Vegetativ koʻpayishda Ontogenez ona organizm, shu jumladan, ixtisoslashgan organlar (ildiz-meva, tugunak, piyozboshi va boshqalar) hujayralarining boʻlinishidan boshlanadi. Odatda, oʻsimliklar Ontogenezi embrionlik, yuvenil (yoshlik), yetuk, koʻpayish va qarilik davrlariga boʻlinadi. Ontogenez davrida oʻsimliklar hujayralari, toʻqimalari va organlarining strukturaviy va funksional ixtisoslashuvi yuz beradi; oʻsimliklar turli qismlarining oʻzaro taʼsiri murakkablashib boradi; yaxlit sistema sifatida butun bir organizm yoshga oid qaytmas oʻzgarishlar paydo qiladi.