Grippni davolash
Buning uchun yarim litr hom sutni asta-sekin isitib, tovuq tuxumi bilan aralashtirasiz va unga 1 choy qoshig’idan asal va shuncha saryog’ solasiz. Hammasini yaxshilab aralashtirib, yotish oldidan ichasiz. Saharga borib, grippdan asar ham qolmaydi.
Tumovni davolash
Zig’irni kuydirib, tutuniga burun tutilsa, tumovni daf qiladi.
Sedanani kuydurib, tutuni burunga kiritilsa ham tumovda foyda beradi.
Oq piyozning suvini burunga oqizish, yoki hidlash ham tumovga davo bo’ladi.
Og’izga qalampirmunchoq va qoqula solib shimish, tumovdan halos bo’lishga yordam beradi.
Qahvani qaynatib, bugini hidlash ham tumovning davolaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |