1.2. Hozirgi zamon noan`anaviy ta`limi O’nlab yillab o’tkazilgan tadqiqotlar natijasi shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars o’tish ta`limning o’ziga xos modellaridan biri bo’lib qolmoqda. An`anaviy dars – muayyan muddatga mo’ljallangan, ta`lim jarayoni ko’proq o’qituvchi shaxsiga qaratilgan, mavzuga kirish yoritish, mustahkamlash va yakunlash bosqichlaridan iborat ta`lim modelidir. O’quv materiali yangi va ancha murakkab bo’lganda, an`anaviy dars – ko’p hollarda ta`lim jarayonining birdan-bir metodi bo’lib qolmoqda. Ma`lumki, an`anaviy darsda ta`lim jarayonining markazida o’qituvchi turadi. SHu bois ba`zida an`anaviy darsni markazida o’qituvchi turgan o’qitish usuli deb ham atashadi. Markazda o’quvchi bo’lgan o’quv jarayonining, darsning maqsadi va uning ijobiy jihatlari quyida keltirilgan asoslarga tayanadi:
O’quvchining o’qishga bo’lgan ishtiyoqini oshirib borish;
Ilgari egallagan bilimlarni ham inobatga olish;
O’qish jarayoni tezligini muvofiqlashtirish;
O’quvchi tashabbusi va majburiyatini qo’llab-quvvatlash;
Amaliyot orqali o’rganish;
Ikki tomonlama fikr-mulohazalar bilan ta`minlash;
O’qish jarayonini to’g’ri yo’lga qo’yish;
O’qituvchi-o’quvchilar uchun o’quv jarayonini engilashtiruvchi shaxs;
O’quv jarayonini baholash.
An`anaviy dars o’tish modelida ko’proq ma`ruza, savol-javob, amaliy mashq kabi metodlardan foydalaniladi. SHu sabab, bu hollarda an`anaviy dars samaradorligi ancha past bo’lib o’quvchilar ta`lim jarayonining passiv ishtirokchilariga aylanib qoladilar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, an`anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli – tuman o’quvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish o’quvchilarning o’zlashtirish darajasini ko’tarilishiga olib kelar ekan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi o’qituvchi tomonidan o’quvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta`lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirilib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda bahs, munozara, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash tadqiqot rolli o’yinlar metodlarini qo’llash, rang-barang qiziqtiruvchi misollarning keltirilishi, o’quvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash rang-barang baholash usullaridan foydalanish ta`lim vositalaridan joyida va vaqtida foydalanish talab etiladi.