Masalalarning sharti quyidagicha: 1). Gultojibarglari to’q sariq rangli g’o’za o’simliklari gultojibarglari och sariq rangda bo’lgan o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklar gultojibargi to’q sariq rangda bo’ladi. Shunday duragay o’simliklar chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o’simliklarning 403 tasi to’q sariq gultojibargli, 129 tasi esa och sariq gultojibargli bo’lgan. Ota-ona o’simliklarning genotipini va F2 dagi ajralishning χ2 qiymatini aniqlang.
2). Cheklanmagan shoxli va oq tolali g’o’za o’simliklari cheklangan shoxli va qo’ng’ir tolali o’simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o’simliklarning hammasi cheklanmagan shoxli va novvot rang tolali bo’lgan. Ikkinchi avlodda olingan o’simliklarni quyidagi fenotipik sinflarga ajratish mumkin:
533 ta cheklanmagan shoxli, qo’ng’ir tolali;
1102 ta cheklanmagan shoxli, novvot rang tolali;
548 ta cheklanmagan shoxli, oq tolali;
178 ta cheklangan shoxli, qo’ng’ir tolali;
370 ta cheklangan shoxli, novvot rang tolali;
186 ta cheklangan shoxli, oq tolali.
Olingan natijaga asoslanib, o’rganilayotgan belgi bo’yicha chatishtirish uchun olingan o’simliklarning genotipini aniqlang. Nazariy xulosangizni statistik metod yordamida izohlang.
3). Ikkita g’o’za o’simligi o’zaro chatishtirilib, keyingi avlodda 26 ta antotsian rangli va qo’ng’ir tolali; 25 ta oraliq rangli va qo’ng’ir tolali; 21 ta antotsian rangli va novvot rang tolali; 28 ta oraliq rangli va novvot rang tolali duragaylar olindi. Ota-ona sifatida olingan g’o’za o’simliklarining genotipini aniqlang.
Xar bir masalanning echimi uchun xulosa yozishni unutmang.
5. Amaliy mashg’ulot. Mavzu: Allel genlarning o’zaro ta’sir xillariga ko’ra belgilarni irsiylanishini tahlil etish. Maqsad: Allel genlarning o’zaro ta’sir xillari – to’liq, to’liqsiz, kodaminantlik va ko’p allellik xodisasi xaqida ko’nikma hosil qilish.