Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə115/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   524
Guliston davlat

Amortizatsiya hisoblash usullari. Korxonaning asosiy vositalari ishlab chiqarish jarayonida asta-sekin eskiradi va eskirgani sari o’z qiymatini tayyor mahsulotlarga o’tkazadi. Shu munosabat bilan har bir korxona asosiy vositalarni o’z vaqtida almashtirish uchun zarur bo’lgan asosiy vositalarning eskirishini to’planishini ta’minlashi lozim. Bu jamg’arishga, ya’ni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga ajratma summalarini qo’shilib borishi, amortizatsiya deb ataladi.
Asosiy vositalarning eskirishi texnik-iqtisodiy xususiyatlarning yoki jismoniy sifatlarning yo’qolishi natijasida sodir bo’lishi mumkin. Eskirishni ikki turi mavjud:
1) jismoniy, asosiy vositalar yaratiladigan materiallarning eskirishi, asl fazilatlarining yo’qolishi, tuzilmalarning asta-sekin emirilishi bilan tavsiflanadi;
2) ma’naviy, ilgari yaratilgan asosiy vositalar ishlab chiqarishning zamonaviy texnika darajasidan bosqichma-bosqich orqada qolishi bilan bog’liq.
Amortizatsiya (lat. amortizations - so’ndirish) - pul ko’rinishida hisoblangan asosiy vositalarning ularni qo’llash, ishlab chiqarish foydalanish jarayonida eskirishi.
5-sonli BHMS “Asosiy vositalar” buxgalterlarga asosiy vositalarning eskirishini hisobga olishda bir qator yangi imkoniyatlar yaratadi. Standartda asosiy vositalarning alohida ob’ektlariga eskirish summalarini hisoblashning to’rtta usuli ko’rsatilgan: 1) teng maromli; 2) ishlab chiqarish usuli; 3) yillar summasi usuli (kumulyativ usul); 4) ikki karra amortizatsiya me’yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli.
Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash. Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya teng maromda, asosiy vositalarni foydali ishlatish muddati mobaynida ularning amortizatsiyalanadigan qiymatidan kelib chiqqan holda teng ulushlarda hisoblanadi.
Mazkur usulga ko’ra asosiy vositalarning amortizatsiyalanadigan qiymati uning xizmat muddati davomida tegishli xarajatlarga teng maromda hisobdan chiqariladi (taqsimlanadi). Usul amortizatsiya me’yori foydali xizmat muddatining faoliyatiga bog’liqligiga asoslangan. Har bir davr uchun amortizatsiya ajratmalari summasi amortizatsiyalanadigan qiymatni foydalanilgan hisobot davrlari soniga bo’lish yo’li bilan hisoblanadi.
Amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash usulida amortizatsiya ajratmalarining yillik summasi asosiy vositalarning amortizatsiya qiymati va mazkur ob’ektning foydali ishlatilish muddatidan kelib chiqib aniqlanadi.
Misol.
Foydali xizmat muddati 5 yil bo’lgan 155 000 ming so’mlik ob’ekt sotib olindi. Tugatish qiymati 5 000 ming so’m. Amortizatsiyalanadigan summa 150 000 ming so’m (155 000 – 5 000). Amortizatsiyaning yillik stavkasi - 20%.
Amortizatsiyaning yillik summasi bo’ladi:
150 000 ming so’m. * 20 % : 100 % = 30 000 ming so’m (4.5-jadval).
4.5-jadval
Teng maromli usulda amortizatsiya hisoblash

Yillar

Asosiy vositaning boshlang’ich qiymati
(ming so’m)

Amortizatsiya-lanadigan summa
(m.so’m)

Yillik amortizat-siya summasi
(m.so’m)

Jamg’arilgan amor-tizatsiya summasi (m.so’m)

Asosiy vositalar-ning qoldiq qiymati (m.so’m)

1-yil

155 000

150 000 • 20%

30 000

30 000

120 000

2-yil

155 000

150 000 • 20%

30 000

60 000

90 000

3-yil

155 000

150 000 • 20%

30 000

90 000

60 000

4-yil

155 000

150 000 • 20%

30 000

120 000

30 000

5-yil

155 000

150 000 • 20%

30 000

150 000

5 000

Asosiy vositalar ob’ektining foydali xizmat muddatini yuridik shaxs ushbu ob’ektni buxgalteriya hisobiga olishda mustaqil belgilaydi.


Amortizatsiya qilinadigan mol-mulk, soliq maqsadlari uchun quyidagi marjinal amortizatsiya me’yorlari bilan guruhlarga bo’linadi (4.6-jadval).
4.6-jadval
O’zR Soliq kodeksining 306-moddasi bo’yicha amortizatsiya me’yorlari




Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin