingan materialdan analiz uchun namuna tortib olinadi. 50 Tortim miqdorini tanlash. Analiz uchun kerakli modda miqdorini tanlash analiz usullari (makro-, yarimmikro- yoki mikroanaliz), cho‘kmaning turi (kristall yoki amorf), ba’zan esa cho‘kmaning eritish natijasida yo‘qolishi bilan aniqlanadi. Amalda mikroanalizda hosil bo‘ladigan kristall cho‘kmaning massasi 0,5 grammga yaqin, amorf cho‘kmalarning massasi 0,1– 0,3 g atrofida bo‘lishi kerak. Ana shuning uchun ham hosil bo‘ladigan cho‘kmaning va aniqlanayotgan elementning taxminiy miqdorini hisobga olgan holda tortim massasi avvaldan belgilab olinadi.




Yüklə 99,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin