Guliston davlat universiteti b. A. Xasanov, A. A. Xashimov, A. B. Muxametov, A. A. Abduvohidov buxgalteriya hisobi


Nominal – qimmatbaho qog’ozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlang’ich qiymati. Nou-Xau”



Yüklə 2,01 Mb.
səhifə496/524
tarix30.09.2023
ölçüsü2,01 Mb.
#150972
1   ...   492   493   494   495   496   497   498   499   ...   524
Guliston davlat

Nominal – qimmatbaho qog’ozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlang’ich qiymati.
Nou-Xau” (inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy, tijorat, tashkiliy bilimlar.
yoki
Nou-Xau” - yangi goya, fikr, texnologiyalar yoki muammolarni o’ziga xos echish. Uning tarkibiga tijorat sirlari, patent qilinmagan texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish hamda savdoga taalluqli bo’lgan ma’lumotlar kiradi.
Obligatsiya - korxona yoki davlat tomonidan chiqariladigan qimmatbaho qog’oz turi. Obligatsiya, ma’lum bir muddatga berilib, qarz majburiyati hisoblanadi. Oldindan kelishilgan foiz to’lovi bilan belgilangan muddatda sotib olinishi shart. Obligatsiyaning chiqarilishi qo’shimcha moliyaviy mablag’ni jalb etish maqsadida amalga oshiriladi, ya’ni kredit shakllaridan biridir: obligatsiya bo’yicha daromadlar o’ynaladigan maxsus tirajlardagi yutuqlar ko’rinishida ham to’lanishi mumkin.
Optsion - litsenziyali kelishuv shakli bo’lib, unga ko’ra, litsenziya oluvchiga ixtiro yoki “nou-xau” yuzasidan texnik hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi beriladi va ushbu tanishuvdan so’ng litsenziya oluvchi, litsenziyani xarid qilish maqsadliligi yuzasidan qaror qabul qiladi yoki tegishli xulosa chiqaradi.
Offerent - offerta yuboruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs (ofertaga qarang).
Oferta (lotinchadan - taklif etilgan) - ma’lum bir kishiga kelishuvni tuzish yuzasidan, barcha zaruriy shartlarni ko’rsatgan holda berilgan rasmiy taklif.
Ozod oferta - sotuvchining, asosan bir vaqtda bir necha mumkin bo’lgan xaridorlarga taklifidir. Offertda yoritilgan shartlar xaridorning roziligi, shartnoma kelishilgan degan ma’noni bermaydi.
Savdo ofertasi - ma’lum bir tovar partiyasi yoki aniq bir bajarilgan ish yoki ko’rsatilgan xizmat turi yuzasidan faqat bir xaridorga sotuvchining taklifi. Bunda taklif muddati ko’rsatilib, ushbu muddat davomida sotuvchi o’z taklifi yuzasidan javobgar hisoblanadi.

Yüklə 2,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   492   493   494   495   496   497   498   499   ...   524




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin