54
XULOSA VA TAVSIYaLAR
Maktabda o’quvchilarga faqat umumiy ta’lim
berish bilan cheklanilmaydi,
unda ijodiy mehnatning zaruriy sharti bo’lgan mustaqil fikrlash ko’nikmasi ham
rivojlantirilib, har bir ishga ijodiy yondashish hissi shakllantiriladi va kamol
toptiriladi.
O’quvchilarga ta’lim berishda asosiy maqsad ular ongiga fan asoslarini
puxta singdirish orqali ularni diyonatli, e’tiqodli qilib o’stirish,
ijtimoiy hayotdagi
har bir hodisaga ongli yondashishni tarbiyalash, egallangan bilim va ko’nikmalarni
hayotga tatbiq etish qobiliyatini o’stirishdan iboratdir. Bu jihatdan ham o’qish
darslari boshlang’ich sinf o’quvchilarini jamiyatimiz olg’a surayotgan yuksak
g’oyalar ruhida tarbiyalash vositasi hisoblanadi. Shu sababli o’qituvchining darsga
tayyorlanayotganida hal qilinishi zarur bo’lgan pedagogik masalalarni oldindan
aniq belgilab olish muhim ahamiyatga egadir.
Tadqiqot ishi natijasida quyidagi xulosalarga keldik:
O’quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirishda boshlang’ich ta’lim
mazmun-mohiyati bilan katta imkoniyatlarga ega.
Mutafakkirlarimiz ijodini o’rganish asosida o’quvchilarda Vatanga
muhabbat, milliy g’urur,
yurt tinchligi, yuksak axloqiy fazilatlar, mehnatsevarlik
tuyg’ulari muhim mezonlardan bo’lib hisoblanadi.
Bu borada ta’lim-tizimiga texnologik yondoshuv,
yangi pedagogik
texnologiyalardan, boshlang’ich ta’limning eng ilg’or tajribalaridan o’rinli
foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ta’lim-tarbiyaga yaxlit jarayon sifatida yondoshib, sinfdan tashqari o’qish
ishlarini ta’lim jarayoni bilan uzviy aloqada tashkil etish orqali uning
samaradorligini oshirish maqsadga muvofiq.
1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida mutafakkirlar ijodini o’rgatish
pedagogik muammo ekanligini 1 bobning 1 pargrafida nazariy jihatdan asoslandi.
2.
Mutafakkirlar
ijodi
yordamida
o’quvchilarda
ta’lim-tarbiyani
shakllantirishning pedagogik xususiyatlarini ishlab chiqildi.
55
3. Asarlar yordamida o’quvchilarda yaxshi fazilatlarni shakllantirishning
pedagogik shart-sharoitlari aniqlandi.
4. Asarlar yordamida o’quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirishni
ta’minlaydigan shakl
va metodlar, vositalar tizimini ishlab chiqish, ilmiy asoslash
va tajribada tekshirib ko’rildi.
Olib borilgan tadqiqot ishimiz natijalariga asoslanib quyidagi tavsiyalarni
taqdim etish mumkin:
- O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi
qonuni hamda
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida mutafakkirlarimiz ijodini o’rganish
yordamida o’quvchilarda milliy istiqlol g’oyasini shakllantirishning maqbul
tizimini ishlab chiqish va hayotga joriy etish;
- hayotni anglashga qiziqish hissini o’stirish, atrof-muhit va inson
xarakterining murakkabligini tushunish qobiliyatini rivojlantirish;
- Vatanga, xalqiga sadoqatli bo’lish tuyg’usini shakllantirish;
- asarni tahlil qilish, asardagi adabiy-axloqiy, falsafiy masalalarni aniqlash;
- haqiqiy
vatanparvar va mehnatsevar, bor imkoniyatini yurt tinchligi, xalq
faravonligi yo’lida xizmat qilishdan ayamaydigan ma’naviy barkamol insonni
shakllantirishga doir metodik majmualar, axborot-ko’rgazmali materiallar yaratish;
-o’quvchilarda ijobiy fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ilg’or pedagogik
texnologiyalarning zamonaviy metod va usullarini izlab topish va amaliyotga joriy
etish;
-
boshlang’ich
ta’lim
jarayonida
o’quvchi
shaxsi
ma’naviyatini
shakllantirishda uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash;
-
boshlang’ich
turkum
fanlarini
o’qitish
jarayonida
o’quvchilar
ma’naviyatini shakllantirish bo’yicha ijtimoiy pedagogik yo’nalishda ilmiy-
tadqiqotlar olib borish va hokazo.
Bundan
tashqari, boshlang’ich ta’lim jarayonida quyidagilarni amalga
oshirish lozim:
56
- Didaktik asarlar yordamida o’quvchilarning psixologik xususiyatlarini
hisobga olgan holda mashg’ulotlar uyushtirish;
- Boshlang’ich ta’lim jarayonida O’zbekiston mustaqilligi tufayli
umuminsoniy, milliy ma’naviy qadriyatlardan keng foydalanish;
- O’quvchilarning ijobiy fazilatlarni tarbiyalashga
qaratilgan tashviqot-
targ’ibotchilik faoliyatini takomillashtirishga alohida ahamiyat berish;
- Mutafakkirlarimiz ijodi yordamida o’quvchilarda yaxshi fazilatlarni
shakllantirishning maqsad va vazifalari, mazmun, shakl va metodlar birligini
ta’minlash hamda o’quvchi shaxsini kamol toptirish.
Yuqorida ta’kidlangan tavsiyalarning natijali bo’lishida boshlang’ich ta’lim
maktablarining dasturlari mazmuniga aniq yo’nalishlar kiritilishi lozim.
O’qituvchilar «O’qish kitobi» dasturidan o’quvchilarni
tarbiyalashda keng
foydalanishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: