Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə218/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   524
Guliston davlat

O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar. O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning alohida hisobini olib boradigan korxonalarda ularning mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ida amalga oshiriladi.
Ushbu hisobvaraqda korxonaning o’zida ishlab chiqarilgan (ishlab chiqarishning to’liq tsiklida) yarim tayyor mahsulotlardan: qora metallurgiyada qayta ishlanuvchi cho’yan; texnik rezina sanoatida xom rezina va elim; kimyo sanoatining azotli o’g’it kombinatlaridagi sulfat kislota; to’qimachilik sanoatida yigirilgan ip, xom surp va hokazo aks ettirilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan qiymatliklar boshqa korxonalarda tugallanmagan ishlab chiqarish tarkibida, ya’ni 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" hisobvarag’ida aks ettiriladi.
2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ining debetida 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”hisobvarag’i bilan bog’langan holda yarim tayyor mahsulotlarni ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlar aks ettiriladi. 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvarag’ining kreditida 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” hisobvarag’i bilan bog’langan holda qayta ishlashga berilgan va 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” hisobvarag’i bilan bog’langan holda boshqa korxonalarga sotilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi aks ettiriladi.
2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob yarim tayyor mahsulotlarning saqlanish joylari va alohida nomlari (turlari, navlari, miqdorlari va shu kabilar) bo’yicha yuritiladi.
Quyida o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar omborga kirim qilindi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
2) Inventarizatsiya natijasida yarim tayyor mahsulotlarning ortiqcha qismi kirim qilindi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”.
3) Ajratilgan bo’linmalardan olingan yarim tayyor mahsulotlar kirim qilindi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
4) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni qayta baholash:
a) qiymatining oshirilishi:
D 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”.
b) qiymatining kamaytirilishi:
D 3290 “Boshqa kechiktirilgan xarajatlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
5) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun berildi:
D 2010 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” yoki
D 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”
K 2110 «O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar».
6) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni tuzatishga sarflanishi; yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi tufayli yo’qotishlarning aks ettirilishi:
D 2610 “Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
7) Sotish uchun mo’ljallangan o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tayyor mahsulot sifatida aks ettirilishi:
D 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
8) O’zida ishlab chiqarilib sotilgan yarim tayyor mahsulotlar tannarxini hisobdan chiqarish:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
9) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning boshqa korxonalarga tekinga berilishi:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
10) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning ajratilgan bo’linmalarga berilishi:
D 4110 “Ajratilgan bo’linmalardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
11) Tabiiy ofatlar natijasida o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar bo’yicha ko’rilgan zararlarni hisobdan chiqarish:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
12) O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar kamomadi aniqlandi:
D 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar”
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   214   215   216   217   218   219   220   221   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin