Guliston davlat universiteti a. J. Bekmurodov


Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi



Yüklə 5,43 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/74
tarix02.09.2023
ölçüsü5,43 Mb.
#141300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Sport va harakatli oyinlarni oqitish metodikasi ўқув қўлланма (1)

Yuqori texnik mahorat belgilari quyidagilar bilan ifodalanadi: 
- harakat usullarining aniq va samarali bajarilishi; 
- halal beruvchi omillar (charchash, tashqi sharoitning salbiy ta‘sirlari) 
mavjudligida harakatlarning bajarilish barqarorligi; 
- raqib harakatlariga qarab javob harakatlarini tanlash, ularni qayta qurish va 
bunda harakat qismlarini boshqara olish; 
- usullarning bajarilish ishonchliligi. 
Voleybol taraqqiyotining har xil davrlarida texnik harakatlarni bajarish 
usullari, talablari, shakli, mazmuni o‗zgaradi va takomillashib boradi. Texnik 
usullarning o‗zgarishiga o‗yin qoidalarining o‗zgarishi, taktik harakatlarning 
takomillashuvi, o‗yinchilar jismoniy tayyorgarligi darajasining o‗sib borishi asosiy 


[28] 
sabab bo‗ladi. Hujum va himoyadagi o‗yin dinamikasining o‗sishi, harakatlar 
potensialining oshib borishi, hujum va himoyadagi kombinatsiyalar arsenalining 
kengayishi ham texnik usullarni yangilashga yoki qayta qurishga turtki bo‗ladi. 
Shunday bo‗lsa-da, o‗yin texnikasida foydalaniladigan usullarning bundan-da 
samaraliroq imkoniyatlari yo‗q deb bo‗lmaydi. Malakali sportchilarning funksional va 
jismoniy imkoniyatlari o‗yin texnikasiga yangi, ilg‗or usullarni kiritish va uni 
ro‗yobga chiqarish uchun imkoniyat yaratadi. 
O‗yin texnikasini tasniflash – ularni shakli, mazmuni, qo‗llaniladigan 
usullarning nimaga mo‗ljallanganligi, harakatlarning bir-biriga bog‗liqligi, 
harakatlarning kinematik va dinamik tuzilishiga qarab ma‘lum guruhlar va 
bo‗limlarga ajratishdir. 
Voleybol texnikasi ikkita katta bo‗lim: hujum va himoya texnikalariga 
bo‗linadi. O‗z navbatida, yuqoridagi bo‗limlar ham texnik usullarning shakli va 
mazmuniga ko‗ra bir qancha guruhlarga bo‗linadi. Har bir guruhda texnik 
harakatlarning o‗ziga xos bajarish usullari mavjud bo‗ladi
Texnika bo‘yicha mashqlar. 
1.
Juftlikda: sherik to‘pni pastdan va yuqoridan yiqilib qabul qilish uchun 
sharoit yaratadi, bu mashqni to‘p uzatish asosida bajaradi, bir qo‘l bilan zarba 
berish asosida; joyda tayanch holatda va sakrab bajaradi. Shu mashq davomida 
sheriklarni to‘r ajratib turadi. 
2.
Uchlikda: bir o‘yinchi maydon ortidan to‘pni hujum zonasiga va boshqa 
joylarga yo‘llaydi; ikkinchi o‘yinchi to‘pni yiqilib qabul qilaturib, to‘pni hujum 
qilish uchun sherigiga aniq yetkazishga intiladi. 
3.
Turli zonalarda turli usullarda kiritilayotgan to‘pni va hujum zarbasi bilan 
yo‘llangan to‘pni yiqilib qabul qilish. 
- To‘rdan sapchigan to‘pni qabul qilish; joyda turib va tezkor harakatlanishdan 
so‘ng (to‘p to‘rning turli joylariga tashlanadi). To‘pni qabul qilish usullari 
o‘zlashtirilgani sari mashqlar mazmuni murakkablashtirib boriladi (to‘pni 
uzatib, zarba berib, to‘r ustidan zarba berib, to‘p kiritish). 


[29] 
"Zonani himoya qilish" o‘yini: shug‘ullanuvchilar to‘r ustidan hujum zarbasi 
bilan to‘pni ketma-ket 10-20 marta ma‘lum zonalarga yo‘llaydi. Eng ko‘p marta 
to‘pni yaxshi qabul qilib zonani himoyalay olgan himoyachi g‘olib - deb 
topiladi. 
To‘pni qabul qilish oldidan shaylanish lozim, tana mushaklarini bo‘sh holda 
tutish, to‘p qabul qilish uchun dastlabki holatni egallash, oyoqlarni 
harakatlantirib turish, to‘p yo‘nalishi va to‘p kiritish usullarini aniqlash. 
Har bir o‘yinchilarning harakati oraliqlar bilan bog‘lik bo‘lishi lozim. 
Oraliqlar chegarasini har bir o‘yinchi bilishi kerak. Qulay dastlabki holatni 
tanlash oldiga va orqaga tezkor harakatlanish imkoniyatini yaratishi darkor
2


Yüklə 5,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin