Gray Dark Green Simple and Minimal Conference Research Education Presentation



Yüklə 7,36 Kb.
tarix26.12.2023
ölçüsü7,36 Kb.
#198015
Абдурасулов. Ракамли икт


Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali
Mustaqil ish
Raqamli iqtisodiyot va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni baholash
Bajardi: Abdurasulov Diyorbek
Tekshirdi:
Raqamli iqtisodiyot tarifi va rivojlantirish modellari
  • Raqamli iqtisodiyotning paydo bo’lishini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va Global Internet tarmog’isiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Hozirgi kunda mavjud bo’lgan internet dastavval 1995 – yilda paydo bo’lgan. O’sha paytdan boshlab internet orqali taqdim etiladigan turli xil xizmatlar – fayllarni uzatish, masofadan kirish, electron pochta, qidiruv xizmatlari, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar bilan to’ldirilgan “virtual dunyo” ning paydo bo’lishi haqida gapirish mumkin. Bugungi kunda internet ulkan ko’ngilochar, ta’lim, savdo, moliyaviy va siyosiy soha hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotning platformasi va ekotizimi
  • Raqamli iqtisodiyot platformasi – istemolchilar va ishlab chiqaruvchilarning ehtiyojlarini taminlaydigan funksiyalar va xizmatlar to’plami bilan raqamli muhit (dasturiy va apparat kompleksi) shuningdek ular ortasida to’g’ridan-to’g’ri muloqot qilish imkoniyatlarini amalga oshiradi.

Sanoat 4.0 texnologiyasi
  • 2017-yilda raqamli inqilob hal qiluvchi bosqichga kirdi dunyoning har ikkinchi aholisi Internetga ulandi. Sanoat inqilobi alohida mamlakatlarga iqtisodiy o’sishning ajoyib suratlarini taminlashga imkon berdi. Hozirgi vaqtda iqtisodiyotning globallashuvi va axborot - kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi davrida koplab mamlakatlar iqtisodiyotlari yangi - raqamli shakliga o’tmoqda. Raqamli iqtisodiyot - mamlakatlar va butun mintaqalar iqtisodiyotining qiyofasini va tuzilishini ozgartirmoqda. Tarmoq ichidagi raqobat kuchaymoqda, bozorlar kengaymoqda, ayrim mamlakatlar sanoatlarining jahon bozorlarida raqobatbardoshligi oshmoqda. Natijada milliy iqtisodiyotlarning o’sishi kuzatilmoqda. Raqamli iqtisodiyot kompaniyaning sanoat va umuman milliy iqtisodiyotning osish istiqbollarini belgilaydi.

Bulutli texnologiyalar
  • "Bulut" atamasini birinchi marta kim ishlatganligini aniq aytish hali ham mumkin emas, ammo bazi manbalarga ko’ra atamaning kelib chiqishi kompyuter aloqasi infratuzilmasi chizmalarida bulutlardan foydalanish ananasi bilan bog’lash mumkin. Umuman olganda "bulut" atamasi "Internet" atamasining sinonimi sifatida ishlatiladi, malum hollarda esa "bulut" uzoq serverlar, shuningdek, tarmoq infratuzilmasi tushunilishi mumkin. XX asrning 70-yillardan boshlab to XX asrning 90-yillargacha bulutli texnologiyalar rivojlanishi komminikatsion va tarmoq texnologiyalar nomukammalligi tufayli sekinlashdi.

Buyumlar interneti
  • 1999-yilda "Buymalar interneti" atamasini Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchisi Kevin Eshton kiritdi. U odamlarning aralashuvisiz logistika jarayonlarining samaradorligini oshirishni taklif qildi: radio sensorlar yordamida korxonaning omborlarida tovarlarning mavjudligi togrisida malumot to’plash va ularning chakana savdo do’konlariga o’tishini kuzatish. Buyumlar Internetni birinchilardan vending mashinasi bolgan (vending – maxsus savdo mashinalari orqali xizmatlari va har qanday mahsulotlarni sotish ) va 1982-yili Amerika talabalari tomonidan yahna ichimliklarni sotish xizmati bilan modernizatsiya qilingan. Bu apparat ichimliklarning mavjudligini tekshirishga imkon berdi. Buyumlar Interneti tushunchasi mashinalararo aloqa tamoyiliga asoslanadi: inson aralashuvisiz elektron qurilmalar bir-biri bilan “aloqa qilishadi”.

Biznes va elektron biznes tushunchalari
  • Biznes – bu bozor ishtirokchilarining kapitalni ishlatishdan foyda olishga qaratilgan birgalikdagi faoliyati bilan bogliq munosabatlar. Biznes – tashabbuskorlik asosidagi iqtisodiy faoliyat bo’lib daromad olish va o’z biznesingizni rivojlantirishga maqsadlangan tavakkalchilik va javobgarlik hisobiga oz mablaglari yoki qarz mablaglari hisobiga amalga oshiriladi.
  • Elektron biznes – biznes hamkorlar ortasida optimal ozaro aloqani taminlash va qo’shilgan qiymatning birlashgan zanjirini yaratish maqsadida axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ishlatish asosida bitimlarni otkazish imkonini beradi. Elektron biznes – savdo, marketing, moliyaviy tahlil, to’lovlar, xodimlar bilan ishlash, mijozlarga xizmat korsatish va hamkorlik munosabatlariga ko’maklashishni oz ichiga oladi. Elektron biznes deganda tashkilotning mahsulot va xizmatlarini doimiy optimallashtirish, shuningdek, raqamli texnologiyalardan va asosiy aloqa vositasi sifatida internet tarmog’idan foydalanish tushuniladi. BMT hujjatlariga muvofiq biznesning tovarlar yoki xizmatlar, marketing, mahsulot yetkazib berish va hisob-kitoblar ishlab chiqarish jarayonlarning kamida ikkitasi internet orqali amalga oshirilsa elektron biznes deb tan olinadi.

Internet do’kon
  • Internet dokon – bu elektron tijorat asosida ishlaydigan va ananaviy xizmat korsatadigan dokonlariga xos bolgan xizmat va tijorat funksiyalarini bajaradigan avtomatlashtirilgan tizim: tovarlarni namoyish qilish va tavsiflash, buyurtmalarni qabul qilish va qayta ishlash, xaridorga texnik va boshqa yordam korsatish, yetkazib berish va boshqalar.
  • Internet dokon – bu ixtisoslashgan sayt bolib uning yordamida tovarlar (xizmatlar) haqidagi malumotlar bilan oldindan tanishib chiqib tovarlar va xizmatlarni sotib olish yoki sotish imkonini beradi.
  • Internet dokonda ananaviy dokonlardan farqli o’laroq yanada kengroq tovar va xizmatlarni taklif qilishi mumkin; istemolchilarga tovarlarning xususiyatlari togrisida toliq malumot berish mumkin. Onlayn dokon dokon egasi uchun ham xaridor uchun ham bir qator soddalashtirilgan afzalliklarni yaratadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!
Yüklə 7,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin