Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Tashkilotning hisob-kitob hisobvarag’I bo’yicha operatsiyalarning sintetik hisobi 21-sonli BHMC asosida amalga oshiriladi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə63/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   524
Guliston davlat

Tashkilotning hisob-kitob hisobvarag’I bo’yicha operatsiyalarning sintetik hisobi 21-sonli BHMC asosida amalga oshiriladi. Korxonaning bankdagi hisob-kitob hisobvarag’idagi pul mablag’larining mavjudligi va harakati to’g’risidagi axborotlarni umumlashtirish 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”da olib boriladi.
5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”ning debeti bo’yicha korxonaning hisob-kitob hisobvarag’iga pul mablag’larining kelib tushishi aks ettiriladi. 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”ning kreditida korxonaning hisob-kitob hisobvarag’idan pul mablag’larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank ko’chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob hisobvarag’i debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar” yoki 6960 “Da’volar bo’yicha to’lanadigan hisobvaraqlar” bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob hisobvarag’i bo’yicha operatsiyalar bank ko’chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Hisob-kitob hisobvarag’idagi pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100) bo’yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul mablag’larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir hisobvaraq bo’yicha yuritiladi.
Quyida hisob-kitob hisobvarag’idagi pul mablag’larini harakati bo’yicha muoamalalarni buxgalteriya hisobida aks ettirilishini ko’rib o’tamiz:
1) Ijaraga berilgan asosiy vositalar bo’yicha ijarachidan ijara to’lovlarining kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4810 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar - joriy qism” yoki
K 4820 “Operativ ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”.
2) Tovarlarni kreditga sotishdan tushgan pullar:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
3) Mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar, asosiy vositalar va boshqa aktivlarning sotilishidan tushgan tushumlar:
D 5110 «Hisob-kitob hisobvarag’i»
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”.
4) Pul mablag’lari kassadan hisob-kitob hisobvarag’iga topshirildi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”.
5) Chet el valyutasini sotib olish uchun pul mablag’lari o’tkazildi:
D 5530 “Boshqa maxsus hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
6) Bankka qaytarilgan chek va akkreditivlar bo’yicha summalar hisob-kitob hisobvarag’iga o’tkazildi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 5510 “Akkreditivlar” yoki
K 5520 “Chek daftarchalari”.
7) Ilgari qisqa muddatli investitsiya tartibida berilgan qarzlarning qaytarilishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 5830 “Berilgan qisqa muddatli qarzlar”.
8) Ilgari berilgan bo’nak qaytarildi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
K 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
K 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”.
9) Qondirilgan da’volar summasining kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4860 “Da’volar bo’yicha olinadigan hisobvaraqlar”.
10) Olingan bo’naklar summasi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar” yoki
K 6320 “Aktsiyaga obunachilardan olingan bo’naklar” yoki
K 6390 “Boshqa olingan bo’naklar”.
11) Ilgari aktsiyaga obuna bo’lgan ta’sischilardan ulush summasining kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
12) Nominal qiymatdan yuqori bahoda sotilgan aktsiyalardan emission daromadning kelib tushishi:
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 8410 “Emissiya daromadi”.
13) Bankdan kassaga pul mablag’lari kelib tushdi (mehnat haqi, nafaqa, mukofot va shu kabilarni berish uchun):
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag’lari”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
14) Xususiy aktsiyalarning sotib olinishi:
D 8610 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – oddiy” yoki
D 8620 “Sotib olingan xususiy aktsiyalar – imtiyozli”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
15) Mol etkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi qarzlarning qoplanishi:
D 6010 “Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
16) Berilgan bo’naklar summasi:
D 4310 “TMQlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
D 4320 “Uzoq muddatli aktivlar uchun mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklar” yoki
D 4390 “Boshqa berilgan bo’naklar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
17) Berilgan bo’naklar summasi:
D 6300 “Olingan bo’naklarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 7310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo’naklar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
18) Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz summasining o’tkazilishi:
D 6410 “Byudjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
19) Sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzlarning qoplanishi:
D 6510 “Sug’urta bo’yicha to’lovlar” yoki
D 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
20) Ta’sischilarga hisoblangan dividendning to’lanishi:
D 6610 “To’lanadigan dividendlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
21) Ajratilgan bo’linmalar, sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga bo’lgan qarz summasining qoplanishi:
D 6110 “Ajratilgan bo’linmalarga to’lanadigan hisobvaraqlar” yoki
D 6120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlariga to’lanadigan hisobvaraqlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
22) Qisqa muddatli kredit va qarzlarning qoplanishi:
D 6810 “Qisqa muddatli bank kreditlari” yoki
D 6820 “Qisqa muddatli qarzlar” yoki
D 6830 “To’lanadigan obligatsiyalar” yoki
D 6840 “To’lanadigan veksellar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
23) Uzoq muddatli kredit va qarzlarning joriy qismining qoplanishi:
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
24) Hisoblangan foizlar bo’yicha qarzlarning qoplanishi:
D 6920 “Hisoblangan foizlar”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.
25) Ijaraga beruvchiga tegishli bo’lgan to’lovlar to’landi:
D 6910 “To’lanadigan operativ ijara” yoki
D 6950 “Uzoq muddatli majburiyatlar - joriy qismi”
K 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”.



Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin