Guliston davlat universiteti iqtisodiyot fakulteti


O’zbekistonni tashqi iqtisodiy aloqalarda eksportni kengaytirish istiqbollari



Yüklə 102,26 Kb.
səhifə4/5
tarix07.01.2024
ölçüsü102,26 Kb.
#211863
1   2   3   4   5
kurs ishi. mintaqaviy iqtisodiyot(tayyor)

O’zbekistonni tashqi iqtisodiy aloqalarda eksportni kengaytirish istiqbollari
Tashqi savdoning ahamiyati va uning iqtisodiyotdagi roli, taraqqiyot yo‘lida ob‘ektiv zarurat ekanligi ko‘plab iqtisodchilar tomonidan o‘rganilgan. Bugungi kunda ham ushbu mavzu o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda. Aynan eksportning tarkibiy xususiyatlari va uning iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liqligini birinchilardan bo‘lib, o‘z ishida Prebish Raul ko‘rib chiqqan1 . Uning tadqiqotlari natijasi shuni ko‘rsatdiki, mamlakatning xomashyo eksportiga ixtisoslashuvi ushbu mamlakat va tayyor mahsulotlar eksport qiluvchi rivojlangan mamlakatlar o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tafovutni oshirib boradi. Buning sababi jahon bozorida yuqoridagi ikki turdagi mahsulotlarga bo‘lgan narxlar turli sur‘atlarda o‘zgaradi va talabning barqarorlik darajasi ham farq qiladi. Shuningdek, eksportning tovar tarkibi va uning iqtisodiy o‘sishdagi bevosita roli Lederman D. va Maloniy V. tadqiqotlarida o‘rganilgan2 . Tadqiqotchilar eksport qilinayotgan mahsulotlarning qayta ishlanganlik darajasi va iqtisodiy o‘sish o‘rtasidagi korrelyatsion bog‘liqlikni ko‘rsatib bergan.
M.I. Semuxin tadqiqotlari elektrotexnika sanoati korxonalarining tashqi bozoriga kirishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlangan. Uning fikricha, tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligining asosi import qiluvchi mamlakatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda kompleks strategiyani ishlab chiqishdir. Shuningdek, elektr jihozlarini ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini hisobga olish kerak. Shu munosabat bilan elektrotexnika korxonalari faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar ko‘rib chiqilib, mahsulotlarni tashqi bozor talablariga moslashtirish yo‘llari belgilandi. Keltirilgan tadqiqotlarga suyangan holda e’tirof etish mumkin-ki, elektrotexnika mahsulotlariga jahon miqyosida talab hajm jihatidan va sifat jihatidan kun sayin ortib bormoqda. O’zbekiston sanoatining va tabiiy resurslarining hajm jihatidan elektrotexnika mahsulotlarini hajm jihatidan ko’paytirish imkonlari keng. Shuning bilan, agar ushbu soha mahsulotlari sifat jihatdan takomillashib bormasa, bu tarmoq mahsulotlarini nafaqat eksport qilish, hattoki ichki bozorda ham, iqtisodiy integratsion sharoitda, keskin raqobat tufayli – sotib bo’lmaydi. Shu nuqtai nazardan mazkur tadqiqotlar soha taraqqiyoti va uning eksport salohiyatini oshirish nuqtai nazardan muhim ilmiy ahamiyat kasb etadi.
2023 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi (TSA) $14,8 milliardni tashkil etib, 2022 yilning mos davriga nisbatan $1,6 milliardga yoki 11,9%ga oshdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi $5,7 milliardga (2022 yilning yanvar-mart oylariga nisbatan 2,6%ga kamaydi) va import hajmi $9,1 milliardga (23,4%ga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida - $3,4 milliard qiymatida manfiy tashqi savdo balansi qayd etildi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar xorijiy davlatlar bilan savdo aloqalarining jadal o‘sishiga xizmat qilmoqda. Xususan, mamlakatning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar mahalliy kompaniyalarga tashqi bozorlarda ko‘proq tajriba orttirishga imkon beradi. Pirovardida ular jahon savdosida raqobatdosh ustunlikka ega bo‘ladi. Respublikada bu borada so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan eksportni rag‘batlantirish, importni optimallashtirish va umuman olganda tashqi savdo muvozanatini taʼminlash maqsadida amalga oshirilgan choratadbirlar natijasida, 2023- yil yanvar-avgust oylarida respublikaning tashqi savdo aylanmasi (matnda TSA) 40,0 mlrd. AQSH dollariga yetdi va 2022- yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan 7,5 mlrd. AQSH dollariga yoki 23,2 % ga ko‘paydi.

3.1.rasm-Tashqi savdo aylanmasi
Oʻzbekiston Respublikasi jahonning 190 mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (20,7 %), Rossiyada (15,4 %), Qozogʻistonda (7,2 %), Turkiyada (5,3 %) va Koreya Respublikasida (3,7 %) qayd etilgan.
Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati bo‘yicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan 3 ta davlatda ijobiy tashqi savdo balansi kuzatilgan. Xususan, Afg‘oniston, Qirg‘iz Respublikasi va Tojikiston davlatlari shular jumlasidandir. Qolgan 17 ta davlatlar bilan manfiy tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.


3.2.rasm OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING YIRIK HAMKOR DAVLATLAR BILAN TASHQI SAVDO AYLANMASI DINAMIKASI

Davlatlar guruhlari bo‘yicha tashqi savdoning eng katta hajmi MDH mamlakatlariga – $4,8 milliard, YeOII mamlakatlariga – $4,3 milliard, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tovar ayirboshlash $1,8 milliard va boshqa davlatlar bilan – $10,0 milliard tashkil etdi. Respublika tashqi savdo aylanmasi tarkibida eng salmoqli ulush Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi, uning hissasi 39,4% yoki $5,8 milliardni, eng kam ulush esa 0,5% yoki $75,4 million miqdorida Surxondaryo viloyatida qayd etildi. O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi va Yevropa davlatlari bilan har taraflama manfaatli hamkorlikka muhim ahamiyat beradi. Yevropa mamlakatlari bilan hamkorlikni asosiy sohalari savdo-sotiqni rivojlantirish, investisiya va moliya, zamonaviy texnologiyalar transferi, ilm-fan, texnika, ta’lim, ekologiya, sog‘liqni saqlash, madaniyat va mintaqaviy xavfsizlik kabilar hisoblanadi. O‘zbekiston asosiy e’tiborini Yevropaning ilg‘or davlatlari, xususan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Belgiya, Italiya, Ispaniya, Latviya va boshqa davlatlar bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada yuqori darajaga chiqarishga alohida e’tibor beradi. 2022 yilda elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan 48 ta mamlakatga 120 dan ortiq turdagi elektrotexnika tovarlari eksport qilingan bo‘lib, 2017 yilda eksport tarkibi qariyb 25 turdagi tovarlarni o‘z ichiga olgan edi va ular asosan MDH davlatlariga yetkazib berilardi. Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida faoliyat olib borayotgan 13 ta korxona ilk bor tashqi bozorga chiqdi. Yangi eksport mamlakatlari qatoriga tovarlar imtiyozli savdo rejimi (GSP+) doirasida yetkazib beriladigan Yevropa Ittifoqi davlatlari – Buyuk Britaniya, Ruminiya, Sloveniya, Chexiya, Vengriya va boshqalar, shuningdek, Yaqin Sharqdagi bir qancha mamlakatlar, Afrika va Mo‘g‘uliston qo‘shildi. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida 2023 yildan boshlab Yevropa bozorlariga elektr texnikasi va boshqa tayyor mahsulotlar yetkazib berish hajmi kamida ikki baravar oshirilishi, elektrotexnika sohasida muhandislarni tayyorlash uchun esa alohida Muhandislik maktablari tashkil etilishi ta’kidlangan. Shu bilan birga, eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish amaliyoti davom ettirilib, mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvi esa 3 baravar qisqaradi.


Bu borada belgilangan maqsadlarga quyidagi vazifalarni amalga oshirish orqali erishish mumkin. 1. Mahsulotlarning nafaqat an’anaviy, balki yangi bozorlarga ham eksport qilish hajmini oshirish. GSP+ doirasida imtiyozli rejimdan foydalanib, Yevropa mamlakatlari bozorlariga elektrotexnika mahsulotlari eksportini 2,1 baravarga salmoqli darajada oshirish va 35 million dollarga yetkazish maqsad qilingan. Shuning uchun Germaniyaning elektrotexnika yo‘nalishidagi “VDE” assotsiatsiyasi ko‘magida yana 20 turdagi tovarlar uchun xalqaro sertifikatlar olish rejalashtirilgan, bu esa Yevropa bozoriga yetkazib beriladigan mahsulotlar nomenklaturasini 7 turdan 20 turgacha kengaytirish imkonini beradi. Bundan tashqari, MDH mamlakatlarida elektrotexnika mahsulotlariga talab ortib borayotganini hamda qo‘shni davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish bo‘yicha ular bilan erishilgan kelishuvlarni inobatga olib, 2023 yilda elektrotexnika mahsulotlari eksporti hajmini Qozog‘istonga 1,3 baravar – 110 million dollar, Tojikistonga 1,5 baravar – 40 million dollar, Qirg‘izistonga 1,5 baravar – 22 million dollar, Turkmanistonga 2,4 baravar – 10 million dollarga oshirish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizda va qo‘shni bozorlarda yarimo‘tkazgichlar va elektron platalarga nisbatan ortib borayotgan talab 6 milliard dollarga baholanmoqda. Shu bois, bunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar sonini ko‘paytirish, shuningdek, elektronika va mikroelektronika sohasida ilmiy, tajriba-konstruktorlik va startap loyihalarni moliyalashtirish vazifasi belgilandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-115son Farmonida nazarda tutilgan bojxona hududida qayta ishlash tizimini yo‘lga qo‘yish ham eksport ko‘rsatkichlarining o‘sishiga xizmat qiladi. Xususan, elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatlarini joylashtirish uchun “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi tanlandi. 2. Kelgusi 5 yilda mamlakatimizda mis ishlab chiqarishni 3 baravarga oshirish va uni tayyor mahsulot shaklida qayta ishlash ulushini 2026 yilga borib 70 foizga yetkazish (2021 yilda – 37%, 2022 yilda – 50%) rejalashtirilgan edi. Shu maqsadda, Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida “mis sanoat klasteri” tashkil etilib, qiymati 168 million dollarlik 12 ta loyiha doirasida 90 ming tonna misni qayta ishlash quvvatlari yaratilmoqdai. Klaster ishtirokchilariga uzoq muddatli shartnomalar asosida birja narxlariga chegirma bilan mis sotib olish imkoniyati beriladi.

3.3.rasm


3.4.rasm
Hukumat tomonidan qishloq xo‘jaligi va bog‘dorchilikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratilayotgani bois eksport qilinayotgan mahsulotlar sifati va hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Jumladan, 2023- yil yanvar-avgust oylarida 1 246,9 ming tonna meva va sabzavotlar eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatgich 2022- yilning mos davriga nisbatan 1,1 barobarga yoki 142,1 ming tonnaga ko‘paydi. Meva-sabzavot mahsulotlarining asosiy eksport bozorlari Rossiya (42,0 %), Pokiston (15,4 %), Qozog‘iston (12,1 %) hamda Qirg‘iz Respubliakasi (8,4 %) davlatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. MEVA-SABZAVOT MAHSULOTLARI EKSPORTI 2023- yil yanvar-avgust oylarida oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy qismi bo‘lgan 763,6 mln. AQSH dollari qiymatidagi meva-sabzavot eksport qilindi. Bu ko‘rsatkich 2022- yilning mos davriga nisbatan 16,5 % ga ko‘paydi va jami eksportdagi ulushi 4,6 % ni tashkil etdi.


3.5.rasm
Elektrotexnika tarmog‘i korxonalari tomonidan mis klasteri doirasida 63,5 ming tonna misni tayyor mahsulot shaklida qayta ishlash quvvatlarini yaratish bo‘yicha qiymati 120 million dollarlik 9 ta loyihani amalga oshirish boshlab yuborildi, bunda qo‘shimcha 965 ta yangi ish o‘rni yaratiladi. Yil yakunlariga ko‘ra elektrotexnika tarmog‘i korxonalari tomonidan jami 70 ming tonna misni tayyor mahsulot shaklida qayta ishlash rejalashtirilgan edi (1-rasm). Elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi eksport hajmi ortishiga xizmat qilib, so‘nggi 5 yilda eksport 3 baravarga, ya’ni 189,7 million dollardan (2017 yilgi) 562,5 million dollargacha (2021 yilda) ortdi. Bunda maishiy texnika eksporti 6,6 baravarga – 20,6 million dollardan 135,2 million dollarga, kabel-sim mahsulotlari 2,6 baravarga – 146,9 million dollardan 386,7 million dollarga, kuch uskunalari va boshqa mahsulotlar 1,8 baravarga – 22,1 million dollardan 40,7 million dollarga oshdi.

Xulosa
Ishlab chiqarishning rivojlanishiga hamohang ko‘plab mahsulotlarning, jumladan, elektrotexnika sanoati mahsulotlari importi qisqarmoqda. Umumiy importning 3/4 qismini texnik va ishlab chiqarish jihozlari hamda asbob-uskunalar tashkil qiladi. Bu mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga aynan mos keladi.
O‘zbekistonda tarixiy jihatdan qisqa bir davrda xalqaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bobida asrlarga arziydigan ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston o‘zining tinchliksevar, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro foydali hamkorlikka qaratilgan siyosati va faoliyati bilan butun dunyoga tanildi, jahon hamjamiyatida o‘zining munosib o‘rnini egalladi, uning mavqeyi yildan yilga mustahkamlanib bormoqda. Tashqi iqtisodiy faoliyat respublikamiz iqtisodiy faoliyatining asosiy qismi sifatida xizmat qilmoqda. Ushbu sohada davom ettirilayotgan islohotlar mahalliy va xalqaro bozorlarni mahsulot va xizmatlar bilan ta’minlash imkonini bermoqda.
Bugungi kunda O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatda o‘z ovoziga ega bo‘lib, nufuzli xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. Dunyoning yetakchi sanoati rivojlangan davlatlar bilan siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar o‘rnatilmoqda. Boshqa davlatlar bilan erishilgan savdo munosabatlari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan mahsulot eksportining oshishiga, o‘z navbatida, uning dunyoning rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilish imkoniyatini bermoqda. Yurtimizda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va dunyo mamlakatlari bilan olib borilayotgan mustahkam aloqalar natijasida mamlakatimizning eksport salohiyati oshib bormoqda. Shuningdek, hukumatimiz tomonidan bir qator soliq, bojxona imtiyozlarining yaratilishi, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va raqobatbardosh mahsulotlarning ishlab chiqarilishi milliy mahsulotlarimizning tashqi bozorlarda mustahkam o‘rin egallashi uchun zamin yaratmoqda.


Yüklə 102,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin