8.12. Xarajatlarni hisobga olish bo’yicha amaliy mashg’ulot
№1 misol
“Artel” QK elektr maishiy jihozlarni quyidagi assortimentda chiqarish bilan shug’ullanadi: televizorlar, muzlatgichlar, gaz plitalar.
1. Korxonaning ishlab chiqarish tuzilmasi:
a) asosiy ishlab chiqarish tsexlari, shu jumladan, tsex № 1 (ishlab chiqarish); tsex № 2 (butlash va yig’ish);
b) yordamchi ishlab chiqarish (transport uchastkasi).
2. Yil boshida tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlar qiymati - 12 654 000 so’m.
3. Tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlar qiymati birinchi chorak oxirida 15 452 000 so’m.
4. Materiallarning haqiqiy tannarxi ularning hisob bahosidan chetga chiqishi (og’ishi) - 14 %.
5. Umumishlab chiqarish xarajatlari, korxona hisob siyosatiga asosan, ishlab chiqarilgan mahsulot turlari bo’yicha ishlab chiqarish ishchilarining asosiy ish haqiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
6. Boshqa xarajatlar bevosita xarajatlar (ish haqi va moddiy xarajatlar) ga mutanosib ravishda taqsimlanadi);
7. Hisobot davri 2019 yilning birinchi choragi hisoblanadi.
Aniqlang: 1) tayyor mahsulotlarni haqiqiy ishlab chiqarish tannarxi;
2) yordamchi ishlab chiqarish xo’jaliklari xizmatlarini taqsimlanishi;
3). umumishlab chiqarish xarajatlarini ishlab chiqarilgan mahsulot turlari bo’yicha taqsimlanishini;
4) tuzatiladigan va yakuniy yaroqsiz mahsulotlardan yo’qotishlarni aniqlang, buxgalteriya yozuvlari tuzing;
5) mahsulot birligini haqiqiy ishlab chiqarish tannarxini aniqlang;
6) kelgusi davrlar xarajatlarini aniqlang va ularni muayyan qismini mahsulot tannarxiga kiriting;
7) tayyor mahsulotni xaridorlarga sotishdan olingan moliyaviy natijani aniqlang, buxgalteriya yozuvlarini tuzing.
Sintetik hisob registrlari (jurnal-orderlar, Bosh daftar va aylanma-saldo qaydnomasi) asosida “Artel” QKning quyidagi hisobvaraqlarni bo’yicha buxgalteriya yozuvlarini tuzing: