Kompensatsiya kelishuvi - teng qiymatdagi tovarlarni o’zaro etkazishni mo’ljallagan kelishuv. Tovar almashishning oddiy kelishuvidan farqli ularoq, kompensatsiya kelishuvida asosan, kompleks shartnoma tuzilib, unda jumladan, korxona uchun uskunani kreditga berish va “nou-xau”ni korxona ishga tushgandan so’ng tayyor mahsulot yoki boshqa tovarlar bilan hisob-kitoblar orqali berish kelishiladi.
Kompensatsiya kelishuvida import qilinayotgan tovarni qisman pul bilan qoplashham kelishilishi mumkin.
Konsalting - maslahat xizmatini ko’rsatish va ekspertiza o’tkazish. Konsalting bilan shug’ullanadigan firmalar konsultativ deb ataladi.
Konosament - yukni etkazish uchun qabul qilinganini tasdiqlovchi va yukni qabul qiluvchiga berishni yuk tashuvchiga majburiyat sifatida belgilovchi hujjat.
Yuk harakati bosqichidan kelib chiqib, konosamentning quyidagi turlari mavjud: bort konosamenti, oddiy konosament (etkazish uchun qabul qilingan yuk uchun), port konosamenti, ombor konosamenti.
Konsignator - tovarlarning egasi bo’lmasada, tovarlari mavjud bo’lib, asosan, komission boshlang’ich bosqichida faoliyat yuritadi. O’z idorasi, shuningdek, qabul qilish, qayta ishlash va tovarlarni sotish binosiga ega bo’ladi.
Konsignatsiya- tovarlarni xorijga sotishning komission shakli bo’lib, unga ko’ra tovarlarning egasi (konsignant) u erdagi o’z komissioneriga (konsignatoriga) tovarlar partiyasini sotish uchun junatadi.
Konsortsium – aniq iqtisodiy loyihalarni amalga oshirish uchun firmalarning vaqtinchalik shartnomaviy kelishuvi: moliyaviy jarayonlarni birgalikda amalga oshirish uchun banklar yoki sanoat korxonalarining o’zaro kelishuvi.
Kontokorrent hisobi - hisob-kitob - ssuda hisobi. Oddiy uch yoki undan ortiq hisobvaraqlar (moliyalashtirish hisobi, hisob-kitob hisobvarag’i va boshqalar) o’rniga korxona bitta hisob yurgizadi. U hisob-kitob-ssuda (yoki kontokorrent) hisobi deb ataladi. Ushbu hisob orqali pul oqimi u yoki bu tomonga o’tadi. Kontokorrent hisob ochilishi uchun quyidagi sharoitlar mavjud bo’lishi kerak: korxona mukammal buxgalteriya hisobiga, yuqori darajadagi moliyaviy holatga, moliyalashtirishning o’z manbaiga ega bo’lishi kerak.