Guliston davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi



Yüklə 396,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/29
tarix06.12.2022
ölçüsü396,02 Kb.
#72725
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


54
XULOSA VA TAVSIYaLAR 
Maktabda o’quvchilarga faqat umumiy ta’lim berish bilan cheklanilmaydi
unda ijodiy mehnatning zaruriy sharti bo’lgan mustaqil fikrlash ko’nikmasi ham 
rivojlantirilib, har bir ishga ijodiy yondashish hissi shakllantiriladi va kamol 
toptiriladi.
O’quvchilarga ta’lim berishda asosiy maqsad ular ongiga fan asoslarini 
puxta singdirish orqali ularni diyonatli, e’tiqodli qilib o’stirish, ijtimoiy hayotdagi 
har bir hodisaga ongli yondashishni tarbiyalash, egallangan bilim va ko’nikmalarni 
hayotga tatbiq etish qobiliyatini o’stirishdan iboratdir. Bu jihatdan ham o’qish 
darslari boshlang’ich sinf o’quvchilarini jamiyatimiz olg’a surayotgan yuksak 
g’oyalar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Shu sababli o’qituvchining darsga 
tayyorlanayotganida hal qilinishi zarur bo’lgan pedagogik masalalarni oldindan 
aniq belgilab olish muhim ahamiyatga egadir.
Tadqiqot ishi natijasida quyidagi xulosalarga keldik: 
O’quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirishda boshlang’ich ta’lim 
mazmun-mohiyati bilan katta imkoniyatlarga ega. 
Mutafakkirlarimiz ijodini o’rganish asosida o’quvchilarda Vatanga 
muhabbat, milliy g’urur, yurt tinchligi, yuksak axloqiy fazilatlar, mehnatsevarlik 
tuyg’ulari muhim mezonlardan bo’lib hisoblanadi. 
Bu borada ta’lim-tizimiga texnologik yondoshuv, yangi pedagogik 
texnologiyalardan, boshlang’ich ta’limning eng ilg’or tajribalaridan o’rinli 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
Ta’lim-tarbiyaga yaxlit jarayon sifatida yondoshib, sinfdan tashqari o’qish 
ishlarini ta’lim jarayoni bilan uzviy aloqada tashkil etish orqali uning 
samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq. 
1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida mutafakkirlar ijodini o’rgatish 
pedagogik muammo ekanligini 1 bobning 1 pargrafida nazariy jihatdan asoslandi.
2. 
Mutafakkirlar 
ijodi 
yordamida 
o’quvchilarda 
ta’lim-tarbiyani 
shakllantirishning pedagogik xususiyatlarini ishlab chiqildi. 


55
3. Asarlar yordamida o’quvchilarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning 
pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi. 
4. Asarlar yordamida o’quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirishni 
ta’minlaydigan shakl va metodlar, vositalar tizimini ishlab chiqish, ilmiy asoslash 
va tajribada tekshirib ko’rildi. 
Olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga asoslanib quyidagi tavsiyalarni 
taqdim etish mumkin: 
- O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi qonuni hamda 
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida mutafakkirlarimiz ijodini o’rganish 
yordamida o’quvchilarda milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishning maqbul 
tizimini ishlab chiqish va hayotga joriy etish; 
- hayotni anglashga qiziqish hissini o’stirish, atrof-muhit va inson 
xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini rivojlantirish; 
- Vatanga, xalqiga sadoqatli bo’lish tuyg’usini shakllantirish; 
- asarni tahlil qilish, asardagi adabiy-axloqiy, falsafiy masalalarni aniqlash; 
- haqiqiy vatanparvar va mehnatsevar, bor imkoniyatini yurt tinchligi, xalq 
faravonligi yo’lida xizmat qilishdan ayamaydigan ma’naviy barkamol insonni 
shakllantirishga doir metodik majmualar, axborot-ko’rgazmali materiallar yaratish; 
-o’quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ilg’or pedagogik 
texnologiyalarning zamonaviy metod va usullarini izlab topish va amaliyotga joriy 
etish; 

boshlang’ich 
ta’lim 
jarayonida 
o’quvchi 
shaxsi 
ma’naviyatini 
shakllantirishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash; 

boshlang’ich 
turkum 
fanlarini 
o’qitish 
jarayonida 
o’quvchilar 
ma’naviyatini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy pedagogik yo’nalishda ilmiy-
tadqiqotlar olib borish va hokazo.
Bundan tashqari, boshlang’ich ta’lim jarayonida quyidagilarni amalga 
oshirish lozim: 


56
- Didaktik asarlar yordamida o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini 
hisobga olgan holda mashg’ulotlar uyushtirish; 
- Boshlang’ich ta’lim jarayonida O’zbekiston mustaqilligi tufayli 
umuminsoniy, milliy ma’naviy qadriyatlardan keng foydalanish; 
- O’quvchilarning ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga qaratilgan tashviqot-
targ’ibotchilik faoliyatini takomillashtirishga alohida ahamiyat berish; 
- Mutafakkirlarimiz ijodi yordamida o’quvchilarda yaxshi fazilatlarni
shakllantirishning maqsad va vazifalari, mazmun, shakl va metodlar birligini 
ta’minlash hamda o’quvchi shaxsini kamol toptirish. 
Yuqorida ta’kidlangan tavsiyalarning natijali bo’lishida boshlang’ich ta’lim 
maktablarining dasturlari mazmuniga aniq yo’nalishlar kiritilishi lozim. 
O’qituvchilar «O’qish kitobi» dasturidan o’quvchilarni tarbiyalashda keng 
foydalanishlari lozim. 

Yüklə 396,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin