Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Boshqaruv qarorlarini qabul qilish



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə355/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   524
Guliston davlat

13.5. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Boshqaruv qarorlari va ularni qabul qilish bosqichlari. Korxonalar iqtisodiy faoliyatida boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni alohida o’rin tutadi, u yuqori malaka va amaliy tajribaga ega bo’lishni talab qiladi.
Boshqaruv qarorlari qabul qilish korxona oldiga qo’yilgan maqsad va vazifalarni aniqlashdan boshlanadi.
Boshqaruv qarorlari amal qilish davriga ko’ra strategik (uzoq muddatli) va qisqa muddatli qarorlarga bo’linadi.
Strategik boshqaruv qarorlari korxonaning oldiga qo’ygan maqsadiga erishishida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Mazkur qarorlar korxona rahbariyati tomonidan istiqbolli rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi.
Qisqa muddatli qarorlar qo’yilgan maqsadga erishishda qabul qilinadigan tezkor qarorlardir. Ular korxonaning joriy rejalarini tuzish, kadrlar masalasini hal qilishning muhim vositasi hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda qabul qilinadigan boshqaruv qarorlariga bir qancha talablar qo’yiladi. Bu talablar boshqaruv qarorlarining ishonchliligini ta’minlash va iqtisodiy samaradorligini oshirish zarurati bilan izohlanadi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoniga quyidagi talablar qo’yiladi:
– aniq yo’nalishga ega bo’lishi va korxona manfaatlarini to’liq ifoda etishi. Bunda boshqaruv qarorlarining korxona oldida turgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishga hamda yning foydasini oshirishga yo’naltirilishi nazarda tutiladi;
– ilmiy-amaliy jihatdan asoslanishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati tahlili natijalari, uning iqtisodiy imkoniyatlari hamda zamonaviy fan-texnika yutuqlarini to’liq hisobga olish zarur;
– aniq muddatlarda qabul qilinishi va amalga oshirilishi. Boshqaruv qarorlarini amalga oshirish davri belgilab olinishi lozim. Bu holat uning o’z vaqtida va oqilona bajarilishini nazorat qilishga ko’maklashadi;
– tezkor bo’lishi. Boshqaruv qarorlari bozor talablari va korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatidagi o’zgarishlardan kelib chiqib zarur hollarda tezkor qabul qilinishi shart;
– yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega bo’lishi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda unumsiz va ortiqcha xarajatlarni rejalashtirilishiga yo’l qo’ymaslik lozim.
Shuningdek, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda xodimlar manfaatlari korxonaning umumiy manfaatiga mos bo’lishi, moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan tejamli foydalanish, korxonaning iqtisodiy, texnikaviy salohiyatini tahlil etish kabi jihatlarga ham alohida e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Bu hol esa, o’z navbatida, korxonalardan boshqarishning bozor iqtisodiyotiga mos mexanizmlarini shakllantirishni talab etadi. Ushbu mexanizmlar korxonalarning yuqori samaradorlik bilan faoliyat ko’rsatishi, bozorda barqaror mavqega ega bo’lishini va mahsulotlarining raqobatbardosh bo’lishini ta’minlashi zarur. Bu masalalarni hozirgi zamon menejmentisiz hal etish murakkab hisoblanadi. Shu sababli, korxonalarni rivojlantirishda zamonaviy menejmentning mazmun va mohiyati, vazifalariga batafsilroq to’xtalish maqsadga muvofiq.
Menejmentga bag’ishlangan iqtisodiy adabiyotlarda uning mohiyati va mazmuniga turli yondoshuvlar mavjud (13.10-jadval).

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   351   352   353   354   355   356   357   358   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin