Grunt suvlari



Yüklə 22,48 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.06.2023
ölçüsü22,48 Kb.
#126914
Grunt suvlari - Vikipediya



Grunt suvlari
Grunt suvlari — yer yuzasidan pastda, birinchi suvli togʻ jinslari gʻovaklarida yigʻilgan suv. G. s.
oʻzidan suv oʻtkazmaydigan ikkinchi qatlam ustida boʻladi. Bu qatlam giltuproq, yaxlit ohaktosh,
otqindi hamda metamorfik jinslardan iborat boʻlishi mumkin. G. s. yer yuzasidan kanal, daryo,
yogʻin suvlari, atmosferadagi suv bugʻlarining (quyuqlashganidan keyin) togʻ jinslari gʻovaklaridan
pastga tushib, suv oʻtkazmaydigan qatlamda yigʻilishidan paydo boʻladi. Ularning joylanishi
chuqurligi suv oʻtkazmaydigan qatlamning yotish holati va suvli togʻ jinslari qatlamiga bogʻliq. G.
s. yer yuziga yaqin birinchi gʻovak qatlamda joylashadi va shuning uchun uning sathi, kimyoviy
tarkibi va fizik xususiyatlari yerning ustki qismidagi tabiiy (havo harorati, yogʻinning turi va
miqdori, tabiiy suv havzalarining yer yuzasiga yaqin-uzoqligi) va sunʼiy (suv omborlari, sugʻorish
inshootlari, kanalizatsiya va h. k.) sabablarga koʻra oʻzgarib turadi. G.s. daryo vodiilaridagi allyuvial
yotqiziqlar (qum, qumtuproq, shagʻal) hamda muzliklarning surilishi natijasida yotqizilgan togʻ
jinslari va sahrolardagi dyun yotqiziqlari gʻovaklarini toʻldirib turadi. Shahar va sanoatni toza suv
bilan taʼminlashda G. s goho asosiy manba boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekiston hududida G.s.ning
paydo boʻlishi, tarqalishi va ularni qidirish hamda ishlatish uslublari Gʻ. O. Mavlonov, O. K. Lange,
N. A. Kenesarin, U. M. Ahmedsafin va b. tomonidan ishlab chiqilgan.
Masharif Boqiyev.
Adabiyotlar

Yüklə 22,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin