Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Favqulodda foyda (zarar)larni hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə270/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   524
Guliston davlat

Favqulodda foyda (zarar)larni hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Xo’jalik sub’ektining odatiy xo’jalik faoliyatidan keskin farq qiladigan favquloddagi hodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy bo’lmagan zarar va yo’qotishlar) natijasida vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
9710 “Favquloddagi foydalar”;
9720 “Favquloddagi zararlar”.
Favqulodda hodisalardan foyda 9710 “Favquloddagi foydalar” hisobvarag’ining kreditida TMZ, olinadigan hisobvaraqlar yoki pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Favqulodda hodisalardan zarar 9720 “Favquloddagi zararlar” hisobvarag’ining debetida uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” hisobvaraqlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” hisobvarag’i bilan bog’langan holda yopiladi.
9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar” hisobvaraqlari bo’yicha analitik hisob favquloddagi foyda va zararlarning nomlari bo’yicha yuritiladi.
Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9700)ning bog’lanishini ko’rib chiqamiz:
1) Favqulodda hodisa (tabiiy ofat) natijasida uskunalar, materiallar, tovarlar kirim qilindi:
D 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 9710 “Favquloddagi foydalar”.
2) Tabiiy ofatdan keyin o’tkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan uskunalarning kamomadi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 0700 “O’rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
3) Tabiiy ofat tufayli yo’qotilgan turli xil moddiy qiymatliklar hisobdan chiqarildi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
4) Tabiiy ofat tufayli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yo’qotishlar:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
K 2110 “O’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” yoki
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
5) Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklarning tabiiy ofatdan ko’rgan zarari hisobdan chiqarildi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 2720 “Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar”.
6) Tabiiy ofatlar natijasida tayyor mahsulot, tovarlarning yo’qotilishi:
D 9720 “Favquloddagi zararlar”
K 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
7) 9710 "Favquloddagi foydalar" hisobvarag’ining yopilishi:
D 9710 “Favquloddagi foydalar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
8) 9720 "Favquloddagi zararlar" hisobvarag’ining yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9720 “Favquloddagi zararlar”.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin