Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Komissionerda komissiya shartnomasi bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishni ko’rib chiqaylik



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə250/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   524
Guliston davlat

Komissionerda komissiya shartnomasi bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olishni ko’rib chiqaylik. Komissioner tomonidan uning ishtirokidagi komissiya shartnomasi doirasida operatsiyalarni aks ettirishning umumiy sxemasiga quyidagilar kiradi:
- komissiya shartnomasi bo’yicha mahsulot qabul qilish bo’yicha operatsiyalar;
- mahsulotlarni sotish va komissiya mukofotining hisoblash operatsiyalari;
- xaridor va komitent bilan hisob-kitoblar;
- komissiya shartnomasi bo’yicha mahsulot sotish bilan bog’liq xarajatlarni shakllantirish va ko’rsatiladigan savdo xizmatlari uchun moliyaviy natijani aniqlash.
Komissioner tomonidan qabul qilingan mahsulotlar uning mulki hisoblanmaydi va shuning uchun oldindan 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar” hisobvarag’ida hisobga olinishi kerak.
Shartnoma bo’yicha komissionerga hisoblanadigan komission mukofot uning oddiy faoliyatdan olgan tushum hisoblanadi va 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” hisobvarag’ida aks ettirilishi lozim.
Komissionerni barcha xarajatlari komissiya shartnomasining bajarilishi bilan bevosita bog’liq bo’lgan holda, komissioner xarajatlari tarkibida aks ettirilmaydi, balki hisob-kitoblarni hisobga olish hisobvaraqlarida ko’rsatiladi va komitent tomonidan qoplanishi lozim.
Komitent bilan hisob-kitoblar va to’lanadigan komission mukofotpuli komissioner buxgalteriya hisobida 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar” kreditida hisobga olinadi. Bunday hisob-kitoblar uchun komissioner alohida maxsus hisobraqam 6011 “Komitent bilan hisob-kitoblar” ochilishi mumkin. Komissiya shartnomasi bo’yicha mahsulotni sotish operatsiyalari, hisob-kitoblarda komissioner ishtiroki bilan bo’lganda, komissioner tashkilotining buxgalteriya hisobida quyidagi operatsiyalar aks ettirilishi mumkin:
1) Komissiya shartnomasi bo’yicha kelgusida sotish uchun mo’ljallangan mahsulot (QQS bilan birga) qiymatini komitentdan qabul qilganda:
D 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar”.
2) Xaridorga mahsulot sotilganda bir tomondan xaridorni qarzi, ikkinchi tomondan komitentga bo’lgan qarz ko’rsatiladi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”.
3) Komission mukofotpulidan QQS hisob qilindi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”.
4) Xaridorga sotilgan mahsulot balansdan tashqari hisobvarag’idan hisobdan chiqariladi:
K 004 “Komissiyaga qabul qilingan tovarlar”.
5) Xaridordan sotilgan mahsulotdan pul tushum bo’lganda (QQS bilan birga):
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
6) Komissioner o’z xarajatlarini aks ettirdi:
D 9410 “Sotish xarajatlari”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”
K 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”va boshqalar.
7) Komitentdan komission mukofotpuli hisob-kitob hisobvarag’iga tushdi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”.
8) Hisobot davri oxirida hisobvaraq 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar” yopiladi:
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko’rsatishdan daromadlar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
9) Hisobot davri oxirida hisobvaraq 9410 “Sotish xarajatlari” yopiladi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9410 “Sotish xarajatlari”.
10) Hisobot davri oxirida moliyaviy natija (foyda) aniqlandi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”.
11) Hisobot davri oxirida moliyaviy natija (zarar) aniqlandi:
D 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
12) Xaridorlardan olingan daromad hisobidan (komission mukofotpuli ayirgan holda), komitentga pul mablag’lari o’tkazildi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 51 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin