Gre imtihoni haqida barcha



Yüklə 7,78 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix29.11.2023
ölçüsü7,78 Mb.
#170026
Hammasi GRE haqida



GRE imtihoni
haqida barcha
ma’lumotlar
Imtihon turi
155+ ball olish sirlari
Imtihon savollaridan na’munalar
by Jakhongir Mirzaqulov
and Abbos Sayliev
@GRE
_
sirlari


Kirish
Kirish
Kirish
Qo’llanma ichidagi o’zingizga kerakli
qismlarini konspekt qilib boring
O’zingiz uchun foydali bo’lgan qismini yon
atrofingizdagi sheriklaringiz bilan
muhokama qilib, fikr almashing
Har bir berilgan misol va masalalarni
o’rganib bo’lib, mustaqil ishlab ko’ring
Assalomu alaykum, hurmatli o’quvchi
Sizni ushbu kitobchamni o’qiyotganingizdan
juda ham xursandman va ushbu kitobcha sizga
GRE imtihoni haqida to’liq ma’lumotlar bera
olishiga albatta ishonaman
Kitobchani diqqat bilan o’qib chiqishingiz GRE
imtihoniga tayyorlanish jarayoningizni tezroq
qilib beradi va qisqa muddatda ham natijaga
erishishingiz mumkin bo’ladi.
Qo’llanmadan maksimal foyda olishingiz uchun
quyidagi maslahatlarga amal qilishingizni
tavsiya beraman:


GRE imtihoni qanday imtihon?
GRE imtihonida qanday section (bo’lim)lari
bor?
GRE imtihonining Quantitative reasoning
bo’limi qanday savollarni o’z ichiga olgan?
GRE imtihoni savollarini ishlashingiz uchun
ba’zi usullar
GRE imtihoni qaysi manzillardagi test
markazlarida bo’lib o’tishi
GRE imtihoniga tayyorlanish bosqichlari
Ushbu qo’llanmani to’liq o’qish orqali o’zingiz
uchun quyidagi ma’lumotlarni olishingiz
mumkin bo’ladi:
haqida to’liq ma’lumotga ega bo’lishingiz
mumkin.
Agar hammasi tushunarli bo’lgan bo’lsa, unda
boshlaymiz


GRE
GRE
GRE
qanday
qanday
qanday
imtihon?
imtihon?
imtihon?
Analytical writing
Verbal reasoning
Quantitative reasoning
GRE (Graduate Record Examinations) - AQSH
va boshqa bir qator mamlakatlar (jumladan,
Kanada, Shveytsariya va Avstraliya)
universitetlarida aspirantura yoki
magistraturaga kirish uchun topshirilishi kerak
bo
ʻ
lgan testdir. Ko'pgina hollarda, ushbu test
natijalari yuborilmaguncha, qabul qilish uchun
arizalar ko'rib chiqilmaydi.
GRE testiga 1949-yili ETS kompaniyasi
tomonidan asos solingan. GRE testi til,
matematika, analitik va tanqidiy fikrlash
qobiliyatlarini baholash uchun yaratilgan test
hisoblanadi.
Hozirgi kunda O’zbekistonlik ustozlarning oylik
maoshlariga 50% ustama to’lab beradigan
xalqaro sertifikatlar ro’yxatida ushbu GRE
sertifikati ham mavjud. Ushbu testda 3 xil
bo’lim (section) mavjud:


Analytical writing
Verbal reasoning (12 ta savol; 18 minut)
Quantitative reasoning (12 ta savol;
21 minut)
Verbal reasoning (15 ta savol; 23 minut)
Quantitative reasoning (15 ta savol; 26
minut)
Siz 50% lik ustamani qo’lga kiritishingiz uchun
Quantitative reasoning bo’limidan maksimal
170 ballik tizimda 155 ball va undan yuqori ball
to’plashingizning o’zi kifoya.
Ushbu qaror loyihasini telegram kanalimiz
orqali ko’rishingiz mumkin
Imtihonga kirgan vaqtingizda savollar ketma-
ketligi quyidagi bo’limlar bo’yicha bo’lib o’tadi:
Siz Quantitative reasoning bo’limidan boshqa
barcha bo’limlarni ishlamasdan shunchaki
o’tkazib yuborishingiz mumkin, chunki, ustama
olish uchun qolgan bo’limlardan to’plagan
ballaringiz hech nimani hal qilmaydi. Sizga
faqatgina Quantitative reasoning bo’limidan
155+ ball kerak!


Quantitative reasoning bo’limi savollari 2 ta
sectionda sizga beriladi. 1-sectionda 15 ta
savol beriladi va siz attestatsiya imtihonidagi
kabi avval oson savollarini, keyin esa qiyinroq
savollarini ishlashingiz mumkin. Xohlasangiz
qaysidir belgilagan javobingizni qaytib kelib
o’zgartirishingiz ham mumkin. 2-sectionda 12
ta savol tushadi. Bunda ham xuddi shunday
qilsangiz bo’ladi.
1-sectiondagi ishlagan natijangizga qarab 2-
sectiondagi savollar sizga moslashib keladi.
Ya’ni, agar siz 1-sectionda yaxshi natija ko’rsata
olsangiz, 2-sectiondagi savollar darajasi
nisbatan qiyinroq, agar yaxshi natija ko’rsata
olmasangiz 2-sectiondagi savollar darajasi
nisbatan osonroq bo’lib keladi. Bundan xulosa,
har bir savolga bir xil ball berilmasligi mumkin!
Sizning yakuniy balingiz to’g’ri yechgan
savollaringiz soni va darajasiga bog’liq
hisoblanadi.


Quantitative bo’limidagi savollarning darajasi
ham unchalik qiyin kelmaydi, masalan, xuddi
shu savollar sizga o’zbek tilida berilganida edi,
siz bu testdan 100% lik natija ko’rsatishingiz
mumkin bo’lar edi. Imtihonga tayyorlanish
jarayoningiz osonroq bo’lishi uchun ham
masalalarning tiplarini yaxshi tushunishingiz va
masalalarga moslab, xuddi shu mazmundagi
o’zbek tilidagi savolni tuza olishingiz kerak.
Imtihon lokatsiyalari
Imtihon lokatsiyalari
Imtihon lokatsiyalari
va narxlari
va narxlari
va narxlari
Micros test markazi
Knowledge and assesment center
(Abdulla Avloniy malaka oshirish instituti
ichida joylashgan)
Stars International university
Hozirgi kunda O’zbekistonda GRE imtihoni
rasman 3 ta test markazida bo’lib o’tadi. Bular:
Ushbu test markazlarining lokatsiyalarini
telegram kanalimiz orqali olishingiz mumkin.


Imtihon topshirish bir kishi uchun: 220$ ni
tashkil qiladi. To’lovni VISA kartasi orqali
amalga oshirishingiz mumkin.
Kanalimizda ets.org saytida qanday qilib
shaxsiy kabinet ochish mumkinligi haqida
video tayyorlab bergan edik, imtihon uchun
qanday to’lov qilinish jarayonlarini ham video
qilib telegram kanalimizga joylaymiz.
28-oktabr, 2023-yil holatiga ko’ra quyidagi
sanalarda imtihon topshirish uchun joylar
mavjud:
* Yashil bilan belgilangan kunlarda bo’sh joylar
mavjudligini bildiradi


Quantitative bo

limdagi
savollarning turlari
1-tip: Quantity A va Quantity B
Quantity so’zining ma’nosi ham aslida miqdor
deganini bildiradi. Ya’ni har bir Quantity A va
Quantity B larda berilgan mulohazalar o’zining
aniq bir qiymatiga ega. Bunday tipdagi
savollarda asosan 2 ta sonni taqqoslashingiz
kerak bo’ladi.
Bunday tipdagi savollarda javoblar doimo bir
xil ko’rinishda bo’ladi.
A javob:
A miqdor katta
B javob:
B miqdor katta
C javob: 
A va B dagi miqdorlar o’zaro teng
D javob:
A va B dagi miqdorlarning aynan
qaysi katta ekanini aniqlab bo’lmaydi


1-tipga oid masalalar
1


2


3


2-tip: 1 ta javob variantini tanlash
Bu tipdagi savollarda 5 ta javob variantidan
aynan 1 tagina javobi to’g’ri, ya’ni o’zimizning
test savoliga o’xshab ketadi. Masalani ishlab,
oxirgi chiqqan javobingizni belgilashingiz kerak
bo’ladi. Bu tipdagi savollarning javob variantlari
oldidan oval belgisi bo’ladi.


2-tipga oid masalalar
1


2


3


3-tip: Bir nechta javob variantini
tanlash
Bu tipdagi savollarning javob variantlari
oldidan kvadratcha belgisi bo’ladi. Bu tip
savollarda asosan bir nechta javob varianti
masalaning savolini qanoatlantirishi mumkin.
Bunda, siz har bir bo’lishi mumkin bo’lgan
javob variantini belgilashingiz kerak bo’ladi.
Agar bironta to’g’ri variantni belgilamay
ketsangiz yoki to’g’ri javoblarning orasida
bironta noto’g’ri javobni belgilab qo’ysangiz
butun masalaga xatoga aylanadi va siz bu
masala uchun 0 ball olasiz.
Bu tipdagi masalalarni yechishda savolda
so’ralgan miqdorning eng katta va eng kichik
qiymatlarini tekshirishingiz maqsadga muvofiq
bo’ladi.


3-tipga oid masalalar
1


2


3


4-tip: Natija yoziladigan
masalalar
Bu tipdagi savollarni ishlab oxirida chiqqan
natijangizni berilgan maydonga yozishingiz
kerak bo’ladi, ya’ni bu yerda siz uchun javob
variantlari berilmaydi.


4-tipga oid masalalar
1


2


3


5-tip: Ma’lumotlar tahliliga oid
masalalar
Jadvallik ma’lumotlar
Diagrammalik ma’lumotlar
Grafikli ma’lumotlar
Bu tipda asosan 3 ta turdagi ma’lumotlar bilan
ishlash ko’nikmasi tekshiriladi
Bu tipdagi savollarda asosan berilgan
ma’lumotlar orasidagi bog’liqlikni aniqlab,
yangi topish mumkin bo’lgan ma’lumotlarni
topib, so’ralgan savolga javob berish talab
qilinadi.
Hozirgi kunda juda ko’pchilik ustozlarimiz
aynan shu ma’lumotlar tahliliga oid
masalalarga bog’lanib qolib, boshqa tip
masalalar ustida ishlamay qo’yishyapti. Ammo,
bu tipdagi savollardan imtihon vaqtida eng
ko’pida 4 ta savol tushadi, shu savollarning
ham ba’zilarini ishlash uchun ingliz tili darajasi
yaxshi bo’lishi juda muhim. 


Shuning uchun ham faqat ma’lumotlar tahliliga
oid masalalarga juda ko’p vaqt sarflamasdan
qolgan 4 ta tipdagi savollarni xato qilmasdan
ishlash ko’nikmasini shakllantirishingizni
tavsiya qilamiz.
Yana bir narsani eslatib o’tishni joiz deb bildik.
Ya’ni imtihon davomida qiyin hisoblashlarni
bajarishda siz GRE tizimining kalkulatoridan
foydalanishingiz mumkin bo’ladi.
GRE tizimi kalkulatori quyidagi ko’rinishda
bo’ladi:


5-tipga oid masalalar
1


2


3


4


5


6


Mustaqil ishlashingiz uchun
masalalar
1


2


3


4


5


6


7


8


9


10


11


12


13


14


15


16


17


18


19


20


21


22


23


24


25


Hurmatli o’quvchi, qo’llanmani ushbu
joyigacha o’qib kelganingiz uchun rahmat.
Agar ushbu qo’llanmamizning sizga oz bo’lsada
foydasi tekkan bo’lsa, biz bundan juda
xursandmiz.
Mustaqil ishlashingiz uchun savollarni, imtihon
bo’lib o’tadigan manzillarni, imtihon uchun
to’lov qilish videolarini barcha-barchasini
telegramdagi kanalimiz orqali berib boramiz.
Yangi-yangi masalalar, ularni ishlash uchun
kerak bo’ladigan yangi so’zlar lug’atlari va
albatta video yechimlarni o’tkazib yubormaslik
uchun telegramdagi https://t.me/gre_sirlari
kanalimizga obuna bo’lishni unutmang.
Agar qo’llanma foydali bo’lgan bo’lsa, qolgan
GRE haqida ma’lumot qidirib yurgan
ustozlarga jo’natib qo’yishni unutmang
@GRE
_
sirlari

Yüklə 7,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin