Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə265/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   524
Guliston davlat

Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Korxonaga tegishli asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi (tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav kapitaliga berish, moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha berish, aniqlangan kamomad yoki yo’qotish) to’g’risidagi axborotlarni umulashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”;
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining debeti bo’yicha chiqib ketgan asosiy vosita ob’ektlarining boshlang’ich qiymati, shuningdek asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar aks ettiriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining kreditiga asosiy vositalar ob’ektlarini sotishdan olingan tushumlar va hisobdan chiqarish natijasida sotish va foydalanish mumkin bo’lgan bahoda kelib tushgan materiallarning qiymati, shuningdek chiqib ketgan asosiy vositalar ob’ektlari bo’yicha chiqib ketish vaqtida hisoblangan eskirish summalari olib boriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan tushumlar 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining kreditida olinadigan hisobvaraqlar va pul mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog’langan holda aks ettiriladi.
Joriy hisobot davrida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi" hisobvarag’i bo’yicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag’iga, ushbu hisobvaraq bo’yicha kredit qoldiq (foyda) esa 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag’iga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalar ob’ektlarini moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha berish natijasida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvarag’ida yuzaga keladigan va kechiktirilgan daromadlarga tegishli bo’lgan foyda summasi 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” (joriy qismi) yoki 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar” (uzoq muddatli qismi) hisobvarag’iga hisobdan chiqariladi.
Asosiy vositalar ob’ektlarining kamomadi yoki buzilish hollarida qiymatliklar kamomadi sifatida aks ettiriladigan qoldiq qiymati 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining krediti bo’yicha 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda hisobdan chiqariladi. Aniq aybdor aniqlangandan keyin kamomad va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar summasi 4730 “Moddiy zararni qoplash bo’yicha xodimlarning qarzi” hisobvarag’ining debetiga, aniq aybdorlar aniqlanmagan holda esa 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag’ining debetiga 5910 “Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo’qotishlar” hisobvarag’i bilan bog’langan holda olib boriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” hisobvarag’i bo’yicha analitik hisob chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar ob’ektlari bo’yicha alohida yuritiladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining debetida chiqib ketayotgan qiymatliklarning balans qiymati, shuningdek shu bilan bog’liq amalga oshirilgan xarajatlar (komission mukofotlar va hokazolar) aks ettiriladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining kreditiga aktivlarni sotishdan tushum, ya’ni sotilgan mulk uchun korxonaga tegishli bo’lgan summa olib boriladi. Nomoddiy aktivlar ob’ektlarining sotilishi va turli chiqib ketishida 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvarag’ining kreditiga, shuningdek ushbu ob’ektlar bo’yicha chiqib ketish vaqtigacha hisoblangan eskirish summasi, nomoddiy aktivlarning eskirishini hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlar (0500) bilan bog’langan holda hisobdan chiqariladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” hisobvaraq bo’yicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar” hisobvarag’iga, kredit qoldiq (foyda) esa 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda” hisobvarag’iga hisobdan chiqariladi.
Quyida asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi harakatini namunaviy xo’jalik operatsiyalari bo’yicha hisobga oluvchi hisobvaraqlarning bog’lanishini ko’rib chiqamiz:
1) Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, moliyaviy ijara shartnomasi bo’yicha berish, kamomad yoki yo’qolishining aniqlanishi natijasida chiqib ketayotgan asosiy vositalar ob’ektlarining boshlang’ich qiymatini hisobdan chiqarish:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2) Chiqib ketayotgan asosiy vositalar bo’yicha eskirish:
D 0200 “Asosiy vositalarning eskirishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
3) Asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog’liq yordamchi ishlab chiqarishning xizmatlari va xarajatlari hisobdan chiqarildi:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
4) Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6710 “Mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlar”.
5) Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha operatsiyalarda ishtirok etayotgan ishchilarga hisoblangan mehnat haqi summasidan ijtimoiy sug’urta ajratmalari amalga oshirildi:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6520 “Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar”.
6) Asosiy vositalarning chiqib ketishida ko’rsatilgan xizmatlar uchun boshqa korxonalarga bo’lgan qarz:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6990 “Boshqa majburiyatlar”.
7) Asosiy vositalar ob’ektlarini moliyaviy ijaraga berish natijasida hosil bo’lgan kelgusi davr daromadlari hisobdan chiqarildi:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” yoki
K 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”.
8) Mavjud asosiy vositalar ob’ektlari moliyaviy ijarasining to’liq muddati davomida olinadigan ijara to’lovlari summasi (ijaraga beruvchida):
D 0920 “Moliyaviy ijara bo’yicha olinadigan to’lovlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
9) Asosiy vositalarning chiqib ketishidan qolgan materiallarning kirim qilinishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
10) Asosiy vositalarning chiqib ketishidan bankka kelib tushgan tushum (naqdsiz hisob-kitoblar bo’yicha):
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag’i”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
11) Xaridorlarning ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
12) Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlarining ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi:
D 4120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
13) Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo’yicha muomalalarning moliyaviy natijalarini aniqlash:
a) foyda:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”.
b) zarar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
14) Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish (sotish, hisobdan chiqarish, tekinga berish va hokazo):
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
15) Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
16) Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi:
D 4120 “Sho’’ba va qaram xo’jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
17) Sotilgan materiallarning tannarxi hisobdan chiqarildi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
18) Chetga chiqarilgan materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarildi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar”.
19) O’stirishda va boquvda bo’lgan hayvonlarning chetga chiqarilishi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1100 “O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
20) Qimmatli qog’ozlarni sotish:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 0610 “Qimmatli qog’ozlar” yoki
K 5810 “Qimmatli qog’ozlar”.
21) Boshqa aktivlarning chiqib ketishi bo’yicha muomalalarning moliyaviy natijasini aniqlash:
a) foyda:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”.
b) zarar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin