Gruntning suvga to`la to`yingan holatdagi zichligi quyidagi ifoda bo`yicha aniqlanadi:
t = d + n . (10)
Loyihalash ishlarida ko`pincha grunt tarkibiy qismlarining yoki tuzilish holatlarining solishtirma og`irliklari ishlatiladi. Bu ko`rsatkichlar mos ravishdagi zichliklarni erkin tushish tezlanishi g = 9,81 m/s2 ga ko`paytirib aniqlanadi. Ushbu ma`lum qoidaga ko`ra: gruntning solishtirma og`irligi = g; qattiq zarrachalarining solishtirma og`irligi s= gs; skeletining solishtirma og`irligi d = gd; gruntning suvga to`la to`yingan holdagi solishtirma og`irligi t = gt; suvning solishtirma og`irligi = g .
Suvga to`la to`yingan gruntlarning holatini baholashda, grunt skeletining suvdagi muallaq holatiga mos keladigan solishtirma og`irligi, Arximed qonuniga ko`ra quyidagi formula bo`yicha hisoblanadi:
d,ef = t - (11)
(11)-ifodani shuningdek, quyidagi ko`rinishlarda ham yozish mumkin:
d,ef = (s - ) / (1+e) ёки d,ef = (s - ) / (1-n) (12)
Sochiluvchan gruntlarning holatini baholashda quyidagi formula bo`yicha aniqlanadigan va gruntning zichlanish koeffitsienti deb ataladigan ko`rsatkich ham ishlatiladi:
Id = (emax - e) / (emax - emin ) (13)
bunda emax, emin – gruntning sochilgan va zichlangan holatiga mos keladigan eng yuqori va eng kam g`ovaklik koeffitsientlari; e - grunting tabiiy holatidagi g`ovaklik koeffitsienti.
Zichlanish koeffitsientining miqdoriga bog`liq holda sochiluvchan gruntlarning quyidagi uch xil holati bir-biridan farqlanadi:
g`ovak holatdagi gruntlar -------------------- 0 ID 0,33
o`rtacha zichlikdagi gruntlar -------------------- 0,33 ID 0,67
zich holatdagi gruntlar ---------------------- 0,67 ID 1
Gruntlarning zichlanish darajasi ularning namligiga ham ko`p jihatdan bog`liqdir. O`zgarmas (standart) zichlovchi ta`sirlarda grunt skeleti zichligining eng katta qiymatiga ega bo`lish imkoniyatini beradigan namlanish gruntning optimal namligi deyiladi. Bu ko`rsatkichning qiymatlari har bir grunt turi uchun tajribalar yordamida o`rnatiladi. Optimal namlikning qiymatlari mayda zarrachali va changsimon qumlarda 8...14 %; qumoq tuproqda 9...20 %; sog` tuproqlarda 1..20 %; gil tuproqlarda esa 16...30 % oraliqlarda o`zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |